Ochiq havodagi mehmondorchilik -
taomni tayyorlash uchun etarli
masalliqlarga ega bo‗lgan taqdirda uydan tashqarida toza havoda ham
mehmonlarni kutsa bo‗ladi. Buning uchun esa mehmonlar ko‗z oldida
tayyorlangan ishtaha qo‗zg‗atadigan bu taomni qulay sharoitda tanovul qilishlari
uchun yaxshi joy topishning o‗zi etarli. Biror bir daraxtning soyasiga to‗g‗rilab
dasturxon yoziladi. Dasturxonning rangi dilni yoritadigan tusdagisini tanlash
lozim. Bir necha savatchalar qo‗yiladi (birida jihozlar, ikkinchisida ko‗proq
salfetka-sochiq) kosa va bokallar qo‗yiladi. Bog‗dagi mehmondorchilik yog‗li
toamlarni istisno qiladi, odatda sabzavotlar idishda assorti hamda sovutilgan meva
va ichimliklar beriladi. Mehmonlar o‗zlariga o‗zlari xizmat ko‗rsatadilar, likopni
qo‗lda tutadilar va qulay joy topib, turib eydilar.
256
Do'stlaringiz bilan baham: |