Kiyimlarga qo‗yiladigan talablar va ularning iste‘mol xususiyatlari.
Kiyimlar «Kiyim-poyabzal» kompleksining murakkab tovar guruhidan biri
bo„lib hisoblanadi. Ular iqlim va ijtimoiy sharoitga qarab xilma-xli (utilitar,
amaliy yoki manfaatdorlik, estetik, professional, ijtimoiy, marosim va boshq.)
funksiyalarni bajaradi. Shuning uchun kiyimlarga ularning har birining aniq
maqsad bo„yicha ishlatilishi, iqlim sharoiti, iste‟molchilarning yoshi va boshqa
omillarni e‟tiborga olgan holda umumiy hamda o„ziga xos talablar qo„yiladi.
Umumiy talablarni shartli ravishda ergonomik, estetik va pishiq
puxtaligini tavsiflovchi talablarga bo„lish mumkin. O„ziga xos talablar -
kiyimlarning kiyilish sharoiti, iqlim mintaqasi va iste‟-molchilarning yoshi, jinsi
bilan bog„liq bo„lgan talablardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |