Paypoq buyumlari
ga alohida talablar qo„yiladi, chunki ular chiroyli
tashqi ko„rinishga ega bo„lib qolmasdan, balki oyoqqa yopishib turishi. yaxshi
turg„un shaklga ega bo„lishi va yuvilgandan so„ng- shaklini yo„qotmasligi
kerak. Bu buyumlar yuqori gigiyenik xususiyatlarga ega bo„lishi lozim.
Pestitsidlar-
tabiatda o„simlik zararkunandalarining 68 ming turi
ma‟lum. Shular tufayli har yili qishloq xo„jaligi mahsulotlarining 25% nobud
bo„ladi. O„zbekistonda pestitsidlar (lot. «yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi
mikroblarni o„ldirish») «Farg„onaazot» birlashmasi va Navoiy elektr kimyo
zavodida ishlab chiqariladi.
Pishloq
yangi, qaymog„i olinmagan yoki me‟yorlashtirilgan sigir,
shuningdek, qo„y va echki suti yoki ular aralashmasidan ishlab chiqariladi. Sut
shirdon fermenti yoki sut achituvchi achitqi yordamida uyutiladi. Olingan
quyuqlik (kale) zardobini ajratish uchun yanchiladi, shakl beriladi, presslanadi,
tuzlanadi, keyin esa 15 - 30 kundan 12 oygacha etiltiriladi. Etilish davrida xom
ashyo achiydi, bunda gaz ajralib chiqib, pishloqda ko„zchalar hosil bo„ladi.
Achigandan keyin yaxshi pishib etilishi uchun pishloq erto„lalarda saqlanadi.
Bu davrda pishloq oqsilida katta o„zgarishlar riy beradi. Natijada pishloqda
o„ziga xos yoqimli ta‟m, xushbo„y hid, bir xildagi sariq rang paydo bo„ladi.
Tayyor pishloqlar qurib ketish va buzilishdan saqlash uchun parafinlanadi.
Plastmassa -
plastik (yunon.
qayishqoq)
va massa (lot.
Yumaloqlangan
narsa)
so„zlarining birikmasidan tashkil topgan. batta, bu so„z shartli
tushunchaga ega. Birinchi kashf qilingan plastmassalar bostm va qizdirish
natijasida muayyan shaklga aylanib, sovigandan keyin tashqi muhit ta‟sirida
ilgarigi holatiga qaylolmas edi. Keyinchalik issiqlik ta‟sirida qayta ishlanadigan
plastmassalar ham ixtiro qilingan. Jahonda birinchi bo„lib plastmassa -
selluloidni 1856- yili ingliz kimyogari Aleksandr Parkes ixtiro qilgan.
385
Poliamidlar.
Aminokarbon kislotalarini polikondensatsiya qilish yo„li
bilan olinib, boshqa plastmassalardan pishiqligi va chirishga chidamliligi bilan
farq qiladi. Yonadi, ammo alangadan tashqari chiqarilsa o„chadi. Issiqligida ip
bo„lib cho„ziladi.
Polietilen
dunyo bo„yicha ishlab chiqarilayotgan plastmassalarning
23%ni tashkil qiladi. Rangi sadafsimon oq, ushlab ko„rganda oq mumni
(parafinni) eslatadi. Yoqqanda tomchilab erib yonadi. Issiqligida ipga o„xshash
cho„ziladi. Yonayotganda alangasining ostki qismi ko„k rangda bo„ladi.
Polimerizatsiya
deb, to„yinmagan past molekulali organik moddalardan
to„yingan yuqori molekulali organik moddalar olish jarayoniga aytiladi.
Polimerizatsion plastmassalar tarkibiga qarab olti guruhga bo„linadi:
poliolifenlar, polivinilxlorid, polistirol, polimetilmetakrilat, teflon va SFD
plastmassasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |