O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Iqtisodiyoning turli yo„nalishlari va maktablari



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/271
Sana02.01.2022
Hajmi4,73 Mb.
#306804
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   271
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

 Iqtisodiyoning turli yo„nalishlari va maktablari 
 
Institutsionalizm- 
tarafdorlari  (T.Veblen,  J.Gelbreyt)  fikriga  ko‗ra 
xo‗jalik  yurituvchilar  o‗rtasidagi  munosabatlar  nafaqat  iqtisodiy,  balki 
noiqtisodiy  omillar  ta‘sirida  vujudga  keladi.  Shu  sababli  iqtisodiyotga 
muassasaviy o‗zgarishlar orqali ham ta‘sir ko‗rsatish mumkin.  
Taniqli  davlat  arbobi  Uingston  Cherchill(1874-1965)  «Qayerga 
borishimizni  bilish  uchun  qayerdan  chiqqan  ekanligimizni  bilishimiz 
kerak»,  deb  aytgan  edi.  Bu  g‗oya  nihoyatda  ahamiyatli  bo‗lib,  bosib 
o‗tilgan  yo‗lni  to‗g‗ri  baholash  va  kelajak  istiqbolini  ko‗zlash  haqida 
fikr yuritishga undaydi. 
Iqtisodchilarning  tadqiqotlaridagi  asosiy  bosh  g‗oya  jamiyat, 
insoniyat,  ayrim  shaxslarning  boyligi  masalasidir.  Maqsad  bir,  lekin 
unga  eltadigan  yo‗llar  nihoyatda  xilma-xil  ekanligini  ko‗ramiz.  Ilk 
kapitalistik  munosabatlar  vujudga  kelgan  davrgacha  (XV  asr)  bo‗lgan 
iqtisodiy 
g‗oyalardagi 
umumiylik 
shundan 
iboratki, 
barcha 
donishmandlar  va ularning  yozgan  asarlarida  mehnat  va  yer  boylikning 
Antik olimlarning 
iqtisodiy qarashlari 
O‘rta asrlardagi 
iqtisodiy qarashlar 
Fiziokratlar  
Merkantilizm 
Ilk klassik maktab 
Liberal 
maktab 
Angliya 
klassik 
maktab 
Marjinalizm 
Neoklassik 
yo‘nalish 
20-30-yy. 
neoklassik 
nazariyalar  
Neoklassikaning 
tanqidi 
Utopik – sotsalistik 
nazariyalar 
Markscha iqtisodiy 
talimot 
Tarixiy maktab 
Yangi tarixiy 
maktab 
Insitutsionalizm 
Marksizmning 
sotsalistik 
demokratik 
yo‘nalishi 
Marksizmning 
bolshevik 
yo‘nalishi 
Keynschilik 
Sovet davridagi iqtisodiy 
g‘oyalar 
Hozirgi davr 
institutsionalizmi 
Hozirgi davr keynschiligi 
Hozirgi davr neoklassik 
maktabi 


13 
 
asosiy  manbayi  ekanligi  turli  yo‗llar  bilan  talqin  etiladi,  ularda  ishlab 
chiqarish sohasi asosiy, deb hisoblangan. 
XVII  asr  oxirida  (qisman  XVIII  asr  boshlarida)  yangi  iqtisodiy 
ta‘limot  –  merkantilizm  vujudga  keldi.  Merkantilizm  to‗g‗risida  qisqa 
ma‘lumot  beradigan  bo‗lsak,  uning  mohiyati  iqtisodiy  siyosatda 
mamlakatda  va  davlat  xazinasida  nodir  metallarni  ko‗proq  to‗plash, 
nazariyada  esa  sohadagi  (savdo,  pul  oboroti)  iqtisodiy  qonuniyatlarni 
tadqiq qilishdir (bu avvalgi davrdagi g‗oyalardan keskin farq qiladi). 
Keyingi  muhim  o‗zgarish,  bu  klassik  iqtisodiy  maktabning  yuzaga 
kelishidir  (XVIII  asr).  Bu  iqtisodiy  ta‘limot  ichida  fiziokratizm  ham 
vujudga  keldiki,  uning  umri  uncha  uzoq  bo‗lmadi.  Klassik  maktab 
g‗oyalari hozirgi davrda ham turli shakllarda qayta namoyon bo‗lmoqda 
(neoklassik,  liberal,  neoliberal,  …).  Marks  nomi  bilan  bog‗liq  bo‗lgan 
marksizm  ta‘limoti  (nobozor  iqtisodiyot)  ham  tarixda  muhim  o‗rinni 
egallaydi.  Hozirgi  davrda  bu  ta‘limot  to‗g‗risida  imkoni  boricha 
gapirmaslikka  va  ayniqsa,  yozmaslikka  harakat  kuchayib  bormoqda, 
ko‗proq  uning  salbiy  tomonlarini  tilga  olish  «moda»  ga  kirgan.  Bunda 
«jon» bor albatta.  
1917-yili  Rossiyada  boshlangan  marksizmni    hayotga  tatbiq  etish 
jarayoni  samarasiz  tugadi.  Keyinchalik  shu  yo‗lga  o‗tgan    bir  necha 
mamlakatlarda  ham  eksperiment  samarasiz  yakunlandi.  Lekin  tarix 
uchun  insoniyatga  bu  saboq  juda muhim,  shu  sababli  uni chetlab  o‗tish 
adolatdan  emas,  deb  hisoblaymiz.  Utopik  sotsialistlar  va  markschilar-
ning iqtisodiy g‗oyalari ham o‗rganilishi zarur. 
Ko‗pgina  iqtisodiy  g‗oyalar  obyektiv  xo‗jalik  amaliyoti  bilan 
chambarchas  bog‗liq.  Ko‗pgina  olimlar  avvallari  (hozir  ham  uchrab 
turadi) o‗z qarashlarini mutlaq bekami-ko‗st deb ko‗rsatishga uringanlar. 
Albatta,  «abadiy»  qonuniyatlar  ham  mavjud  bo‗lib,  ularni  istalgan 
tizimda  kuzatish  mumkin,  ammo  ko‗p  hollarda  olimlar  bugungi 
haqiqatning tarixiyligini ilg‗ab olishga har doim ham qodir emas. 
Ijtimoiy  yo‗nalish  tarafdorlari  ham  o‗z  metodologiyalariga  ehtiyot-
lik  bilan  yondashishlari  zarur.  Bunday  ehtiyotkorlik  uchun  diduktiv  va 
induktiv  yo‗nalishlar  o‗rtasidagi  yoki  abstrakt  nazariy  modelni  qo‗llab-
quvvatlovchilar  va  ko‗proq  tarixiy  tasvirlash  yo‗nalishiga  xayrixohlik 
bildiruvchilar  o‗rtasidagi  qarama-qarshiliklarn  o‗rganish  va  har  bir 
metodologiyadan foydalanishning yaxshi va yomon taraflarini tushunish 
maqsadga muvofiqdir
4
.  
                                                             
4
 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander-28 b. 
 


14 
 
Yana  bir  muhim  masala  ustida  to‗xtalib  o‗tishni  lozim,  deb 
o‗ylaymiz, ya‘ni  avval yuzaga kelgan iqtisodiy g‗oyalarga shu kun bilan 
baho  beriladi  va  odatda  ilgarigi  g‗oyadagi  «xato»  va  «kamchiliklar» 
aniqlanib, yangi g‗oyaning undan afzalligi «isbotlanadi». 
 Bunda dialektik mantiq bor albatta, lekin yuqorida ta‘kidlanganidek 
avvalgi  g‗oyalar  tufayli  odatda  yangi  g‗oyalar  yuzaga  keladi,  shuning 
uchun  bu  g‗oya  «yaxshi»,  unisi  «yomon»  kabi  baholash  adolatdan 
bo‗lmaydi.  A.Smitning  mashhur  asarida  o‗zidan  avvalgi  davrda  yuzaga 
kelgan antik dunyo, merkantilizm, fiziokratizm ta‘limotlari tahlil etilgan, 
Yevropaning  iqtisodiy  tarixi  sinchiklab  o‗rganilgan  va  yangi  g‗oya 
vujudga kelgan. 
Yana  bir  qiziqarli  holat  shuki,  biz  uchun  iqtisodchi  bo‗lgan 
shaxslarning ko‗pchiligi kasb-kori, mutaxassisligi bo‗yicha boshqa soha 
sohiblari yoki davlat arboblari bo‗lganlar.  
Masalan,  klassik  maktab  asoschisi  V.Petti  terapevt-shifokor, 
P.Buagilber huquqshunos-sudya, fiziokrat F.Kene jarroh, B.Mandevil va 
A.Smitlar  faylasuf  bo‗lishgan.  Bunday  misollarni  ko‗plab  keltirish 
mumkin, ammo biz ularni asosan iqtisodchilar, deb bilamiz.  
 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish