Likyor-aroq mahsulotlariga
damlamalar, nalivkalar, likyorlar va
punshlar kiradi. Ularga spirt, suv, qand, shifobaxsh va xushbo„y o„tlar, mevalar,
rezavorlar, sharbatlar, morslar, efir moyi moddalari xom ashyo bo„lib xizmat
qiladi.
Damlamalar
tarkibidagi spirt va qandga ko„ra achchiq, yarim shirin va
shirin bo„ladi. Achchiq damlamalar suv qo„shilgan va rektifikatsiyalangan etil
spirtiga har xil xushbo„y o„tlar, urug„lar, tsitrus mevalarining po„sti va boshqalar
qo„shib uzoq saqlash yo„li bilan hosil qilinadi. Hosil bo„lgan spirtli damlama suv
bilan aralashtiriladi, ozuqa bo„yoqlari bilan rang beriladi va ozroq qand (1-2%),
ayrim navlariga esa xushbo„yligini oshirish uchun efir moyi qo„shiladi. Achchiq
damlamalar, ya‟ni o„tkir aroq mahsulotlari tarkibida 30 dan 45% gacha spirt
bo„ladi. Ularga: “Gorniy dubnyak”, “Zubrovka”, “Zveroboy”, “Erofeich”, “Xin-
naya”,
“Pomerantsevaya”,
“Anisovaya”,
“Vishnevaya”,
“Tminnaya”,
“Myatnaya”, “Limonnaya” va boshqa turlari kiradi.
Yarim shirin damlamalarning tarkibida 25-30% spirt va 2-3% qand
bo„ladi. Ularga “Vishnevaya”, “Ryabinovaya”, “Yantarnaya” turlari kiradi.
shirin damlamalar spirt, suv, qand va yangi yoki quritilgan meva hamda
rezavorlarni spirtda saqlash yo„li bilan olingan morslardan ishlab chiqariladi.
Odatda shirin damlamalar tarkibida 20-24% spirt va 15-20% qand bo„ladi. shirin
damlamaning eng ko„p tarqalganlari: “Abrikosovaya”, “Vishnevaya”,
“Yablochnaya”, “Brusnichnaya” va “Klyukvennaya” turlaridir.
Nalivkalar
rezavor-mevalar,
morslari
hamda
yangi
meva
va
rezavorlarining spirt qo„shilgan sharbatidan tayyorlanadi. Nalivkalar tarkibida
spirt kam (18-20%), qand ko„p (20-40%) bo„lganligi bilan shirin damlamalardan
farq qiladi. Eng yaxshi nalivkalar “Zolotaya osen”, “Slivyanka”, “Zapekanka”,
114
“Ayvovaya”, “Spoto„kach”, “Zemlyanichnaya”, “Klubnichnaya” va “Vish-
nevaya” lardir.
Likyorlar tarkibidagi qand va spirtga qarab o„tkir, dessertli va kremlarga
bo„linadi. O„tkir likyorlar a‟lo sifatli spirt, efir moyining damlamasi, qand
sharbati, suv va oziq-ovqat buyoqlarini aralashtirib hosil qilinadi. Ular dub
idishlarda 6 oydan 2 yilgacha saqlanadi. Saqlash jarayonida likyorlarda ximik
o„zgarishlar riy beradi, natijada ularning ta‟mi va xushbo„yligi yaxshilanadi.
Ularning tarkibida 40 dan 45% gacha spirt va 32 dan 40% gacha qand bo„ladi.
O„tkir likyorlarga: “Benediktin”, “Kristall”, “Prozrachniy”; “shartrez”, “yujniy
jyolto„y” turlari kiradi.
Desertli likyorlar meva va rezavorlar morsidan yoki efir moyli xom
ashyodan tayyorlanadi. Ularning tarkibida 25 - 30% spirt va 32-50% qand
bo„ladi. Desertli likyorlarga: “Abrikosoviy”, “Aromatniy”, “Vanilniy”,
“Kofeyniy”, “Limonniy”, “Novogodniy”, “Rozoviy”, “Chernosmorodinoviy”,
“shoqoladniy”, “yubileyniy” va boshqalar kiradi.
Rom
. Rom - o„tkir alkogolli ichimlikdir. Rom shakarkamishning
achitilgan shirasini yoki uni qayta ishlashda hosil bo„ladigan boshqa
mahsulotlarni haydab olinadigan rom spirtini dubdan yasalgan yangi
bochkalarda 4 - 5 yil mobaynida saqlash yo„li bilan tayyorlanadi. Tabiiy rom
juda o„tkir (70-80%) bo„lib, sotuvga chiqarilishidan oldin o„tkirligi 45% ga
keltiriladi.
Viski
. Viski - o„tkir alkogolli ichimlik. Viski javdar, makkajo„xori, arpa
yoki ular aralashmasining achitilgan shirasini haydash yo„li bilan olinadi.
Olingan spirt ichki tomoni kuydirilgan dub bochkalarda 4 - 10 yil mobaynida
saqlanadi. Sotishga chiqarilishidan oldin yumshatilgan suv, qand qiyomi
qo„shiladi va rang beriladi. Viskining o„tkirligi 45%; aroqdan farq qilib,
tarkibida spirt yog„i ko„p bo„lganligidan ta‟mi juda o„tkir bo„ladi. Aroq va
likyor-aroq mahsulotlarining sifati organoleptik usulda hamda ximiyaviy analiz
yordamida baholanadi. Aroq va likyor-aroq mahsulotlarining o„tkirligi
115
standartda belgilanganidek, tiniq, quyqasiz, begona ta‟m va hidlardan holi
bo„lishi kerak.
O„tkirligi me‟yordan past bo„lgan ichimliklar savdoga chiqarilmaydi.
shuningdek, tiniq bo„lmagan, tarkibida erimagan zarrachalari yoki quyqasi
bo„lgan, begona ta‟m va hidli, yaxshi tiqinlanmagan, smolkasi shikastlangan,
smolkadagi tamg„asi yaxshi ko„rinmaydigan, etiketkasiz yoki etiketkasi
yirtilgan, to„la quyilmagan ichimliklar ham savdoga chiqarilmaydi. Butilkalar
belgilangan shaklda, toza, darz ketmagan, og„zi
shikastlanmagan bo„lishi kerak.
Apoq 0,25; 0,5; 1 va 3
l
sig„imli toza shisha butilkalarga quyiladi.
“Stolichnaya”, “Moskovskaya osobaya” aroqlari quyilgan butilkalarning og„zi
oq pergament quyib, po„stloq tiqin bilan bekitiladi. “Moskovskaya osobaya”
arog„ining butilkalari po„stloq qatlami metall qalpoqchalar bilan bekitiladi. 40%
li aroq tsellofan qatlamli bir qavat karton va metall qalpoqcha bilan bekitiladi.
Tiqin bilan bekitilgan butilkalar oq smolka qatlami bilan qoplanadi va zavod
tamg„asi bosiladi. Karton tiqinli butilkalar zavod tamg„asi bosilgan qizil smolka
bilan qoplanadi.
Damlamalar, nalivkalar va likyorlar 0,2; 0,25 va 0,5 l sig„imli butilkalari
va shakldor idishlarga quyiladi. Butilkalar og„zi
po„stloq tiqin bilan
mahkamlanadi. Aroq va likyor-aroq mahsulotlari omborlar va magazinlarda
yashiklarga yotqizib taxlangan holda saqlanadi
.
Saqlash uchun ajratilgan xona
quruq, qorong„i, yaxshi shamollaydigan, havosining harorati 5 dan 30°C gacha
bo„lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |