deyarli barcha me’yorlarini hamda budjet jarayonining alohida masalalarini tar-
tibga soluvchi oltita qonun, Prezidentimizning farmon va qarorlari, Hukumat
qarorlari va idoralararo jami 50 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlarini o’z ichiga
qamrab olgan hamda unda turli qonunosti hujjatlarida nazarda tutilgan me’yor va
56
qoidalar
tizimlashtirib,
muvofiqlashtirilgan,
budjet
qonunchiligida
foydalaniladigan aniq tushunchalarga ta’riflar berilgan.
Shuningdek, Budjet jarayoniga yangi usullar va dastaklarni joriy etish, hamda
xalqaro standartlar va me’yorlarni moslashtirish uchun asos yaratilgan.
Ta’kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi qabul
qilinishi munosabati bilan, 2014-yil 1-yanvardan boshlab O’zbekiston
Respublikasining
«Budjet tizimi to’g’risida»
gi va
«Davlat Budjetining g’azna
ijrosi to’g’risida»
gi Qonulari o’z kuchini yo’qotgan deb topilgan bo’lsa,
«Mahalliy
davlat hokimiyati to’g’risida»
gi,
«Xorijdan mablag’ jalb qilish to’g’risida»
gi va
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»
gi Qonun hujjatlariga tegishli o’zgartish va
qo’shimchalar kiritildi.
O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi tarkibiy tuzilishi 6-rasmda
ko’rsatilganidek, 2 qism, 9 ta bo’lim, 28 ta bob va 192 ta moddadan iborat.
O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksining umumiy qismi 5 ta
bo’lim(I-V bo’limlar), 15 ta bob (1-15 boblar), 82 ta modda (1-82 moddalar)dan
iborat bo’lsa, Budjet kodeksining maxsus qismi esa 4 ta bo’lim (IV-IX bo’limlar),
13 bob (16-28 boblar), 110 modda(83-192 moddalar)dan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining ahamiyati va afzalliklari
borasida kengroq to’xtaladigan bo’lsak, unda aks etgan quyidagi asosiy
yo’nalishlarni alohida qayd etish maqsadga muvofiqdir:
O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksida budjet tizimini boshqarish
asoslarini tartibga solish, uning tushunchalari va tuzilish tamoyillari, budjet tasnifi
tuzilmasi, tarkibi va qo’llash tamoyillari belgilangan. Ta’kidlash joizki, ilgari
«Budjet tizimi to’g’risida»
gi Qonunda 22 ta asosiy tushunchaga ta’rif berilgan
bo’lsa, kodeksda budjet tizimi bilan bog’liq tushunchalar ro’yxati kengaytirilib,
budjet tizimi bilan bog’liq 39 ta tushunchaga ta’rif berilgan.
Shuningdek, kodeksda budjet tizimida qo’llaniladigan ba’zi iqtisodiy atama
va tushunchalar bugungi kungacha amalda bo’lgan qonunlar va qonunosti
57
hujjatlarida ifodalanganidan farqli ravishda, yangi talqinda ta’riflangan va tasnif-
langan.
Budjet Kodeksida
«Budjet tizimi to’g’risida»
gi Qonunda ko’rsatilgan
Budjet tizimining 7 ta :
budjet tasnifi tizimi, hisob-budjet hujjatlari va budjet jarayoni
tuzilishining yagonaligi;
budjet tuzilishining O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy
tuzilishiga
muvofiqligi;
turli darajadagi budjetlarning o’zaro bog’liqligi; davlat budjeti ba-
lansliligi;
davlat daromadlarini aniq manbalar bo’yicha va xarajatlarini yo’nalishlari
(moddalari) bo’yicha rejalashtirish;
davlat
budjeti
xarajatlarini
budjetdan
ajratiladigan
tasdiqlangan
mablag’lar doirasida va xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan maqsadlarda amalga
oshirish;
barcha darajadagi budjetlarning mustaqilligi) asosiy tamoyillari qatoriga
budjet mablag’larining manzilli va maqsadli sarflanishi, budjet mablag’lari
sarflanishining natijaviyligi va samaradorligi, g’aznaning yagonaligi, javobgarlik,
ochiq-oydinlik (oshkoralik) kabi budjet tizimining qo’shimcha tamoyillari
kiritilgan.
Shunisi ahamiyatliki, ilgari
Do'stlaringiz bilan baham: