Marosimlar etiketi -
o‗zbek xalqining qon-qoniga singib ketgan
marosimlardan biri to‗ydir. To‗y qarindosh-urug‗, tanish-bilish, qo‗ni-qo‗shni, el-
yurtga yoziladigan dasturxon, ularni ahillikka, mehr-oqibatli bo‗lishga undaydigan
marosim bo‗lib hisoblanadi. To‗ylarimiz o‗zbeklarning kimligini namoyon etuvchi
o‗ziga xos bir ko‗rikdir. To‗y ham, ma‘raka ham, marosim ham shaxsiy ish emas
balki ijtimoiy xodisadir bu birinchidan. Ikkinchidan, esa xalqimizning milliy
qiyofasi va harakteri, o‗ziga xos turmush tarzi, salohiyati, dunyoqarashi, tafakkuri,
ongi va qalbi, odamgarchiligi, orzu-umidlari, fazilatu kamchiligi bir so‗z bilan
aytganda, butun borlig‗i ana shu to‗y-hashamlarda, oilaviy tantanalarda, ma‘raka
va marosimlarda yaqqol namoyon bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |