Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgarmasi:
g’azna ijrosiga o’tmagan budjet tashkilotlari bo’yicha - rejaga
muvofiq budjetdan mablag’ bilan ta’minlash hisobiga tushgan va hisobot
choragining oxirgi ish kuni oxirida budjet tashkilotlari hisob raqamlarida qolgan
tejab qolingan mablag’lar (kapital qo’yilmalarni mablag’ bilan ta’minlash uchun
nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno);
g’azna ijrosiga o’tgan budjet tashkilotlari bo’yicha - hisobot
choragining oxirgi ish kuni oxirida budjet tashkilotlarining Moliya vazirligi
G’aznachiligida va uning hududiy bo’linmalarida ochilgan hisob raqamlarida
qolgan tejab qolingan mablag’lar (kapital qo’yilmalar bo’yicha xarajatlarni
to’lash uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno);
118
budjet tashkilotlari faoliyati turiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar)
ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar;
vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-
mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan olingan mablag’larning 50 foizi.
Mablag’larning qolgan 50 foizini budjet tashkilotlari mahalliy budjetlar
daromadiga o’tkazadilar;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga
berilayotgan homiylik yordami (begaraz yordam) hisobiga shakllantiriladi.
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgarmasi mablag’lari faqat:
avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqalarni va
mavjud kreditorlik qarzlarni to’lashga;
budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
tadbirlariga;
ijtimoiy rivojlantirish va budjet tashkilotlarining xodimlarini moddiy
rag’batlantirish tadbirlariga sarflanadi.
Budjet
tashkilotida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha
to’lanmagan nafaqalar muddati o’tkazib yuborilgan kreditorlik qarz mavjud
bo’lsa, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgarmasi mablag’lari tejab qolingan
budjet mablag’lari doirasida ushbu qarzlarni to’lashga (ishlar, xizmatlar tovarlar
ishlab chiqarish va sotish bo’yicha jami xarajatlar o’rni qoplangandan so’ng)
sarflanadi.
Agar kreditorlik qarzi budjet tashkilotining xarajatlari vaqtincha etarli
miqdorda mablag’ bilan ta’minlanmaganligi munosabati bilan paydo bo’lgan
taqdirda, kreditorlik qarzning Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgarmasi
hisobiga to’langan miqdori joriy moliya yiliga belgilangan xarajatlar limiti
doirasida budjetdan qoplanadi.
Agar kreditorlik qarzi budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasiga ilovada
nazarda tutilgan tegishli xarajatlar to’lanmaganligi va (yoki) xarajatlarning har
qaysi guruhi bo’yicha belgilangan limitlarning oshib ketganligi munosabati bilan
119
paydo bo’lgan bo’lsa, to’liq hajmda budjetdan mablag’ bilan ta’minlangan
taqdirda, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgarmasi mablag’lari (ishlar,
xizmatlar, tovarlar ishlab chiqarish va sotish bo’yicha jami xarajatlar o’rni
to’ldirilgandan so’ng) avvalo xarajatlarning to’lanmagan qismi va belgilangan
limitlarning ortib ketgan miqdori doirasida kreditorlik qarzlarni uzishga
yo’naltiriladi.
Budjet tashkilotida vaqtincha mexnatga layoqatsizlik bo’yicha to’lanmagan
nafaqalar va kreditorlik qarz mavjud bo’lmasa yoxud ushbu qarzlar mazkur
Tartibda belgilangan doirada va shartlarda to’langan taqdirda Budjet tashkilotini
rivojlantirish jamgarmasining qolgan mablag’lari (homiylik yordami, begaraz
yordam miqdori bundan mustasno):
tushgan barcha mablag’larning kamida 75 foizi (sog’liqni saqlash
budjet tashkilotlarida kamida 50 foizi) tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab
chiqarish va sotish bo’yicha jami xarajatlarning o’rnini to’ldirishga va moddiy-
texnika bazani mustahkamlashga;
tushgan barcha mablag’larning ko’pi bilan 25 foizi (sog’liqni saqlash
budjet tashkilotlarida 50 foizdan ortiq bo’lmagan miqdorda) budjet tashkilotlari
xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag’batlantirish tadbirlariga
sarflanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotiga ko’rsatilgan
homiylik (begaraz) yordamidan olingan mablag’larning barcha summasi, agar
homiy bilan maxsus o’zgacha hol kelishilmagan bo’lsa, moddiy-texnika bazani
mustahkamlashga sarflanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3
sentyabrdagi 414-sonli «Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini
takomillashtirish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq budjet tashkilotini
rivojlantirish fondi: rejaga muvofiq budjetdan moliyalashtirish hisobiga tushgan
va hisobot choragining so’nggi ish kuni oxirida budjet tashkilotining
hisobvarag’ida qolgan tejab qolingan (foydalanilmagan) mablag’lar (kapital
120
qo’yilmalarni moliyalashtirish uchun ko’zda tutilgan mablag’lar bundan
mustasno); budjet tashkilotining faoliyati turiga muvofiq mahsulot(ish,
xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar; davlatning
vaqtincha foydalanilmayotgan binolari va mol-mulkini boshqa tashkilotlarga
ijaraga berishdan olingan mablag’larning 50 foizi hamda yuridik va jismoniy
shaxslar tomonidan budjet tashkilotiga berilayotgan homiylik (beg’araz)
yordami hisobiga shakllantiriladi.
Faoliyat turi bo’yicha mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va
sotishdan, davlatning vaqtincha foydalanilmayotgan binolari va mol-mulkini
boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan hamda yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan budjet tashkilotiga berilayotgan homiylik (beg’araz) yordamidan
qo’shimcha daromad olayotgan budjet tashkilotlari 2005 yil oxirigacha Davlat
budjetiga undiriladigan soliqlar va yig’imlarning barcha turlaridan ozod qilingan
edi. Shu munosabat bilan bo’shab qolgan mablag’lar budjet tashkilotining
moddiy-texnika
va
ijtimoiy
bazasini
hamda
xodimlarini
moddiy
rag’batlantirishga yo’naltiriladi.
Bunda shuni hisobga olish kerakki,
Do'stlaringiz bilan baham: |