MU
A
= P
A
. MU
M
(11.2).
201
Keling endi talab egri chizig‗ini keltirib chiqarish orqali talabda
uchraydigan bir necha muammolarni va Marshallning bu muammolarga
topgan yechimini ko‗rib chiqaylik. Agar biz naflilikni maksimal-
lashtiruvchi tovar bilan boshlab va keyinchalik bir tovarning narxini
pasaytira boshlasak, biz talab miqdori va narx o‗rtasidagi bog‗liqlikni
hosil qilishimiz mumkin (11.1) va (11.2) tenglamalardan foydalanib, biz
A tovar narxini tushirish talab miqdorining o‗sishiga ma‘lum
holatdagina sababchi bo‗lishini kuzatishimiz mumkin. A tovar narxining
tushishining ikki ta‘siri bor. Almashtirish ta‘siri A tovar narxi uning
o‗rnini bosuvchilariga nisbatan arzonroq, shuning uchun odamlar A
tovar iste‘molini oshiradilar. Almashtirish ta‘siri har doim arzon narxda
ko‗proq iste‘mol qilishni va qimmat narxda kamroq iste‘mol qilishni
boshlashiga ta‘sir qiladi. Narx o‗zgarishi orqali yuzaga keladigan
daromad ta‘siri murakkabroq. A tovar narxining pasayib ketishi
odamning real daromadini oshiradi. Arzon narx bilan odam A tovarning
oldingi miqdorini sotib olishi mumkin va undan tashqari A tovarga yoki
boshqa tovarlarga ishlatilishi mumkin bo‗lgan ortiqcha daromad paydo
bo‗ladi. Masalan, agar A tovarning narxi 1$ bo‗lsa va avval 10 dona
sotib olinayotgan bo‗lsin, A tovarning narxi 0.90$ ga tushishi real
daromadni 1.00$ ga oshiradi. Kishi daromadining oshishi bilan tovar
iste‘molining oshishi normal tovarlarga xos. Agar A tovar normal tovar
bo‗lsa, uning talab egri chizig‗i pastga va o‗ngga siljiydi. Uning
narxining tushishi unga bo‗lgan talab miqdorining almashtirish ta‘siri va
daromad ta‘sirida ko‗tarilishiga olib keladi.
Agar A tovar darajasi past tovar bo‗lsa, boshqa murakkabliklar
kelib chiqadi. Daromadning oshishi bilan iste‘mol miqdorining tushishi
past darajadagi tovarlarga xos. Gamburger iste‘molchilar byudjetida
darajasi past tovar bo‗lishi mumkin. Daromad oshsa, gamburgerning
iste‘mol qilinish soni tushadi. Agar A tovar past darajadagi tovar bo‗lsa,
unda uning narxining tushishi almashtirish ta‘siri sababli uning
iste‘molining oshishiga olib keladi, ammo daromad ta‘siri ostida uning
iste‘moli tushadi. Agar almashtirish ta‘siri daromad ta‘siridan kuchli
bo‗lsa, talab egri chizig‗i kamayib boradi, ammo agar daromad ta‘siri
almashish ta‘siridan kuchliroq bo‗lsa, talab egri chizig‗i oshib boradi.
Talab egri chizig‗ining o‗sishi talab nazariyasiga biroz ziddir. Bu
nazariy jihatdan ehtimoldan xoli emas, ammo hech qanday empirik
asoslangan ma‘lumot ta‘lab egri chizig‗ining o‗sishini kuzatmagan.
202
Marshall birinchi bo‗lib talab qonunini ta‘riflab o‗tdi: ―Narx
tushishi bilan talab miqdori ko‗tariladi va narx o‗sishi bilan esa
kamayadi‖. Keyinchalik u Robert Giffen tomonidan yig‗ilgan
ma‘lumotlardan kelib chiqib kambag‗al odamlarning non uchun talab
egri chizig‗i o‗sib boruvchi egri chiziq bo‗lishi mumkinligini aytib o‗tdi.
Boshqa so‗z bilan aytganda, non narxining ko‗tarilishi go‗sht va boshqa
qimmat tovarlar iste‘molining kamayishiga va non iste‘molining
ko‗payishiga olib keladi. Shu sababdan past darajadagi tovarlar
almashtirish ta‘siriga qaraganda daromad ta‘siri kuchli bo‗ladi va bu
nazariy adabiyotlarda Giffen tovarlari, deb ataladi. Giffen paradoksi
haqida juda ham ko‗p adabiyotlarda ma‘lumot berilgan bo‗lsa ham
uning o‗sib boruvchi talab egri chizig‗i haqida aniq statistik ma‘lumotlar
keltirilmagan.
Keling endi talab egri chizig‗i hosil bo‗lishining nazariy
muammolariga qaytamiz va Marshall ularga qanday yechim topganini
o‗rganib chiqamiz. U naflilik funksiyasining yig‗indi shaklidan
foydalanganligi uchun o‗zining rasmiy matematik urinishlarida o‗rnini
bosuvchi va bir-birini to‗ldiruvchi mahsulotlar ta‘sirini e‘tiborsiz
qoldirgan, lekin ularning xususiyatlari haqida gapirib o‗tadi. Kam narx
o‗zgarishida daromad ta‘siri ahamiyatsiz (kichkina), deb hisoblaydi.
Shuning uchun agar biz (11.1) formula bo‗yicha A tovarning narxini
tushirsak, talab narxi oshadi va A tovarning me‘yoriy nafliligi MUA /PA
nisbatiga qadar tushib boradi va boshqa tovarlar Me‘yoriy nafliligining
narxga nisbatiga tenglashadi. Marshallning usulini boshqa nuqtayi
nazardan ham o‗rganish mumkin. Formuladan (11.2) foydalanib, A
tovar narxining tushishi me‘yoriy naflilikning kamayishi hisobiga uning
iste‘molining ko‗payishiga olib keladi.
Marshall pulning me‘yoriy nafliligi o‗zgarmas, deb qabul qilishi va
boshqa nazariyalarni rad etishining ikki sababi bor: birinchidan, unda
daromad ta‘siri va almashtirish ta‘sirini aniq ajratib oladigan usul yo‗q
edi, ikkinchisi, narxning kichik o‗zgarishlarida daromad ta‘siri juda ham
kichik bo‗lib, uni e‘tibordan chetda qoldirish tahlilga ta‘sir qilmas edi.
30
30
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 396-304 b.
203
Marshall pulning me‘yoriy nafliligi narxning kichik o‗zgarish-
larida o‗zgarmas, deb qabul qilishi unga hozir farovonlik iqtisodi, deb
nomlangan fanda bir necha muhim xulosalar qilishga imkon berdi.
Odatdagidek, Marshallning iqtisodning yangi taraflarini kashf qilishi
o‗zidan keyin ko‗pgina iqtisodchilarning uning ishini davom ettirishi va
rivojlantirishiga sababchi bo‗ldi. Iste‘molchi ortiqcha nafliligi
tushunchasi birinchi bo‗lib Marshall tomonidan taklif etilgan va
hozirgacha iqtisodiyot nazariyasida muhokama qilinadi.
(11.2) formuladan foydalanib, MUA = PA* MUM va pulning
Me‘yoriy nafliligi o‗zgarmas, deb qabul qilsak, A tovarning narxi va A
tovarning Me‘yoriy nafliligi to‗g‗ridan to‗g‗ri bir-biriga bog‗liq.
Marshall A tovarning narxi iste‘molchilar uchun A tovar Me‘yoriy
nafliligi o‗lchovi, degan xulosaga kelgan. Talab egri chizig‗i Me‘yoriy
naflilikning kamayib borishi tufayli pastga va o‗ngga siljiydi. Ularning
pastga siljishi iste‘molchilar oldingi iste‘mol qilingan mahsulotga
keyingi iste‘mol qilingan mahsulotdan ko‗ra ko‗proq pul to‗lashga
tayyor ekanligini bildiradi. Biroq bozorda iste‘molchilar iste‘mol
qilinadigan barcha hajmdagi tovarni bitta narxda sotib oladilar. Chunki
narx oxirgi iste‘mol qilingan mahsulotning Me‘yoriy nafliligini
o‗lchaydi, natijada iste‘molchilar avval iste‘mol qilmoqchi bo‗lgan
mahsulotga to‗lamoqchi bo‗lgan pullaridan kamroq narxda sotib olishga
erishadilar.
Iste‘molchilarning to‗lashga tayyor bo‗lgan narxlari bilan
haqiqatda to‗langan narx o‗rtasidagi farq
Iste‟molchi ortiqcha nafliligini
tashkil qiladi.
Marshall iste‘molchi ortiqcha nafliligi tushunchasini farovonlik
haqidagi xulosalarini keltirishda ishlatilishni xohlagan, shuning uchun
iste‘molchi ortiqcha shaxsiy nafliligidan ko‗ra guruh sifatida
iste‘molchilar nafliligi haqida ko‗proq bosh qotirgan. U yakka talab egri
chizig‗i bilan emas, balki bozor talab egri chizig‗i bilan ishlagan. 9.1-
chizmada ko‗rsatilgan bozor talabi egri chizig‗ida biz iste‘molchilarning
ortiqcha nafliligini tahlil qilamiz. Agar bozor narxi OC bo‗lsa, talab
miqdori OH bo‗ladi. DD bu bozor talabi egri chizig‗i bo‗lsa, unda
204
iste‘molchilar OC ga qaraganda balandroq narxda sotib olishga tayyor,
bo‗ladilar. OM - sotib oluvchi MP narxini to‗lashga tayyor ammo faqat
MR narxini to‗lagan. Bunda RP iste‘molchi ortiqcha nafliligini tashkil
qiladi. Boshqa barcha iste‘molchilar ham xuddi shu tarzda iste‘molchi
ortiqcha nafliligiga ega bo‗ladilar. Iste‘molchilar umumiy ortiqcha
nafliligi miqdori CDA ga teng bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |