Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasidir
.
Mazkur jamg’arma
iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va
texnikaviy qayta qurollantirish loyihalari amalga oshirilishini ta’minlash,
mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishga erishish, shuningdek samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni
amalga oshirish maqsadida tuzilgan.
O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasadir
va u ustuvor investitsiya loyihalarini hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini
modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, mamlakatni muttasil,
barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishilishiga,
shuningdek samarali tarkibiy va investitsiya siyosati amalga oshirilishiga doir
loyihalarni moliyalashtirish uchun belgilangan mablag’larni jamlaydi.
O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini
boshqarish Kengashi O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot
jamg’armasining yuqori boshqaruv organi bo’lib, uning tarkibi O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ijro
etuvchi direktsiyasi O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot
jamg’armasining ijro etuvchi organi va mablag’larini taqsimlovchidir.
O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2006 yil 16 maydagi PQ-350-sonli qarori bilan
Tasdiqlangan Nizom asosida o’z faoliyatini olib boradi. Ushbu Nizomga muvofiq,
139
Jamg’arma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasa bo’lib,
faoliyatining asosiy maqsadi iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo bazaviy
tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish bo’yicha
loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek mamlakatni muttasil,
barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda
samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirishdan iborat.
Jamg’arma
o’z
faoliyatini
O’zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi,O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalari Qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari,
Qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror
va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasining boshka qonun hujjatlariga muvofiq
amalga oshiradi.
Jamg’arma O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil
etilib, yuridik shaxs huquqlariga, o’zining mustaqil balansiga, O’zbekiston
Respublikasi Markaziy bankida hisobvaraq, shu jumladan xorijiy valyutadagi
hisobvarag’iga, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tushirilgan muhriga ega
bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Hukumati O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi timsolida Jamg’arma muassisi hisoblanadi. Tijorat banklari, xorijiy
jamg’armalar, investorlar va boshka manfaatdor tuzilmalar ham Jamg’arma
muassislari bo’lishlari mumkin.
Nima uchun hukumat ushbu keng qamrovli munozaraning sub’yekti bo`ldi.
Asosiy ikkita sababdan bittasi shuki, davlat jamiyat talablariga “javobgar”. 1880-
yilda taklif etilgan Vagner qonuniga ko`ra, iqtisodiy taraqqiyot hukumat o`zi
yolg`iz ijro eta oladigan yangi faoliyatlar uchun imkoniyatlar yaratadi. Ikkinchi
sabab hukumatda o`sish uchun tahminiy tendensiya mavjuddir. Bunda hukumat
siyosiy rahbarlarning qo`llab-quvvatlashi natijasida o`sib boradi. Hukumat
tomonidan rag`batlantiruvchi javob sifatida ko`plab omillar qatorida quyidagilar
taklif etiladi:
Umumiy mahsulotlar uchun ehtiyoj
. Mudofaa, Milliy xavfsizlik, tabiiy
140
ofatlar va fuqarolar uchun foydali yana boshqa dasturlar xususiy sektor tomonidan
nazorat qilinmaydi, balki hukumat tomonidan qamrab olinadi. Urush boshlansa,
hukumat o`z xarajatlarini oshiradi. Muammodan so`ng, urushdan oldingi vaqtga
qaraganda kattaroq tendensiyaga ega bo`lishadi. Ta’lim yana bir muhim umumiy
mahsulotdir. Ta’lim olgan insonlar ko`proq samarali o`sishga va jamiyat umumiy
boyligining oshishiga olib keladi, xususiy sektor maqbul davlat ta’limi ta’minotiga
ishonib qolmasligi kerak.
Demografik o`zgarishlar
. Umumiy aholi hamda yangi tug`ilganlar va
katta yoshdagi aholining o`sishi davlat dasturlarining yaratilishini va
kengaytirilishini rag`batlantiradi.
Yashash tarzining o`zgarishi
. Odamlarning qishloq joylardan shaharlarga,
keyinchalik shaharlardan shahar tashqarisiga ko`chib o`tishlari natijasida davlat
xizmatlariga bo`lgan talab ham shunga mos tarzda ergashadi. Hukumat yanada
ko`proq maktablar, yo`llar, kommunal xizmat ko`rsatishni va jamoat xavfsizligini
ta’minlashi shart bo`ladi.
Tashqi ta’sirlar.
Asosiy foyda keltiruvchi sanoat firmalari havo va suvni
ifloslantirishi mumkin. Hukumat ushbu holatlardan vujudga keluvchi zararlarni
nazoratda tutishiga to`g`ri keladi.
Iqtisodiy qiyinchiliklar.
Depressiya va boshqa salbiy iqtisodiy vaziyatlar
davlatning o`sishini rag`batlantiradi.
Yuqori riskli vaziyatlar.
Risk yuqori bo`lganda xususiy sektor ko`p
miqdorda resurslarni investitsiya qiladi, shuning uchun hukumat dasturlarni
moliyalashtirishga e’tibor qaratadi. Misol uchun elektr quvvati manbasi sifatida
yadro energiyasini rivojlantirish va fazo dasturini yaratishni o`z ichiga oladi.
Dastlab fazo faoliyati ma’lum jihatlarining risklari hukumat aralashuvining natijasi
sifatida, fazo tadqiqoti bilan shug`ullanuvchi tijorat manfaatlari hamda xususiy
transportlar va sun’iy yo`ldoshlarni uchirishga o`tilganlikni boshqara oladigan
bo`lib bormoqda.
Texnik o`zgarish
. Yangi texnologiyaning paydo bo`lishi bilan hukumatga
yordam ta’minlandi, misol uchun temir yo`llar va aeroportlar, yuqori
141
texnologiyalar turlari va axborotlar oqimi bilan ta’minlash, misol uchun internet va
temiryo`llar, radio va televidenya asosidagi yangi sanoatlarni boshqarish.
Ushbu sabablar nega hukumat zarur va nega yillar davomida kengaytirilganligini
tushuntirishda asosli hisoblanadi.
Nazorat savollari:
1.
O’zbekiston Respublikasi budjet tizimi nechta bo’g’indan iborat?
2.
O’zbekiston respublikasida qanday byedjetdan tashqari maqsadli
jamg’armalar bor va ularning soni nechta?
3.
Budjet tashkilotlarinig budjetdan tashqari jamg’armalariga misol keltiring?
4.
Respublika budjetining daromadlari manbalarini sanang?
5.
Respublika budjeti daromadlari qanday xarajatlarni moliyalashtirishga
sarflanadi?
6.
Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar budjetlarining daromadlariga
qaysilar kiradi?
7.
Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat
budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan qanday xarajatlar
amalga oshiriladi?
8.
O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga qaysi
budjetlar kiradi?
9.
O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi o’z
faoliyatini qaysi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi?
10.
O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti kim tomonidan
va qanday muddatlarda tuziladi?
142
Do'stlaringiz bilan baham: |