Kommonsning iqtisodiy g„oyalari
Kommons ortodoksal iqtisodiy nazariyani mustaqil tanqid qilgan
bo‗lsada, Veblen va Mitchellning tanqidi bilan bir vaqtga to‗g‗ri kelgan.
Uning ijtimoiy muammolarga yondashuvi neoklassik nazariyaning tor,
statik, deduktiv yondashuvini rad etdi. Kommons tahlilga barcha
ijtimoiy fanlar va qonunni kiritishga harakat qildi. U jamiyat va
iqtisodiyotni rivojlanuvchi va o‗zgaruvchan deb qarab, raqobat, bozorlar
va
gedonistik
ishtirokchilar
to‗g‗risidagi
deduktiv
ortodoksal
yondashuvga qarshi chiqdi. Nihoyat, Kommons ―laissez-faire‖
siyosatiga (ya‘ni davlat aralashuvi cheklangan siyosatga) asoslangan
263
iqtisodiyotda uyg‗unlik borligi to‗g‗risidagi taxminlarni uning empirik
kuzatuvlariga to‗g‗ri kelmasligini bayon etdi.
Kommonsning amerika kapitalizmi tanqidining boshlang‗ich
nuqtasi ortodoksal narx nazariyasining boshlang‗ich nuqtasiga to‗g‗ri
kelgan, ammo tadqiqotlar umuman bir-biriga o‗xshamas edi. Uning
fikricha, ortodoksal narx nazariyasining ifodasi va bayoni real voqelikka
to‗g‗ri kelmaydi. Mazkur nazariya ratsional odamlar harakatini raqobat
bozorlarida mexanik tarzda bo‗lishini ta‘kidlagan. Kommons esa raqobat
bozorlarida gedonistik insonlar emas, balki iqtisodiyotning turli
qismlarini ayirboshlash munosabatlari birlashtirib turadi, degan fikrni
ilgari surdi. Ortodoksal iqtisodiy nazariya alohida vaziyatlardagi narx va
ayirboshlash mohiyatnini tushuntirishi mumkin, masalan, yuqori
darajada tashkil etilgan birjada yoki qimmatli qog‗ozlar bozorida,
chunki bu bozorlarda haqiqatdan ham ayirboshlash bor, lekin
ayirboshlash munosabatlari mavjud emas. Bu bozorlarda sotuvchi va
oluvchi o‗rtasida mutlaq anonimlik mavjud bo‗lib, odatda, bozorlardagi
bitimlarga madaniy, sotsiologik, psixologik kuchlar, urf-odatlar ta‘sir
etmaydi. Bitimlar Kommonsning nazariy tuzilmasida asosiy element
o‗rnini egalladi.
―Haqiqatda bitimlar iqtisodiyot, fizika, psixologiya, axloqnoma,
qonunshunoslik va siyosatning tutashuv joyi bo‗lib xizmat qiladi.
Alohida olingan bitim – barchasini o‗z ichiga jamlaydigan kuzatuv
birligi, chunki uning ichida alohida kishilarning xohshi, muqobil
variantlar orasidagi tanlovi, mehnat va tabiiy resurslar cheklangan
sharoitda turli majburiyatlar yoki ularning aksi, davlat arboblari yoki
biznes konsernlar, kasaba uyushmalari tomonidan uyushtirilgan inson
huquqlari, erkinliklari himoyasi, ya‘ni cheklangan resurslar dunyosida
bir odamning harakati mamlakatdagi siyosiy, biznes, mehnat, oilaviy va
boshqa jamoa harakatlariga to‗g‗ri kelishi yoki to‗g‗ri kelmasligi
mumkin ‖.
62
Kommons iqtisodiyotdagi savdo bitimlarining 3 xil turini ajratib
ko‗rsatadi. ―Boylikka egalik qilish huquqini boshqalarga o‗tkazish
ixtiyoriy kelishuv asosida amalga oshiriladi‖
63
. Huquqiy tenglik bu
iqtisodiy tenglik, degani emas. Birinchi turi, Ortodoksal nazariyaning
predmeti bo‗lib, ishlab chiqarish omillari bozorida narxni aniqlovchi
savdo bitimlari to‗g‗risidagi nazariyalar hisoblanadi, amalda bu nazariya
62
John R. Commons,
Legal Foundations of Capitalism
(New York: Macmillan, 1924), p. 5.
63
John R. Commons,
Institutional Economics
(New York: Macmillan, 1934), p. 68.
264
noodatiy xususiyatlarga ega bo‗lgan raqobatli bozorlarga talluqli bo‗ladi,
bunday bozorlarda majburlash, ishontirish, urf-odatlar mavjud bo‗lib,
bozor hukumronligi va taklif qonuni kabilar tan olinmaydi. Savdo
shartnomalarining ikkinchi turi boshqariladigan shartnomalar hisob-
lanadi. Bunda huquqiy va iqtisodiy buyruqlar yuqori turuvchi boshliqlar
tomonidan beriladi. ―Bu munosabat brigadir va ishchi, menejer va
xizmatchi, xo‗jayin va xizmatkor, qul va qullar o‗rtasidagi munosabat-
lardan iborat‖
64
. Boshqariladigan shartnomalar ishtirokida boylik yarati-
ladi. Kommonsning fikricha, savdo shartnomalarining 3 turi bajarila-
digan operatsiyalarni normalashtirish hisoblanadi. U quydagilarni o‗z
ichiga oladi: ―Qo‗shma karxona a‘zolari o‗rtasida tomonlarning foyda va
zararlarni taqsimlash borasidagi kelishuvlarni normalashtirish vakolatiga
ega bo‗lgan bir necha ishtirokchilarning kelishuvlari‖
65
. Kommons
shundan so‗ng institut, degan tushunchaga tarif berdi:
Britaniya va Amerika amaliyotida rivojlangan Konsernlar ushbu
uch turdagi savdo shartnomalarini umumlashganligini isbotlovchi
iqtisodiy tadqiqot natijasi hisoblanadi. Institut oila, korporatsiya, kasaba
uyushmasidan tortib to davlatgacha bo‗lgan tushunchalarni o‗z ichiga
oladi. ―Guruh‖ bu borada passiv tushuncha, ―rivojlanayotgan kon-
sernlar‖ aktiv tushuncha hisoblanadi
66
.
Muassasa bu jamoalarning individual harakatini nazorat qilish,
erkinlashtirish va kengaytirish borasidagi birgalikdagi harakatlari
hisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlardagi asosiy muammo shundan
iboratki, men qancha ko‗p olsam senga shuncha kam qoladi va bu
borada albatta kelishish zarur. Bu muammolar ko‗pchilik savdo
shartnomalarida uchramaydi, chunki o‗tgan vaqt davomida orttirilgan
tajribalar, qabul qilingan qonunlar, an‘analar va urf-odatlar natijasida
bunday muammolar tartibga solingan. Kommons bu elementlarni
muammolarni yechishdagi dastak sifatida qaragan.
Kommons o‗zining ushbu yondashuvi orqali Amerika kapita-
lizmini tahlil qildi.
Neoklassik nazariyaga ko‗ra resurslar cheklanganligi sababli
vujudga keladigan muammolarni tahlil jarayonida ijtimoiy, psixologik
va madaniy elementlarni hisobga olmagan holda raqobatli bozorda hal
qilish mumkin. Uning ta‘kidlashicha, bu muammolarning ko‗pchiligi
davlat aralashuvidagi iqtisodiyotga qaraganda raqobatli bozor sharoitida
64
O„sha manba
„ p. 64.
65
O„sha manba
., pp. 67-68.
66
O„sha manba
., p. 69.
265
yaxshiroq hal qilinadi. Jamoalarning asosiy yo‗nalishlari ijtimoiy fanlar,
tarix va huquqiy masalalarga qaratilishi kerak.
Kommons shuningdek, boshqarib bo‗lmaydigan iqtisodiyot noxush
ijtimoiy vaziyatlarni keltirib chiqaradi, kapitalizm hukumat aralashuvi
bilan o‗zgarishi kerak. Pul – kredit siyosati, depressiyani oldini olish
uchun mehnatni qonunchilik asosida tashkillashtirish, kommunal
xizmatlarni tartibga solish, monopoliya amaliyotini oldini olish va
boshqa ijtimoiy islohotlar qilish taklifi bilan chiqdi. Garchi u ortodoksal
nazariyaga deyarli ta‘sir ko‗rsatmasa ham Amerika kapitalizmi
tuzilmasini tashkillashtirishda ta‘sir ko‗rsatib, uni tatbiq etishga yordam
berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |