1-rasm. “Ipoteka-bank” ATIB Yunusobod filialining qo’mita va komissiyalari.
Auditorlik qo‘mitasi. Auditorlik qo‘mitasining vazifalari ichki audit Departamentining har bir o‘tkazilgan ichki audit bo‘yicha taqdim etadigan hisobotlarini o‘rganish. Ichki audit bo‘yicha har choraklik hisobotlarni o‘rganish va ularni bank Kengashiga taqdim etish, tashqi auditorlar uchun texnik vazifalarni ishlab chiqishda bank Kengashiga ko‘maklashishdan iborat.
Bank xatarlarini nazorat qilish qo‘mitasi. Bank tavakkalchiligini nazorat qilish bo‘yicha qo‘mitaning vazifalariga tavakkalchilikni boshqarish bo‘yicha bank siyosatini ko‘rib chiqish va kelishish kiradi. Tavakkalchilikni boshqarish bo’yicha taomillarni kelishib olishda Qo‘mita qonunchilik normalari va bank Ustavi talablariga rioya etilgan holda, shuningdek bankning ijroiya organi, uning bo‘limlari va bank ishchilarining faoliyatini to‘g‘ri rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqishda, bank uchun tavakkalchilik va foydalilik o‘rtasidagi maqbul muvozanatga erishishga intilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |