Mehmon va mezbon etiketi
Mehmondo‗stlik tushunchasi umumiy ma‘noga ega bo‗lib, mehmondorchiliq
mehmonnavozliq
mezbonnavozliq
mehmon
bo‗lmoq
kabilar
mazkur
tushunchaning tarkibiy qismiga kiradi. SHuningdeq mehmondorchilik insoniy
fazilatlardan hisoblanadi. CHunki, mehmondorchilik nafaqat ulfatchiliq qorin
to‗ydirish yoki dasturxon bezatib tansiq taomlarni odamlarga berish, balki
kishining xolidan habar olish, ulug‗ insonlarni ziyorat qilish maqsadida ularning
uyiga borish ham mehmondo‗stlikning bir ko‗rinishidir. Zero, mehmon ―atoyi
Xudo‖ sifatida qadrli ekan, uyingizga ochiq ko‗ngil va yaxshi niyat bilan qadam
38
Волькова Н.Г., Джавахишвили Г.Н. Бытовая культура Грузии XIX -XX веков. Традиции и инновации. –
М., 1982, стр. 140.
39
Семейная обрядность народов Сибири. – М., 1980, стр. 129.
40
Инал-Ипа Ш.Д. Очерки об абхазском этикете. Сухуми, 1984, стр.99.
168
ranjida qilgan har bir kishi siz uchun mehmon kabi azizdir. Mehmondorchilik o‗ta
nozik fazilat bo‗lib, u insondan yuksak did, farosatni va axloqiylikni talab etadi.
Bu jarayon gohida oriyat darajasiga ham etadi.
Mehmondorchilik - ko‗rishuv, muloqot, muomala uchun sub‘ekt vazifasini
bajaradi. Unda takalluf, mulozamat, hurmat, tavoze kabi ko‗rinishlar ustuvor
bo‗lib, ular mehmonning kayfiyatini ko‗tarishga, ko‗nglini olishga yo‗naltiriladi.
Mehmondo‗stlikning ijtimoiy-ma‘rifiy, ma‘naviy-tarbiyaviy ahamiyatiga doir
ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan faylasuf olim Karim Mahmudov bu borada
g‗oyatda qimmatli ma‘lumotlarni beradi. Xususan, olimning «Mehmonnoma‖
kitobida mehmondorchilik marosimining odobi, fazilati, qoidalari, tartibi va milliy
xususiyatlari bayon etilgan.
Olim mazkur kitobda mehmondorchilikni qadriyat darajasida talqin etishi
barobarida, uning nazariy va amaliy tomonlarini ham e‘tibordan chiqarmaydi.
Ayniqsa, mehmon va mezbon odobiga doir nasihatlar, mehmondorchilik qoidalari,
mehmon toifalari, mehmonga munosabat, mehmonga taklif, mehmondorchilik
turlari kabi mavzularda mehmondorchilik nafaqat marosim ayni paytda milliy
madaniyat ko‗rki sifatida gavdalantirilgan.
Mehmondorchilikning chiroyli o‗tishi asosan mezbonning kayfiyati, fe‘l-atvori,
axloqiy tarbiyasi hamda mezbonga nisbatan bo‗ladigan munosabatiga bog‗liqligini
K.Mahmudov bir necha hayotiy misollar va rivoyatlar orqali ko‗rsatib beradi.
Ayniqsa, ‖Uyiga mehmon kelmay qolsa, odamlardan o‗pkalay bermay, har kim
o‗ziga, odob-axloqiga nazar tashlamog‗i joiz‖, ―Mezbonning ko‗pchilikka malol
keladigan odati bo‗lsa, bundaylardan ham mehmon yuz o‗giradi‖, ―Mehmonni
malol ko‗radigan odam o‗zi ham mehmon bo‗lganda malol kelishini o‗ylashi
kerak‖, - degan fikrlari mehmondorchilik marosimi botin va zohiriga ko‗ra
axloqiy-estetik jarayon ekanligidan dalolatdir.
Faylasuf olim B.Husanov o‗zining ―Muomala madaniyati‖ deb nomlanadigan
darsligida «Qobusnoma‖dagi mehmonnavozlikka oid o‗gitlarning matnini
soddalashtirib, tavsiya etadi: - ―SHuni alohida ta‘kidlash o‗rinliki, SHarqni deyarli
169
barcha allomalarining axloqiy-tarbiyaviy pandnomalarida xalq turmush tarziga oid
o‗gitlar, kundalik faoliyatiga doir nasihatlar davr nuqtai-nazaridan taxlil qilingan.
―Qutadg‗u bilig‖, ―Devoni lug‗atit turk‖, ―Qobusnoma‖, ―Axloqi Muxsiniy‖,
―Makorim ul-axloq‖, ―Guliston‖, ―Bo‗ston‖, ―Mahbub ul qulub‖ kabi
pandnomalarda insonning jamiyatdagi o‗rni, turmushdagi kechmishi, kundalik
faoliyatidagi harakatlar axloqiy-estetik tizim orqali ifodalanadi. Jumladan,
Kaykovus qalamiga mansub ―Qobusnoma‖ asarining ―Mehmon olmoq va
mehmon bo‗lmoq zikrida‖ deb nomlangan bobini o‗qir ekansiz mehmondorchilik
qoidalari, fazilat va illatlari nimalarga bog‗liq va nimalarda ko‗rinishini anglab
etasiz. Bu borada chiqargan xulosalarimiz shundan dalolat beradiki,
mehmondorchilik
Do'stlaringiz bilan baham: |