Kiyim va mehmonning tashqi ko‗rinishi.
Rasmiy qabul marosimi taklif
etilgan mehmonning tashqi ko‗rinishi muhim rol o‗ynaydigan tantanali marosimlar
turiga kiradi. Qadim zamonlardan bugungi kungacha qabul marosimlarida
kiyiladigan kiyimlarni tanlashning qoidalariga qat‘iy amal qilish urf-odati saqlanib
kelmokda. Ushbu qoidalarga rioya qilish zaruriyligi hamon zamon talabidir.
105
Erkak kishilarning kiyimi konservativ ekanligi, qat‘iy cheklanganligi bugungi
kunda ham o‗z dolzarbligani yo‗qotmagan. Rasmiy tadbirlar uchun erkak
kishilarga smoking, frak yoki klassik kostyum kiyish tavsiya etiladi.
Smoking va frak — bugungi kunda kechki kostyumlarning turi bo‗lib, dunyo
protokol tajribasida yanada keng foydalanilib kelinmokda.
Frak majburiy bo‗lgan hollarda, rasmiy taklifnomalarda «oq galstuk» deb
belgilanadi. Oxirgi paytlarda bu libos kam kiyiladi (Frakni erkaklar asosan Nobel
mukofoti bilan taqdirlash tantanali tadbirlarida, Qirol va Podshohlarning saroy
qabullarida, La Skala premera spektakllarida, ba‘zi mamlakatlarda ishonch
yorliqlarini topshirish marosimlarida kiyadilar). Klassik frak uchun oq kamzul va
oq «kapalak-bo‗yinbog‗» kerak bo‗ladi. (qora «kapalak-bo‗yinbog‗» va frak faqat
ofitsiantlar yoki orkestr musiqachilari tomonidan kiyiladi). Frak kiyganda qo‗l
soati taqilmaydi. Erkaklar paypoqlarinipg rangi kostyum rangidan to‗qroq bo‗lishi
kerak va bu, o‗z navbatida, kostyum va oyoq kiyim rangining uyg‗unlashishini
ta‘minlaydi.
Taklifnomada «qora bo‗yinbog‗» deb belgilansa, smoking kiyish majburiy
hisoblanadi. Smoking pidjaki bir yoki ikki bortli bo‗lib, tik yoqali yoki keng yoqa,
astari shoyi matodan tiqilgan bo‗ladi. SHimlarning ikki chekkasiga shoyi kant
tiqiladi. Klassik smoking qora rangda bo‗ladi.
Smoking ichidan oq kraxmallangan tik yoqali, old qismi «plisse»dan iborat,
engi «zaponka» taqiladigan ikki manjetli ko‗ylak kiyiladi.
«Kapalak bo‗yinbog‗» qora yoki to‗q ko‗k rangda bo‗ladi. SHim belbog‗i ham
to‗q rangda bo‗lishi kerak Ko‗krak cho‗ntagiga oq shoyi matodan tiqilgan
dastro‗molcha solib qo‗yiladi.
Erkaklar paypoqlari shoyi matodan va qora rangda bo‗lishi kerak
Qora lakli botinkalar faqat smoking bilan birga kiyiladi.
Davlat rahbari va uning rafiqasi nomidan o‗tkaziladigan rasmiy qabul
marosimlarida protokol tajribasiga ko‗ra klassik kostyum kiyiladi.
106
Kostyumga bo‗lgan talablar oddiydir: kostyum yaxshi bichilgan va sifatli
matodai tiqilgan, bosiq rangda bo‗lishi kerak Rasmiy kostyum bir rangda bo‗lishi
lozim.
Kechki tadbirlar uchun to‗q ko‗k yoki to‗q qo‗l rangdagi kostyum nihoyatda
mos keladi (u bilinar-bilinmas yo‗l-yo‗l bo‗lishi ham mumkin). Qora rangdagi
kostyum kiyish maqsadga muvofiq emas. Soat 20.00.dan ilgari boshlanadigan
tadbirlarga och rangdagi kostyumlarni kiyish mumkin. Ko‗ylak va galstuk kechki
kiyimning ajralmas qismi hisoblanadi. Barcha rasmiy tadbirlarga erkaklarga oq
ko‗ylak va bosiq ranglardagi galstuk tavsiya etiladi.
Germaniyada erkaklar odatda «dvoyka» – ikki kiyimlik kostyumlar kiyadi,
ularning rangi to‗q ko‗k yoki to‗q qo‗l rang bo‗lishi mumkin.
Ayollar kiyimi erkaklarnikiga nisbatan hamisha tiqilish turi va rangiga bo‗lgan
talablarga ko‗ra ko‗proq erkinlikka ega bo‗lib kelgan. Erkaklar kiyimidan farqli
o‗laroq, ayollar kiyimiga cheklashlar kiritish nisbatan qiyin, lekin shuni esda tutish
lozimki, ayollar rasmiy kiyimining asosini klassik shakllar va ranglar tashqil etishi
kerak
Ayollar kiyimi davr va moda talablari bilan hamnafas bo‗lishi darkor.
Kundo‗zgi qabul marosimlariga (agar taklifnomada kiyim borasida maxsus
yo‗riqnomalar mavjud bo‗lmasa) ayollar oddiy o‗zunlikdagi ko‗ylak yoki ko‗ylak-
kostyum kiyishlari mumkin. Kechki qabullarga (agar taklifnomada kiyim borasida
maxsus yo‗riqnoma mavjud bo‗lmasa) kechki-bayramona, oddiy o‗zunlikdagi
ko‗ylaklar yoki ko‗ylak-kostyumlar kiyish mumkin. Tushlik yoki kechki
qabullarga berilgan taklifnomada «kechki libos» deb ko‗rsatilgan bo‗lsa, ushbu
tavsiyaga rioya qilish maqsadga muvofiq.
Ayollarning kechki liboslari ikki xil: o‗rtacha o‗zunlikda (erdan 15-20sm
balandlikda) va o‗zun (ergacha) bo‗ladi. Oxirgi paytlarda o‗zun ko‗ylaklar kam
kiyilmokda. Kundo‗zgi qabullar va «kokteyl» yoki «furshet» qabullariga qulay
poshnali oddiy tufli kiyiladi. Kechki bayramona ko‗ylaklarga yuqori poshnali
zamsh, parcha, oltin yoki kumush rangli charmdan qilingan tuflilar kiyiladi.
107
Kechki ko‗ylakka mos qilib shoyi qo‗lqop kiyish mumkin. Agar ko‗ylak englari
o‗zun bo‗lsa, qo‗lqop kiyilmaydi.
Zebu ziynatlarga kelganda, ko‗p mamlakatlarda kundo‗zgi qabullarga
bijuteriya, kechqurungilariga esa asl qimmatbaho zebu ziynatlarni taqish odat
tusiga kirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |