qimmati baland emas (uning 95% i suv). Bodring xomligicha, tuzlab va
o„stiriladigan; rangiga qarab, och yashil, yashil va to„q, yashil, oq, taram-taram
yoki taramsiz; sirtining xarakteri jihatidan g„adir-budur va silliq. G„adir-budur
99
bodring silliq bodringdan ko„ra yaxshi tuzlanadi va achish davomida hosil
bo„ladigan sut kislotasini ko„proq shimadi.
Pishish muddatiga ko„ra ertapishar (40-45 kun), o„rtapishar (55 kun) va
kechki navlarga bo„linadi. Ertagi bodringning uzunligi, 9
sm
dan, o„rtapishar va
kechki bodringlarning uzunligi esa 12
sm
(diametri 6
sm),
dan oshmaydi.
Konservalashga mo„ljallangan bodring uzunligiga qarab: pikuliga 3-5
sm,
1 -
guruh kornishonga 5,1-70 sm va II guruh kornishonga 7,1-9,0 s
m
hamda
zelenetsga - ko„pi bilan 12
sm.
ga (diametri ko„pi bilan 5
sm)
bo„linadi.
Xomligicha eyish, tuzlash hamda konservalash uchun mayda va o„rtacha
yiriklikdagi bodringlarni ishlatish ma‟kul, chunki ular yosh, eti zich va urug„i
pishib etmagan - yumshoq bo„ladi. Bodringning eng keng tarqalgan xo„jalik-
botanik navlari, “Muromskiy”, “Vyaznikovskiy”, “Nejinskiy”, “Nerosimiy”,
“Borshagovskiy” va boshqalardir.
Tarvuz
iste‟mol o„rniga ko„ra ovqatbop, xashaki va tsukat xillarga
bo„linadi. Ovqatbop tarvuzda 6-8% qand, S vitamini va boshqa moddalar
bo„ladi, eti mayin, ta‟mi shirin. Tarvuz tabiiyligicha va tuzlab ham eyiladi.
Undan tarvuz asali (nardek) va vino tayyorlanadi. Tarvuz yumaloq yoki,
ovalsimon shaklda, yashil yoki to„q yashil rangli, taram-taram va taramsiz,
po„chog„i yupqa, o„rtacha va qalin (0,4
sm
dan 2,5
sm
gacha), o„lchami yirik,
o„rtacha va mayda bo„ladi. Qalin po„choqli tarvuzning chiqiti ko„p bo„lsa-da,
tashish va uzoq saqlash uchun yaxshi hisoblanadi. Tarvuzning eti g„ovak yoki
zich, mayda donali, yirik donali yoki tola-tola tuzilishda, sersuv, kamsuv yoki
quruq konsistentsiyali; etining rangi sariq, pushti qizil va och qizil bo„ladi.
Tarvuzning bir qancha navlari ichida “Astraxanskiy polosato„y”,
“Murashka”,
“Lyubimets
xutora
Pyatigorska”,
“Biryuchekutskiy”,
“Ajinovskiy”, “Kro„mskiy pobeditel” navlari eng yaxshi navlar hisoblanadi.
Ularning eti sersuv, mayda donali, mayin, qip-qizil rangli bo„ladi. Standart
talablariga ko„ra tarvuz sog„,
yangi uzilgan, toza, to„g„ri yoki noto„g„ri shaklli
bo„lsa-da, qing„ir-qiyshiq bo„lmasligi, pishib o„tib ketmagan, qizil yoki pushti
100
rangli bo„lishi lozim. Tarvuzning o„lchami ko„ndalang diametri kamida 15
sm
bo„lishi kerak. Bir partiyada qing„ir-qiyshiq (notekis shaklli) qirilgan, sal ezilgan
tarvuzlar 8% dan oshmasligi lozim, jumladan xomroq va o„ta pishib ketgan
tarvuzlar ko„pi bilan 3% bo„lishi mumkin.
Qovun
seret, yirik, o„rta yoki mayda o„lchamli, tuxumsimon, yumaloq
yoki tsilindrsimon shaklli, silliq, to„r-to„r yoki qovurg„asimon sirtli, rangi sariq,
qo„ng„ir yoki jigar rang. Etilish darajasiga qarab, qovun pishgan va xomroq
xillarga bo„linadi. Qovun eti oq, sariq, pushti yoki sal yashil rangli; unsimon
yoki zich tuzilishli; ta‟mi shirin va yoqimli, sal yoki o„ta xushbo„y. Qovunda
13% qand, S vitamini, mineral moddalar, kislota, xushbo„y rang beruvchi va
boshqa foydali moddalar bo„ladi. Qovun tabiiyligicha iste‟mol qilinadi va undan
qovun qoqi, qovun asali, tsukat, povidlo, murabbo tayyorlanadi. “Golubi”,
“Kolxoznitsa”, “Dubovka”, “Zimovka”, “Qo„ybosh”, “Nesravnenniy” navlari
keng tarqalgan.
Qovun yangi uzilgan, butun, sog„,
turli shaklda, tekis, har qaysi navning
o„z rangida bo„lishi lozim. Mevaning o„lchami ko„ndalang kesim diametri
ertapishar va mayda qovun uchun kamida 10
sm,
o„rta va kechpishar (kuzgi)
qovunlar uchun (yumaloq va ovalsimon shaklli) kamida 15
sm
bo„ladi. Pishgan
qovun sersuv, mayin, etli va etilgan, urug„i oson ajraladigan bo„lishi lozim.
Xomroq qovunning eti zichroq va kamsuvroq, urug„i pishib etilmagan va uning
etidan ko„chishi qiyin bo„ladi. Bir partiyada qirilgan, ezilgan, o„lchamiga to„g„ri
kelmaydigan qovun ko„pi bilan 5% bo„lishi mumkin. Qovunning emishbop va
xashaki navlari etishtiriladi.
Ovqatbop qovoq yirik, o„rta yoki mayda, sharsimon, yapaloq,
tsilindrsimon yoki tuxumsimon shaklda bo„ladi. Ularning po„sti yupqa yoki
qalin, to„rsimon yoki qovurg„asimon sirtli, oq kul rang, sariq, qo„ng„ir yoki qizil
tusli. Pishish muddatiga qarab, qovoq navlari ertagi, o„rta va kechki navlarga
bo„linadi. Qovoq yorib, qaynatib, qovurib iste‟mol qilinadi va qandolat ishlab
chiqarishda xom ashyo sifatida ishlatiladi.