Qaddi-qomatni tutish va chiroyli yurish
- k
iyimning orastaligi va ko‗rkamligi
faqatgina kiyimning o‗ziga bog‗liq emas. Bunda qaddi-qomat katta ahamiyat kasb
etadi. Insonning turishi, yurishi, o‗tirishidan qo‗l va oyoqlarining vaziyatidan
uning atrofdagilarga bo‗lgan izzat-hurmatini yoki hurmatsizligini bilish mumkin.
Gavdaning har bir vaziyatida baodobliq tabiiy erkinlik ko‗rinib turishi va bu
vaziyat shu sharoitga zid bo‗lmasligi lozim. Hech kim yo‗qligida o‗zingizga yo‗l
qo‗yishingiz mumkin bo‗lgan harakatlar boshqalar oldida joiz bo‗lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |