O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

«qalin  suyak»
 ayollargadir.  Sarvqomat,  o‗rta  bo‗ylik 
ayollar  bunday  xunuklashtiradigan  narsalardan  chetlab  o‗tgani  ma‘qul.    Bu  uni 
bachkalanishtirishi mumkin.  
Kumushdan yasalgan ziynatlar, garchi ularda yarim-qimmatbaho toshlar bo‗lsa 
ham,  bashang  zeb-ziynatlar  hisoblanmaydi,  agar  ular  zargarlik  san‘atining 
durdonasi  bo‗lsa,  unda  bu  istisno.    Bunday  holatda  ziynatni  norasmiy  yoki  «uy» 
kiyimiga  moslab  tutish  mumkin.    Kumushdan  yasalgan  zargarlik  buyumiga  tog‗ 
billurining  shaffof  yoki  tuslisi  qo‗yilgan  bo‗lsa,  unda  faqat  rasmiy  sharoitda  tutib 
yurish mumkin.  Bu qoida oltin yoki uning suvi yurgizilgan ziynatlarga taalluqli.  
                                                
24
 Золотухина - Аболина Е.В. Курс лекций по этике: Ростов н/Дону: «Феникс». 1999, стр.78. 


 
61 
Kumush bilan oltin ziynatlarini baravar taqish mumkin, agar ular did va farosat 
bilan  uyg‗unlashgan  bo‗lsa.    Masalan,  oltin  va  kumush  zanjirlar  to‗q  rangdagi 
libosni  go‗zallashtirish  mumkin,  lekin  kumush  shodalar  bilan  oltin  bilako‗zuk 
taqish  nojoizdir.    Ziynatlar  to‗plami  odatda  sovg‗a  tarzida  tuhfa  qilinadi.    Ular 
o‗zida shodalar bilan o‗zukka qo‗shib, unga mos bo‗lgan rusmdagi bilako‗zuk yoki 
o‗zukni taqozo etadi.  Ularni birvarakay barchasini taqib olish didsizlikdan dalolat 
beradi.    Muhimi,  ularning  ko‗pligi  emas,  balki  sizni  «ochishidir».    Bunday 
ziynatlarni  taqsimab  ishlatgan  ma‘qul.    Bo‗yin  shodasini  o‗zuk  bilan,  ziraklarni 
bilako‗zuk  bilan  taqing.    Ular  bilan  siz  nikoh  o‗zugina  taqib  olishingiz  mumkin.  
Agar ikki yoki uch o‗zukni taqib yurilsa bu didsizlik hisoblanadi.  
Zamonaviylik doimo o‗zgarib turadi, shu sababli uning injiqlariga qaramasdan 
bir  qoidani  yodda  tutish  lozim  –  hamisha  oshirib  yuborishdan  saqlanish.    Zero, 
kiyim  va ziynatlarda  me‘yorni saqlay  olmaydigan odamdan ko‗ra bir  oz oddiyroq 
ko‗ringan  yaxshiroqdir.    Ijodkor-modeler  doimo  sarvqomat,  go‗zal  va  yosh 
ayollarga  mo‗ljallab  liboslar  o‗ylab  topishini  unutmangiz.    Bunga  isbot  tariqasida 
moda  jurnallarining  sahifalarini  keltirish  mumkin.    YOshi  o‗tgan,  to‗lishgan  yoki 
semiz  ayolning  o‗n  sakkiz  yoshli  qizlarga  o‗xshab  kiyinishga  harakat  qilishidek 
ayanchli holat yo‗q.  Oynaga qarar ekansiz o‗zingizga nisbatan ob‘ektivlilik bilan, 
o‗zingiz  istagan  obrazning  ilk  shaklini  talab  qilgan  holda  baholash  joiz.    Bunda 
o‗zini  har  tomondan  diqqat  bilan  ko‗zatib  chiqib,  tanqidiy  jihatdan  yondashishga 
harakat  qilmoq  kerak    Qarshingizda  turgan  «notanish  ayol»  sizga  yoqayotgan 
bo‗lsa, demak tayyorsiz.  Aks holda, hammasini boshqatdan boshlagan ma‘qul.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish