O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 6,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/229
Sana01.01.2022
Hajmi6,56 Mb.
#305560
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   229
Bog'liq
budjet tizimi

amalga oshirishi mumkin.

13

 

O’zbekiston  Respublikasi  Budjet  kodeksida  davlat  budjetining  holatini  belgilab 

beruvchi tushunchalarga quyidagicha ta’riflar berilgan: 

Davlat budjeti profitsiti — muayyan davrda O’zbekiston Respublikasining Davlat 

budjeti daromadlarining uning xarajatlaridan oshib ketishi; 

Davlat budjeti taqchilligi — muayyan davrda O’zbekiston Respublikasining Davlat 

budjeti xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketishi . 

Davlat  budjeti  daromadlarining  budjet  xarajatlaridan  oshish  holati  yuzaga 

kelganda, budjet profitsiti paydo bo’ladi. Budjet profitsiti, odatda, davlatning qarz 

majburiyatlarini to’lashga va likvidli mablag’larini ko’paytirishga jalb etiladi. 

Keyingi  yillarda  budjet-soliq  tizimidagi  islohotlarningijobiy  pirovard  natijalari 

sifatida 

2005-2016 

yillarda 

davlat 

budjetining 

profitsit 

bilan 


ijrosi 

ta’minlanganligini  ko’rishimiz  mumkin.  Shuningdek,  inflyatsiya  jarayonining 

me’yordagi 

darajasinita’minlanishi 

islohotlarni 

hozirgi 


sharoitida 

makroiqtisodiybarqarorlik va iqtisodiy o’sishning natijalari hisoblanadi. 

 

                                                           



13

Makarand A.Paithankar. Public Budgeting theory and practice, CreateSpace USA, 2016. 



p. 115

 



 

 

 



 

1-rasm. 2000-2016 yillarda davlat budjetining holati to’g’risida ma’lumot 

Respublikamizda  kuzatilayotan  makroiqtisodiy  barqarorlik  va  iqtisodiy  o’sish 

sur’ati sharoitida davlat budjetining taqchillik bilan rejalashtirilishiga qaramasdan, 

birgina  2016-  yilda  yalpi  ichki  mahsulotga  nisbatan  0,1  foiz  profitsit  bilan  ijro 

etilayotgani nafaqat iqtisodiy sohada, balki davlatning moliyaviy faoliyati sohasida 

amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning natijasidir. 

1-rasmdan  ko’rinadiki,  2000-2004  yillar  davomida  mamlakatimiz  davlat  budjeti 

taqchilligini  -1,0  foizdan  -0,4  foizga  pasaytirish,  2005-2008  yillar  davomida  esa 

davlat budjeti taqchilligiga barham berib, davlat budjeti profitsitini 0,1 foizdan 1,5 

foizga  oshirishga  erishildi.  Keyingi  yillarda  mazkur  jarayonlarga  ham  jahon 

moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  o’zining  salbiy  ta’sirini  ko’rsatishiga  qaramasdan, 

budjet profitsitini saqlab qolishga erishilmoqda. 

Xususan,  murakkab  kechgan  2016  yilda  ham  maqsadga  muvofiq  yo’naltirilgan 

chora-tadbirlar  natijasida  budjet  daromadlarining  xarajatlardan  ortish  hajmi  yalpi 

ichki mahsulotning 0,1 foizi darajasida bo’lishiga erishildi. 

Amaliyotda  budjet  daromadlari  va  xarajatlarining  tengligiga  hamma  vaqt  ham 

erishilavermaydi. Ayrim hollarda budjetning daromadlari uning xarajatlaridan ko’p 

bo’lishi mumkin. Bunday budjet profitsitli budjet deyiladi. Aksincha, ba’zi hollar-

da  esa  budjetning  xarajatlari  uning  daromadlaridan  ko’proq  bo’ladi.  Shunga 

muvofiq  ravishda  budjet  xarajatlarining  budjet  daromadlaridan  ko’p  bo’lishiga 

budjet defitsiti  deyiladi. 

-1,0  -1,0 

-0,8 


-0,4  -0,4 

0,1 


0,5 

1,1 


1,5 

0,2 


0,3 

0,4  0,4 

0,3 

0,2 


0,1  0,1 

-1,5 


-1,0 

-0,5 


0,0 

0,5 


1,0 

1,5 


2,0 

2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 

Dav

lat 


 b

u

d



jeti 

 taq


ch

illi


g

i, 


fr

o

fits



iti, 

% d


a

 

Yillar 




 

 

 



Sobiq  Ittifoqda    ma’muriy-buyruqbozlik    yillarida  davlat  budjeti  taqchilligi  uzoq 

vaqtlargacha mustaqil iqtisodiy kategiriya sifatida tan olinmagan. Davlat  budjetini 

shakllantirishda  moliyaviy  resurslarga  bo’lgan  talabdan    kelib  chiqqan  xolda, 

ularni moliyalashtirish uchun mablag’lar qidirib topilardi va shu  asosda davlatning  

moliyaviy manfaatlari ta’minlanardi. Rejali iqtisodiyot ma’lum davrlargacha hech 

qanaqa  larzalarsiz,  bir  tekisda  ma’muriy-buyruqbozlik  asosida  rivojlanib  borishi 

daromadlar va xarajatlar orasida “kasallik” alomatlarini aniq ko’rsatmadi. Ammo, 

keyingi  davrlarda  sobiq    Ittifoqda  budjet  taqchilligi  xolati  yuzaga  chiqa  boshladi. 

Dastlabki  yillardagi  budjet  taqchilligi  jamg’arma    kassalardagi  aholi  mablag’lari, 

hayotni  uzoq  muddatga  sug’urta  qilish  badallarining  o’sishi  va  aholi  o’rtasida 

davlatning ichki yutuqli zayom obligatsiyalarini chiqarish  hisobiga qoplab borildi. 

Bu  turdagi  qarzlar    oldindan  mavjud  bo’lgan    resurslarni  qayta    taqsimlash  

bo’lgani uchun moliyaviy-moddiy balansning  buzilishiga olib kelmadi, ammo bu 

jarayon  davlat qarzlarining o’sishiga olib keldi. 1986- yilda budjet taqchilligining 

juda  tez  sur’atda  o’sib  ketishi  (45,5  mlrd  rubl)    Ittifoq  moliya  tizimining 

parokandalik holatini boshlab berdi.  

Aksariyat  shtatlarda  muvozanatlashgan  budjet  talablari  mavjud  bo’lsada,  mazkur 

talablar  barcha  shtatlar  uchun  bir  xil  emas.  Birinchi  navbatda,  “muvozanat” 

tushunchasi  harajatlarning  daromadlardan  oshib  ketmasligi  kerakligini  anglatadi, 

biroq  barcha  mavjud  daromadlarni  ham  muvofiqlashtirish  va  sarflashning  iloji 

bo’lmaydi.  Sarflanadigan  daromadlar  barcha  mablag’larni  qamrab  olmaydi,  va 

odatda  grantlar  (trust  funds)  hamda  kapital  xararajatlar  mazkur  ro’yxatga 

kirmaydigan  xarajatlar  hisoblanadi.  Natijada,  davlat  jamg’armasining  kamida 

yarim  qismi  muvozanatlashgan  budjet  talablari  tomonidan  qamrab  olinishi 

mumkin.  Budjet  idorasiga  so’rovni  taqdim  etish,  budjet  loyihasini  qonun 

chiqaruvchi organga taqdim etish va tasdiqlatish muddatlari kabi masalalar sababli 

muvozanatlashtirish talablari ham turlicha bo’lishi mumkin. Huddi shunday farqlar 

mahalliy  darajada  ham  uchraydi.Shtat  budjet  tizimining  muvozanatga  erishishi 

siyosiy  jarayon  hisoblanadi.  Daromadlarni  oshirish  yo’llarini  izlab  topish  va 

xarajatlarni  qisqartirish  muvozanatga  erishishning  keng  tarqalgan  yo’li  bo’lsada, 

muvozanatni  ta’minlash  uchun  boshqa  vositalardan  ham  foydalaniladi.  Masalan, 

budjet  zaxiralari,  qora  kun  (favqulotda  vaziyatlar)  uchun  saqlab  qo’yilgan 

mablag’lar,  avvalgi  yillardan  qolgan  jamg’armalar  harajatlarni  qoplashga 

yo’naltirilishi  mumkin  .  Ayrim  davlatlar  budjet  harajatlarini  qisqartirish  talab 

etilgan  paytda  ham  qora  kunga  asrab  qo’yilgan  mablag’lar  hisobidan  harajatlarni 

yuqori  darajada  amalga  oshirishda  davom  etadilar.  Shuningdek,  ayrim  hollarda, 

resurslardan avvalgi yilda foydalanilgan bo’lsa ham to’lovlar bir moliyaviy yildan 

keyingisiga o’tkazilishi mumkin. Siyosiy rahbarlar budjet muvozanatda bo’lmagan 




 

 

 



paytda  ham  uni  muvozanatlashgan  budjet  qilib  ko’rsatish  uchun  shu  va  boshqa 

vositalardan foydalanadilar. 

2.  Budjet  taqchilligini  tartibga  solish.  Taqchillikni  keltirib  chiqaruvchi  omillar. 

Taqchillikni moliyalashtirish manbalari. 

1.  Davlat  budjeti  taqchilligini  moliyalashtirish  uchun  mamlakat  markaziy 

bankidan  kreditlar  olish,  ya’ni  muomalaga  qo’shimcha  pul  emissiyasini  amalga 

oshirish.  2.  Davlat  budjeti  xarajatlarining  hajmini  qisqartirish.  3.  Davlat  budjeti 

daromadlarini  ko’paytirish,  ya’ni  amaliyotga  yangi  soliq  turlarini  kiritish  yoki 

amaldagi  soliq  stavkalarini  oshirish.  4.  Davlat  mulkini  mahalliy  va  xorijiy 

sarmoyadorlarga  sotish.  5.  Mamlakat  aholisidan,  mahalliy  xo’jalik  yurituvchi 

sub’ektlardan,  xorijiy  mamlakatlar  hukumatidan,  xalqaro  moliya  tashkilotlaridan 

va yirik xorijiy tijorat banklaridan qarz olish. 

Taqchillikni hajmi: 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Davlat  budjeti  taqchilligini  moliyalashtirishning  eng  oson,  lekin  juda  qaltis  usuli 



bo’lib  mamlakat  Markaziy  bankidan  qarz  olish  hisoblanadi.  Ta’kidlash  lozimki, 

milliy valyutada absolyut summada; 

mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmiga nisbatan; 

milliy daromad hajmiga nisbatan; 

budjet daromadlari va xarajatlariga nisbatan foizlarda aniqlanadi.  

Boshqa hollar teng bo’lgan sharoitda, budjet defitsiti vujudga kelishining eng umumiy 

sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: 

iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital quyilmalarini amalga oshirishning 

zarurligi; 

favqulodda hodisalarning mavjudligi; 

 iqtisodiyotdagi tanazzulli (krizisli) holatlar va uning emirilishi; 

moliya-kredit aloqalarining yetarli darajada samarali emasligi; 

hukumat tomonidan mamlakatdagi moliyaviy holat ustidan yetarli darajada nazorat 

qila olmaslik; 

ijtimoiy ishlab chiqarishning nisbatan past darajada sa-maradorligi; 

tashqi iqtisodiy aloqalarning nisbatan kam natijaliligi; 

budjet xarajatlarining nooqilona tarkibiy tuzilishi (strukturasi); 

mamlakat miqyosida mavjud bo’lmagan mablag’lar hisobidan yashashga intilish; 

yirik davlat investitsiyalarini amalga oshirish amaliyo-tining mavjudligi; 

harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaligi; 

ichki real imkoniyatni yetarli darajada inobatga olmagan holda boshqa mamlakatlarga 

yordam berilishi; 

davlatga iqtisodiyot va sotsial sohani rivojlantirishga stimul sifatida foydalanish 

imkonini bermaydigan va yetarli darajada samarali bo’lmagan budjet mexanizmining 

mavjudligi; 




 

 

 



mamlakat  Markaziy  bankdan  kredit  olish  o’z  mohiyatiga  asosan  muomalaga 

qo’shimcha  pul  emissiyasini  amalga  oshirish  hisoblanadi.  Ushbu  usul 

qo’llanilganda,  mamlakatda  davlat  budjeti  taqchilligi  rasman  moliyalashtirishga 

erishiladi,  lekin  ushbu  usulning  ayrim  salbiy  tomonlari  mavjud.  Mamlakat 

Markaziy  bankidan  xaddan  tashqari  ko’p  kreditlar  olish  natijasida  mamlakatda 

shiddatli  yoki  jilovlanmagan  inflyatsiya  yuzaga  chiqishi  mumkin.  Buning 

natijasida,  mamlakatda  ijtimoiy-iqtisodiy  ahvol  keskinlashib  ketadi.  Xalqaro 

amaliyotda  ko’plab  rivojlanayotgan,  shu  jumladan  Mustaqil  Davlatlar 

Hamdo’stligiga a’zo mamlakatlarda davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirishda 

yaqingacha  ushbu  usuldan  keng  foydalanganlar.  O’zbekiston  Respublikasida  ham 

davlat  budjeti  taqchilligini  qisqartirishda  2003-yilgacha  Markaziy  bank 

kreditlaridan foydalanilgan. 

Budjet  kodeksining  151-moddasiga  asosan,

  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy 

bankining  kreditlarini  Davlat  budjeti  taqchilligini  qoplash  manbasi  sifatida  jalb 

qilishga yo’l qo’yilmaydi. Ushbu moddaga asosan, respublikamizda davlat budjeti 

taqchilligini  moliyalashtirishda  Markaziy  bank  kreditidan  foydalanish  qonunan 

ta’qiqlangan. 

           Budjet  defitsiti    vujudga  kelganda,  unga  nisbatan  strategik  yondoshuv 

quyidagilarga alohida e’tibor berilishini taqozo etadi: 

budjet  defitsitining  mavjudligini  matematik  yo’l  bilan  hal  qilishga  harakat 

qilmaslik kerak. Chunki, bu holda, iqtisodiyotni “davolash” o’rniga uning kasalligi 

kuchayadi; 

budjetning balansliligi, daromadlarning xarajatlardan ko’pligi sog’lom va uzluksiz 

rivojlanayotgan iqtisodiyotdan dalolat bermaydi. Budjet defitsiti bo’lishi mumkin; 

budjet  defitsitining  miqdori  (darajasi),  odatda,  mamlakat  yalpi  milliy 

mahsulotining 2-3%dan oshmasligi lozim. Ana shu chegaradan oshilsa, uni tezroq 

qisqartirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko’rish kerak; 

budjet  defitsitini  qoplash  uchun,  eng  avvalo,  davlat  kreditining  turli  shakllaridan 

foydalanmoq  lozim.  Shuningdek,  davlat  qimmatbaho  qog’ozlarini  moliyaviy 

bozorda joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Aksincha, milliy pul birligi belgilarini 

zarb etuvchi uskunani (stanokni) ishga solmaslik kerak; 

budjet defitsitining darajasini kamaytirish  yoki unga barham berish uchun, birinchi 

navbatda, iqtisodiyotning o’zini “davolamoq” lozim. Aks holda, ana shu maqsadga 

erishish  uchun  ko’zda  tutilgan  har  qanday  tadbir,  albatta,  muvaffaqiyatsizlikka 

uchraydi. 




 

 

 



Budjet  defitsitining  darajasini  kamaytirish  yoki  unga  barham  berish  borasidagi 

amalga  oshirilishi  lozim  bo’lgan  chora-tadbirlarning  eng  asosiy  yo’nalishlari 

quyidagilardan iborat: 

budjet xarajatlarining investitsion yo’nalishini o’zgartirish, ularni eng ko’p samara 

beradigan yo’nalishlarga yo’naltirish; 

xo’jalik yuritishning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi moliyaviy imtiyoz 

va jazolardan keng foydalanish; 

davlatdan  moliyalashtirishni  va  davlat  iqtisodiyoti  sohasini  qisqartirish,  xorijiy 

davlatlarga yordam ko’rsatishni keskin kamaytirish; 

harbiy xarajatlarni  qisqartirish; 

eng  muhim  sotsial  dasturlarnigina  moliyalashtirishni  saqlab  qolish,  yirik  budjet 

xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabul qilishni to’xtatib turish; 

qarzlarni  davlat  qimmatbaho  qog’ozlari  shaklida  rasmiylashtirmasdan  turib 

hukumat organlariga kredit berishni Markaziy bank uchun taqiqlab qo’yish; 

xorijiy sarmoyalarni jalb etish; 

va boshqalar. 

Taqchillik ko’p hollarda quyidagilar asosida kelib chiqadi:  

taqchillik davlatning markazlashgan kapital qo’yilmalarini iqtisodiyot tarmoqlarini 

rivojlantirish  maqsadida  oshirish  yuzasidan  kelib  chiqishi  mumkin.  Bunday 

holatda  u  iqtisodiyotdagi  krizis  holatini  bildirmaydi,  balki  davlatning  iqtisodiy 

konyukturani  tartibga  solish,  jadal  rivojlanishni  ta’minlash  zaruriyatidan  kelib 

chiqadi; 

taqchillik  favqulodda  holatlar  natijasida  kelib  chiqishi  mumkin  (urushlar,  tabiiy 

ofatlar  va  boshq.).  Bunday  holatlarda  odatdagi  rezervlar  yetarli  bo’lmaydi  va 

ortiqcha mablag’larga ehtiyoj tug’iladi; 

taqchillik  krizis  holatidan  kelib  chiqadi.  Bunda  iqtisodiyot  parokandalikka  yuz 

tutadi,  moliya-kredit  mexanizmlari  samarasiz  ishlaydi,  hukumat  mamlakatning 

moliyaviy barqarorligini amaldagi usullar bilan boshqara va tartibga sola olmaydi. 

Bunday  taqchillik  iqtisodiyot  uchun  xatarli  bo’lib,  zudlik  bilan  iqtisodiyotni 

barqarorlashtirish, xo’jalikning moliyaviy holatini sog’lomlashtirish bo’yicha aniq 

choralar  ko’rishnigina  emas,  balki  voqelikka  mos  keluvchi  siyosiy  qaror  qabul 

qilishni  taqozo  etadi.    Aynan  shu  turdagi,  iqtisodiy  rivojlanishni,  iqtisodiy 




 

 

 



tizimning  tashkiliy  printsiplarini  stixiyali  holda  qayta  qurish  mamlakatda  (80-

yillar) turg’unlik holatini keltirib chiqardi.  

Taqchillikning kelib chiqish sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin: 

iqtisodiyotni  rivojlantirish  maqsadida  davlat  budjeti hisobidan kapital  qo’yilmalar 

hajmining oshib ketishi; 

favqulodda holatlar – urushlar, davomiy ommaviy tartibsizliklar, tabiiy ofatlar; 

YaIM usish sur’atlarining pasayib ketishi, ishlab chiqarishning izdan chiqishi; 

budjet daromadlari bazasining mustahkam emasligi; 

YaIM  ning  o’sish  sur’atlariga  erishmasdan  turib  markazlashgan  uzoq  muddatli 

investitsiyalarni,  ijtimoiy-madaniy  tadbirlarni  moliyalashtirishni  muttasil  oshirib 

borish; 

iqtisodiy inqirozlar va boshqalar. 

 

Davlat budjeti taqchilligi: 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

          Budjet defitsiti vujudga kelgan paytda uni moliyalashtirish manbalarini 

aniqlab olmoq zarur. Uni moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri davlatning 

qarz olishidir. 

 

O’zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag’larining moliya 



yili boshidagi qoldiqlari; 

davlat tomonidan mablag’ jalb qilish; 

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan 

moliyalashtiriladi. 

 



 

 

 



Davlatning qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro 

moliyaviy  tashkilotlardan  jalb  qilinadigan  zayom  va  kreditlarni  olishdan  iborat 

bo’lib,  ular  bo’yicha  qarz  oluvchi  yoki  boshqa  qarz  olganlarning  qarzlarni 

qaytarish  bo’yicha  kafolatchi  sifatida  hukumatning  qarz  majburiyatlari  vujudga 

keladi.  

Davlatning  ichki  qarzlarni  olishi  jismoniy  va  yuridik  shaxslar,  xorijiy  davlatlar, 

xalqaro  moliyaviy  tashkilotlardan  jalb  qilinadigan  zayom  va  kreditlarni  olishdan 

iborat  bo’lib,  ular  bo’yicha  qarz  oluvchi  yoki  boshqa  qarz  olganlarning qarzlarni 

qaytarish  bo’yicha  kafolatchi  sifatida  hukumatning  o’z  milliy  valyutasida 

ifodalangan qarz majburiyatlari paydo bo’ladi.  

Davlatning  tashqi  qarzlarni  olishi  jismoniy  va  yuridik  shaxslar,  xorijiy  davlatlar, 

xalqaro  moliyaviy  tashkilotlardan  jalb  qilinadigan  zayom  va  kreditlarni  olishdan 

iborat  bo’lib,  ular  bo’yicha  qarz  oluvchi  yoki  boshqa  qarz  olganlarning qarzlarni 

qaytarish  bo’yicha  kafolatchi  sifatida  hukumatning  xorijiy  valyutada  ifodalangan 

qarz majburiyatlari vujudga keladi.  

Budjet 


defitsitini 

moliyalashtirishning 

barcha 

manbalari 

jalb 

qilingan 



mablag’larning  barcha  asosiy  turlari  bo’yicha  navbatdagi  moliyaviy  yilga 

mo’ljallangan  budjet  to’g’risidagi  qonunda  qonunchilik  hokimiyati  organlari 

tomonidan albatta tasdiqlanishi kerak.  

Budjet  defitsitini  moliyalashtirishning  manbai  sifatida  mamlakat  Markaziy 

bankining kreditlari va Markaziy bank tomo-nidan hukumatning sotib olingan qarz 

majburiyatlari maydonga chiqishi maqsadga muvofiq emas.

 

Budjet  defitsitini  moliyalashtirishning  barcha  manbalarini  ikki  guruhga  bo’lish 



qabul qilingan: 

 

  1)ichki manbalar; 



2)tashqi manbalar

 



Budjet  defitsitini  moliyalashtirishning  ichki  manbalari  sifatida  quyidagilarni 

ko’rsatish mumkin: 

mamlakat  hukumati  tomonidan  shu  mamlakatning  milliy  valyutasida  kredit 

tashkilotlaridan olingan kreditlar; 

mamlakat  hukumati  nomidan  qimmatbaho  qog’ozlarni  chiqa-rish  orqali  amalga 

oshirilayotgan davlat zayomlari; 




 

 

 



davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar; 

davlat zaxiralari va rezervlar bo’yicha daromadlarning xa-rajatlardan o’sgan qismi 

summasi; 

budjet  mablag’larini  hisobga  oluvchi  hisob  varaqlaridagi  mablag’lar  qoldig’ining 

o’zgarishi; 

va boshqalar. 

Budjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatoriga quyidagilar kiradi: 

mamlakat  hukumati  nomidan  qimmatbaho  qog’ozlarni  chiqa-rish  orqali  xorijiy 

valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari; 

xorijiy  valyutada  taqdim  etilgan  va  mamlakat  hukumati  tomonidan  jalb  qilingan 

xorijiy davlatlar, banklar va firma-lar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kreditlari. 

 

Yuridik  va  jismoniy  shaxslar,  xorijiy  davlatlar,  xalqaro  tashkilotlar  va  xalqaro 



huquqning boshqa sub’ektlari oldidagi (davlat kafolatlari bo’yicha majburiyatlarni 

qo’shgan holda) mam-lakat hukumatining qarz majburiyatlari hukumatning davlat 

qar-zini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil eta-digan davlat mulki 

bilan to’liq va hech qanday shartsiz ta’minla-nishi kerak. Bunda davlat hokimiyati 

organlari  mamlakat  hukuma-tining  qarz  majburiyatlari  va  davlat  qarziga  xizmat 

qilish uchun  respublika budjetining daromadlarini shakllantirish bo’yicha barcha 

vakolatlardan foydalanadilar. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

 

 



Mamlakatning qarz majburiyatlari quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin: 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Mamlakatning  qarz  majburiyatlari  o’zining  muddatiga  qarab  qisqa  muddatli  (bir 



yilgacha), o’rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh 

yildan  yuqori)  bo’lishi  mumkin.  Ular  zayomning  konkret  shartlariga  muvofiq 

ravishda  (zayom  shartlarini,  jumladan,  to’lov  muddatlari,  foiz  to’lovlarining 

miqdori, muomala muddatlarini o’zgartirmasdan) qaytarilishi kerak.

 

Mamlakat  hukumatining  davlat  ichki  qarzlari  quyidagilardan  iborat  bo’lishi 



mumkin: 

1.

 



hukumat  davlat  qimmatbaho  qog’ozlari  bo’yicha  qarzining  asosiy  nominal 

summasi; 

2.

 

hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarz-ning hajmi; 



3.

 

mamlakat  hukumati  tomonidan  berilgan  kafolatlar  bo’yicha  majburiyatlar 



hajmi va boshqalar. 

O’z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari: 

qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit 

tashkilotlari, xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashki-lotlar 

bilan tuzilgan kredit bitimlari va shartnomalari; 

mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni 

chiqarish orqali amalga oshirilgan davlat zayomlari; 

mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish 

to’g’risidagi shartnomalar; 

o’tgan yillardagi mamlakatning qarz majburiyatlarini res-

trukturizatsiya qilish va muddatini o’zgartirish to’g’risidagi 

mam-lakat hukumati nomidan tuzilgan (shu jumladan, 

xalqaro) bitim-lar va shartnomalar; 

va boshqalar. 

 



 

 

 



xorijiy  davlatlar  hukumatlari,  kredit  tashkilotlari,  firmalar  va  xalqaro  moliyaviy 

tashkilotlarga  mamlakat  hukumati  tomonidan  taqdim  etilgan  davlat  kafolatlari 

bo’yicha majburiyat-lar hajmi; 

xorijiy  davlatlar  hukumatlari,  kredit  tashkilotlari,  firmalar  va  xalqaro  moliyaviy 

tashkilotlardan  hukumat    olgan  kreditlar  bo’yicha  asosiy  qarz  hajmidan  iborat 

bo’ladi. 

2

011 yil 1 yanvardan budjet amaliyotiga kiritilgan yangi budjet tasnifiga muvofiq, 



budjet defitsitini moliyalashtirish manbalari quyidagicha guruhlangan: 

Moliyalashtirishning ichki manbalari: 

1.Davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirishdan tushgan mablag’lar 

2.Markaziy bank kreditlari 

3.Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar 

4.O’zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag’larining qoldig’i 

5.O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya 

jamg’armasi mablag’larining qoldig’i 

6.Ish  bilan  ta’minlashga  ko’maklashuvchi  davlat  jamg’armasi  mablag’larining 

qoldig’i 

7.O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  Respublika  yo’l 

jamg’armasi mablag’larining qoldig’i 

8.O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  mulk  qo’mitasining  maxsus  hisobvarag’i 

mablag’lari 

9.Boshqa ichki manbalardan jalb qilinadigan mablag’lar 

Moliyalashtirishning tashqi manbalari: 

1.Davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirishdan tushgan mablag’lar 

2.Xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar kreditlari 

3.Xorijiy davlatlar kreditlari 

4.Boshqa tashqi manbalardan jalb qilinadigan mablag’lar 

 



 

 

 



3. Budjet taqchilligi to’g’risidagi zamonaviy kontseptsiyalar, ularning mazmuni, 

xususiyatlari va ahamiyati. 

Bu muammoni hal qilish bo’yicha jahonda bir-biriga zid bo’lgan bir qancha 

kontseptsiyalar mavjud: 




Download 6,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish