Budjet kodeksining 142-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog’iston
Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari
balanslashtirilgan
daromadlar
va
xarajatlarga
ega
bo’lishi
lozim.
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy
budjetlari taqchilligiga yo’l qo’yilmaydi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy budjetlarini qabul qilish va ijro etishda:
- O’zbekiston Respublikasi respublika budjetining tumanlar
va shaharlar budjetlari bilan;
- davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining tumanlar va
shaharlar budjetlari bilan;
- Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika budjetining,
viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar
budjetining bir- biri bilan, shuningdek boshqa ma’muriy-hududiy
birlikning tumanlari va shaharlari budjetlari bilan;
- tumanlar va shaharlar budjetlari o’rtasida o’zaro
munosabatlariga yo’l qo’yilmasligi belgilab qo’yilgan.
62
- mablag’lar jalb qilishni amalga oshirishga, yuqori turuvchi budjetlardan
budjet ssudalari olish bundan mustasno;
- tasdiqlangan budjetdan ajratilgan mablag’lardan ortiq xarajatlarni amalga
oshirishga;
- tegishli budjetlar mablag’lari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar
foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga;
- yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari va kredit liniyalari berishga
yo’l qo’yilmaydi.
Mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari, tadbirkorlar va
ishbilarmonlarga yaratilayotgan qulaylik va imtiyozlar hamda soliq qonunchiligini
takomillashtirish borasidagi islohotlar yangi Soliq kodeksini ishlab chiqish
zaruriyatini yuzaga keltirdi va u 2008-yilning 1-yanvaridan amalga kiritildi.
2007-yilgacha amalda bo’lgan Soliq kodeksi 135 moddadan iborat bo’lib,
soliq munosabatlarini tartibga solishda u bilan birga yo’riqnoma, nizom va tartiblar
ham qo’llanilar edi. Soliq qonunchiligiga tez-tez o’zgartishlar kiritilishi va soliq
normalarining boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinishi noaniqlik,
tushunmovchilik va soliq normalarining har xil talqin qilinishiga olib kelib, bu
aksariyat hollarda soliq to’lovchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo’lardi.
Yangi Soliq kodeksi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni belgilash, joriy
etish, hisoblab chiqarish hamda O’zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga va
davlat maqsadli jamg’armalariga to’lash bilan bog’liq munosabatlarni, shuningdek
soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladi. Kodeks
64 bob, 392 moddadan iborat bo’lib, u soliq masalalarini tartibga soluvchi barcha
me’yor va qoidalarni mujassamlashtirgan va to’g’ridan-to’g’ri amal qiluvchi
hujjatga aylandi. Jumladan, yangi kodeksda Prezidentimizning iqtisodiyotni
liberallashtirishga qaratilgan Farmon va qarorlarida bayon etilgan normalar to’liq
ifoda topgan.
63
Yangi Soliq kodeksi haqida gap ketganda, uning tadbirkorlar imkoniyatlarini
kengaytirish va manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyatiga alohida to’xtalish
lozim. Ya’ni yangi qonun hujjatiga muvofiq bahsli holatlarda masala soliq
to’lovchi foydasiga hal etiladi. Qonun tili bilan aytadigan bo’lsak, yangi Soliq
kodeksiga avvalgisida mavjud bo’lmagan soliq to’lovchining haqligi
prezumptsiyasi printsipi kiritildi. Unga ko’ra, soliq to’g’risidagi qonun
hujjatlaridagi bartaraf etib bo’lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va
noaniqliklar soliq to’lovchi foydasiga talqin etiladi.
Bundan tashqari, Soliq kodeksining soliq ma’murchiligi masalalariga
bag’ishlangan Umumiy qismi avvalgisiga nisbatan tubdan o’zgartirildi va
kengaytirildi. Mazkur qismda fuqarolarga sodda va tushunarli bo’lishi uchun
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tushunchalariga, shuningdek, yuridik shaxs,
jismoniy shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor kabi tushunchalarga alohida ta’riflar
berildi. Endilikda barcha soliq to’lovchilar soliqlarni qaysi maqsadda
to’layotganliklari to’g’risida to’liq va kengroq tasavvurga ega bo’ladilar, bu esa,
o’z navbatida, soliq madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, yangi soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlar belgilanishini, imtiyozlar to’liq yoki qisman bekor qilinishini, soliq
solinadigan baza oshirilishini nazarda tutuvchi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari,
ular rasmiy ravishda e’lon qilingan paytdan e’tiboran kamida 3 oy o’tgach, amalga
kiritilishi qayd etildi.
Ayni chog’da soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalari
o’zgartirilishini ko’zda tutuvchi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari hisobot davri
boshlanishidan kamida 1 oy oldin e’lon qilinishi kerakligi va ular rasmiy ravishda
e’lon qilingan oydan keyingi hisobot davrining birinchi kunidan e’tiboran amalga
kiritilishi belgilab qo’yildi.
Bundan tashqari, Soliq kodeksida soliq nazoratining shakllari ham belgilanib,
ularning mazmun-mohiyati alohida moddalarda aniq-ravshan tarzda yoritildi.
64
Chunonchi, unda soliq tekshiruvlari tushunchasi va ularning shakllari, soliq
tekshiruvlarining turlari, ishtirokchilari, tekshiruvni o’tkazish uchun asos,
muddatlar, uning davriyligi hamda soliq tekshiruvlarini o’tkazish tartibi to’g’risida
tushunchalar ochib berildi.
Soliq nazorati bobida, jumladan, kameral nazorat, xronometraj masalalari
yoritilgan. Ularni o’tkazish tartibi, muddatlari, davriyligi hamda ularni o’tkazish
uchun zarur bo’lgan hujjatlar ko’rsatib o’tilgan.
Yuqorida yangi Soliq kodeksi soliq masalalarini tartibga soluvchi barcha
me’yor va qoidalarni mujassamlashtirgan, to’g’ridan-to’g’ri amal qiluvchi hujjatga
aylandi, deya ta’kidladik.
Shuning uchun ham uning amalga kiritilishi munosabati bilan o’z ahamiyatini
yo’qotgan bir qator qonun hujjatlari butunlay bekor qilindi.
"Muddatida to’lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni undirib olish
to’g’risida"gi, "Davlat boji to’g’risida"gi, "Patta to’lovi to’g’risida"gi qonunlar
shular jumlasidan.
Yangi Soliq kodeksi, uning avvalgisidan farqli jihatlari haqida shu kabi yana
ko’plab e’tiroflarni bildirish mumkin. Bir so’z bilan aytganda, qonunchilik
taraqqiyoti xalq va jamiyat manfaatlarini ko’zlagan holda amalga oshiriladi. Yangi
kodeks ham bu borada ezgu maqsadlar ro’yobiga xizmat qilishiga shubha yo’q.
2012-yil yanvar oyida Kongress Budjet Boshqarmasi o’zining budjet
istiqbollarini qayta ko’rib chiqib nashr qildi, bu 2001 yil yanvar oyidan beri
moliyaviy ahvol qanchalik yomonlashganini ko’rsatdi. Bu prognozda KBB federal
budjetda 2013-2022 moliya yillari davomida $3.1 trillion miqdorida umumiy
defitsit bo’lishi mumkinligini baholadi. Bu baho ostida YaIM foizi sifatidagi xalq
qo’lidagi qarzlar aslida 2013 yilda 75% ga, 2022 yilda 62% ga pasaytirilardi. Bu
baho etarlicha optimistik edi, chunki KBB budjet prognozlari “joriy qonunni”
ko’zda tutishi kerak, va joriy qonun siyosatda yuz berishi ehtimoli bo’lgan:
defitsitni yomonlashtiradigan soliq ushlanmalar muddatini cho’zish kabi
65
o’zgarishlarni o’z ichiga olmaydi. Aslida, KBB prognoziga ko’ra, soliq
ushlanmalari muddatini cho’zish va shunga o’xshash boshqa siyosiy o’zgarishlarni
o’z ichiga olgan xalqning qarzi 2022 yilgacha YaIMning 100% iga yaqinlashib
qolardi.
Nazorat uchun savollar.
Do'stlaringiz bilan baham: |