O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-BO„LIM. «TURIZMNI REJALASHTIRISH» KURSINING



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/138
Sana01.01.2022
Hajmi1,48 Mb.
#302462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
turizmni rejalashtirish

1-BO„LIM. «TURIZMNI REJALASHTIRISH» KURSINING 
PREDMETI VA VAZIFALARI 
1.1. Turizmning milliy iqtisodiyotda tutgan o„rni  
Ekspertlarning  baholashicha,  XXI  asrda  jahon  iqtisodiyotini  harakatga 
keltiruvchi  kuch  turizm  bo„ladi.  2010  yilga  borib  dunyoda  turistik  sayohatlar  soni 
ikki marta ko„payishi bashorat qilinmoqda. Bugungi kundayoq foydaliligi bo„yicha 
turistik  xizmatlar  eksporti  va  importi  jahon  tovar  oborotida  uchinchi  o„rinni 
egallamoqda va dunyo ichki yalpi mahsulotida o„ndan bir qismni tashkil qilmoqda. 
Iqtisodiy  faoliyatning  ko„plab  sohalari  uchun  turistik  biznesni  rivojlantirishning 
ahamiyati  naqadar  kattaligini  baholash  qiyin.  Turizm  tashqi  iqtisodiy  aloqalarda 
alohida  o„rin  tutadi.  Undan  olinadigan  daromadlar  xorijga  mahsulot  va  mehnat 
chiqarmay  turib  chet  el  valyutasini  olishning  muhim  usullaridan  biri  hisoblanadi. 
Turistik  biznesni  «valyutaning  ko„rinmas  eksportchisi»  deb  atalishi  bejiz  emas. 
Turizmdan  olinadigan  mablag„  tushumlari  daromadga  aylanadi  va  iqtisodiyotning 
turli sohalarida aylanishda davom etaveradi. 
Eng  yirik  yuqori  daromadli  va  eng  dinamik  tarmoqlardan  biri  bo„lmish, 
daromadliligi  bo„yicha  faqat  neft  qazib  olish  va  qayta  ishlashdan  keyin  turadigan 
turizm,  Butun  jahon  turistik  tashkiloti  (BTT)  sayyoramiz  ishlab  chiqarish-servis 
bozorining  10  %  ni  ta‟minlaydi.  Dunyo  ichki  milliy  mahsulotining  6%,  jahondagi 
investitsiyalarning  7%,  dunyo  iste‟mol  xarajatlarining  11  %,  butun  soliq 
tushumlarining  5–6%,  har  16-  ishchi  o„rni  mana  shu  mehmondo„stlik  sohasiga 
to„g„ri keladi.  
Keltirilgan raqamlar turizm sanoati faoliyat ko„rsatishning bevosita samarasini 
tavsiflaydi.  


 

Sof  iqtisodiy  samara  bilan  birga,bu  soha  inson  hayotiy  kuchining  qayta 
tiklanishi  va  o„z  bo„sh  vaqtidan  oqilona  foydalanishini  ta‟minlaydi.  Ilmiy-texnik 
taraqqiyot  bir  tomondan  jismoniy  charchashning  kamayishiga  olib  kelgan  bo„lsa, 
ikkinchi  tomondan  asabiy  zo„riqishlarga  olib  kelkelmoqda.  Shu  munosabat  bilan 
dam olishni rejalashtirish vap tashkillashtirishning roli oshib bormoqda. 
Turizm  bo„yicha  Gaaga  deklaratsiyasida  quyidagicha  ta‟kidlab  qo„yilganligi 
tasodif  emas:  «dam  olish,  bo„sh  vaqt  va  ham  to„lanadigan  davriy  ta‟tilga  bo„lgan 
huquq,  shuningdek,  bu  vaqtdan  ta‟tillar  o„tkazish  maqsadida,  ma‟rifiy  va  sayr 
maqsadlarida  erkin  borib-kelishlar  uchun  foydalanish  huquqi,  ham  ichki,  ham 
xalqaro turizmdan olinadigan farovonliklardan foydalanish» – eng zarur narsalardan 
biri  hisoblanadi.  Turizm  taassurotlarning  xilma-xilligini,  shart-sharoitning  va 
faoliyat  turlarining  rang-barang  o„zgarishini  ta‟minlaydi,  asabiy  zo„riqishning 
kamayishiga samarali ko„maklashadi.    
Hozirgi  sharoitlarda  bu  tarmoqning  ahamiyati  va  uning  xalqaro,  jumladan, 
hukumatlararo  va  shaxslararo  munosabatlarga  ta‟siri  ham  doimiy  ravishda  o„sib 
bormoqda. «Turizmni avvalambor mamlakatlar va qit‟alar o„rtasidagi munosabatlar 
jihatidan  olib  qarash  kerak.  Xalqaro  turistik  aloqalar  qanchalik  muntazam  tus 
olaversa,  jahon  iqtisodiyoti  shunchalik  oldindan  bashorat  qilinishi,  dunyo 
kon‟yunkturasi  esa  shunchalik  barqaror  bo„lishi  mumkin».  Hozirgi  jahon  xalqaro 
turizmining  ahvolini  Rossiyalik  olimlar  bilan  birga  tahlil  qilgan  kanadalik  olimlar 
shunday xulosaga keldilar. 
Turistik  biznes  har  qanday  davlat,  viloyat,  tumanning  iqtisodiga  ijobiy  ta‟sir 
ko„rsatadi.  Ba‟zi  g„arbdagi  iqtisodiyotchilarning  baholariga  qaraganda,  undan 
olinadigan pul tushumlari bir yil davomida 3 martadan besh martagacha muomalada 
bo„ladi.  Katta  mablag„lar  talab  qilishiga  qaramay,  turizm  sohasiga  kapital  qo„yish 
ancha  foydalidir,  chunki  bu  mablag„lar  nisbatan  tezroq  o„zini  oqlaydi,  boz  ustiga 
ko„proq  xorijiy  valyutada  sarmoya  keltiradi.  Turizmdan  olinadigan  tushumlar 
yuqori sur‟atlar bilan ko„payib bormoqda. 


 

BTT  bashoratiga  qaraganda,  2010  yilda  xalqaro  sayohatlar  ishtirokchilarining 
soni  1  mlrd  kishidan  oshib  ketadi,  turizm  sanoatidan  olinadigan  daromadlarning 
umumiy summasi esa 1550 mlrd. AQSh dollariga etishi mumkin. 
Bu  aytib  o„tilganlar  turizm  mamlakatlar  va  mintaqalar  iqtisodiyotini 
rivojlantirish  uchun  muhim  ahamiyat  kasb  etadi,  degan  xulosaga  olib  kelishi 
mumkin.  U  yigirma  birinchi  asr  jahon  xo„jaligining  ustuvor  tarmoqlaridan  biri 
hisoblanadi. 
 

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish