Kiyimlarga namli-issiq ishlov berish.
Kiyimlarga namli-issiq ishlov
berish ulardan foydalanishda muhim rol o„ynaydi. Bu usulda ishlov berish
qismlar yelimli birlashtirilganda, oxirgi pardoz va buyumga tovar ko„rinish
berishda o„tkaziladi. Buning mohiyati shundan iboratki, nam, issiq, dazmol va
presslar bosimi ostida materiallar yuqori elastik holatga o„tadi, natijada ularni
cho„zish, qisqartirish, yupqalashtirish hamda kerakli shakl berish mumkin. Bu
jarayonda buyumlar kerakli hajmli shaklga ega bo„ladi, g„ijimlar, buklamlar va
yaltiroq dog„lar (laslar), notekisliklar to„g„rilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |