buvumlarining barcha nuqsonlari standartlarda polotnoning tashqi ko„rinishi
va saqlash tartiblari «Tikilgan va trikotaj buyumlar. Tamg„alash, joylash. tashish
va saqlash» 10582-82 Davlat standartida ko„rsatilgan. Tikilgan va trikotaj
buyumlari tovar yorlig„i, tovar belgisi tasvirlangan tasma va nazorat tasmasi
yopishtirish yo„li bilan tamg„alanadi. Tovar yorlig„ida quyidagilar ko„rsatiladi:
318
ishlab chiqarish korxonasining tovar belgisi, uning nomi, joylashgan yeri;
buyumning turi, model raqami, buyumga mo„ljallangan standart yoki texnik
shartlar, artikuli, o„lchami, navi, chakana narxi, ishlab chiqarilgan vaqti (oy va
yil). Bulardan tashqari, qo„shimcha ma‟lumotlar ham bo„lishi mumkin
(chegirma, ustama, pardoz turi va boshq.). Tovar yorlig„i har xil shaklli va
badiiy bezatilgan bo„lishi kerak. Tovar yorlig„idagi rekvizitlar topografik,
litografik yoki bosma usulda chop etilgan bo„lishi zarur.
Joylash.
Tovar ko„rinishini saqlash uchun tikilgan va trikotaj buyumlar
joylanishidan oldin ehtiyotlik bilan taxlanishi lozim. Taxlash usullari esa
standartlarda ko„rsatilgan. Buyumlarni joylash uchun iste‟mol taralari hamda
qog„oz va transport taralaridan foydalaniladi. Iste‟mol taralari yakka holda yoki
guruh-guruh bo„lishi mumkin. Ularga polietilenli, sellofanli plyonka yoki
qog„ozli paketlar, qopqoqli qutilar, klapanli kartondan yasalgan pachkalar
kiradi.
Quti va kartondan yasalgan pachkalarga jun, ipak va kimyoviy tolali
gazlamalardan tayyorlanib tikilgan hamda sifati yaxshilangan buyumlar
joylanadi. Erkaklar ko„ylagiga karton yoki qalin qog„oz qo„yilib polietilen yoki
sellofan paketlariga solinadi va karton qutiga yoki paketlarga joylanadi. Paxta,
zig„ir, shtapelli gazlamalardan tikilgan buyumlar, plashlar, kalta kamzullar,
shimlar, ko„rpa-to„shak matolari va shunga o„xshash buyumlar qog„ozga
o„raladi.
Har bir quti yoki pachkaga bir xil modelli, o„lchamli, bo„yli, navli va
narxli buyumlar taxlanadi. Bosh kiyimlar karton yoki fancrdan yasalgan teshikli
qutilarga joylanadi. Transport taralariga yog„och, qat-qat qliingan karton qutilar
va kimyoviy materiallardan tayyorfangan yumshoq taralar (xaltalar) kiradi.
Tashish.
Tikilgan va trikotaj buyumlar yuk tashish qoidalariga asosan,
barcha transport vositalari (temir yo„l, avtomobil, suv va boshq.) asosida amalga
oshiriladi. Palto, yarim palto, kostyum, kalta kamzul va shunga o„xshashlar
maxsus jihozlangan avtomobil-furgonlarda osib qo„yilgan holda tashiladi.
319
Boshqa shaharlardan olib kelinadigan buyumtar konteynerlar yoki transport
taralariga joylanadi.
Saqlash.
Tikilgan va trikotaj buyumlari quruq, yaxshi shamollatiladigan
va isitiladigan omborxonalarda saqlanadi. Ombor-xonalarda harorat 10°C dan
kam va 30°C dan yuqori bo„lmasligi, havoning nisbiy namligi 50-70% bo„lishi
kerak. Chunki yuqori havo namligi gazlamalarni mog„or bosishiga va
mikroorganizmlarning rivojlanishiga, past havo namligi esa buyumlarning
qurishi, qotib qolishi hamda sinuvchanligiga sabab bo„ladi. Shuning uchun
omborxonalar tez-tez shamollatilib turiladi va quyosh nuridan saqlash choralari
ko„riladi.
Ustki kiyimlar ilingan holda, yengil va ichki kiyimlar hamda boshqa,
buyumlar individual taralarda, bosh kiyimlar birlamchi taralarda saqlanishi
kerak. Jun gazlamali va mo„ynali buyumlarni kuyalardan himoyalash uchun
ularning yoniga naftalin xaltachalari osib qo„yilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: