O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 - BO„LIM. TURIZMNI REJALASHTIRISHNING STRATEGIK



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/138
Sana01.01.2022
Hajmi1,48 Mb.
#302462
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   138
Bog'liq
turizmni rejalashtirish

5 - BO„LIM. TURIZMNI REJALASHTIRISHNING STRATEGIK 
JIHATLARI
 
5.1. O„zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish siyosatining asosiy 
yo„nalishlari 
«Turistik  siyosat»  tushunchasi  turizm  ommaviy  ijtimoiy-iqtisoiy  hodisaga 
aylanib, iqtisodiyotda sezilarli rol o„ynay boshlashi bilan paydo bo„ldi.  
Turistik  siyosat  – 
ijtimoiy-iqtisodiy,  huquqiy,  tashqi  siyosiy,  madaniy  va 
boshqa  tusdagi  metodlar,  ta‟sirlar  va  tadbirlar  tizimi  bo„lib,  u  turistik  faoliyat, 
turistik tarmoqni boshqarish va muvofiqlashtrish, uning rivojlanishi uchun sharoitlar 
yaratib  berishga  javobgar  bo„lgan  parlamentlar,  hukumatlar,  davlatlar,  tijorat  va 
xususiy tashkilotlar, assotsiatsiyalar va muassasalar tomonidan amalga oshiriladi.  
Turistik  siyosatda  asosiy  yo„nalish  vakolatli  organlar  tomonidan  turizmni 
rivojlantirishga  ongli  ravishda  ta‟sir  ko„rsatishi  hisoblanadi.  U  belgilangan  va 
amalga 
oshiriladigan 
bosqichdan 
kelib 
chiqib, 
turistik 
faoliyat 
bilan 
shug„ullanadigan  davlat,  mintaqaviy  va  alohida  korxonalarning  siyosatini  ajratib 
ko„rsatish mumkin.  
Davlat  turistik  siyosati  davlatning  umumiy  siyosati  tizimida  turistik 
faoliyatning o„ziga xos qirralarini namoyon qiladi.  
Mamlakatimizda 
turizm 
sohasidagi 
davlat 
siyosati 
O„zbekiston 
Respublikasining  «Turizm to„g„risida»gi qonundan kelib chiqib belgilanadi. Unda 
bu sohaning asosiy yo„nalishlari bayon qilingan.  
Turizmga davlat tomonidan ta‟sir ko„rsatilishi zarurligi jahon amaliyotiga mos 
tushadi.  Masalan,  1989  yil  aprelda  qabul  qilingan  Turizm  bo„yicha  Gaaga 
deklaratsiyasida shunday deyilgan: 
«Turizm  davlat  organlari,  shuningdek  mintaqalar  va  turistik  sanoat 
hokimiyatlari  tomonidan  kompleks  va  izchil  asosda  ushbu  hodisaning  barcha 
qirralarini hisobga olgan holda rejalashtirilishi kerak».
  
Mamlakat  xalq  xo„jaligida  turizm  iqtisodiyotning  boshqa  tarmoqlari  kabi 
ahamiyatga  egaligi  va  ilmiy-texnika  taraqqiyoti  va  odamlarda  bo„sh  vaqt  ko„payib 


 
66 
borishi bilan milliy turistik ma‟muriyatlarning huquq va majburiyatlarini ularni xalq 
xo„jaligining  boshqa  yirik  sektorlari  ega  bo„lgan  darajaga  tenglashtira  borib, 
kengaytirish zarur tuyuladi. 
 O„zbekistonda  turizmni  rivojlantirish  siyosati  –  turistik  faoliyatning  turli 
jihatlariga  taalluqli  bo„lgan  qoidalar  paketidir.  Ulardan  asosiylari  quyidagilar 
hisoblanadi:  

 
mamlakat yoki mintaqani rivojlantirishning umumiy siyosatiga mos kelish; 

 
turizmni,  turistik  infratsrukturani,  diqqatga  sazovor  joylarni,  faoliyat 
turlarini  va  turistik  mahsulot  bozorlarining  mavjud  modellarini  tadqiq  qilish  va 
tahlil etish asosida shakllanish; 

 
ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik omillarni hisobga olish. 
Milliy  va  mintaqaviy  vazifalar  yakka  tartibdagi,  guruhiy  yoki  shaxsiy 
manfaatlardan  ustun  turadi.  Lekin  umumiy  siyosat  shunday  tuzilishni  belgilab 
berishi  kerakki,  toki  uning  doirasida  har  qanday  mulkchilik  shaklidagi  turistik 
korxona samarali faoliyat ko„rsatsin.  
Turistik siyosatni ishlab chiqishda quyidagi asosiy masalalar nazarda tutiladi: 
1) 
iqtisodiy  foydalar  –  daromadlarni  oshirish,  aholining  bandligini 
ta‟minlash,  chet  el  valyutasini  olish,  davlat  daromadlarini  ko„paytirish,  turizmdan 
xalq  xo„jaligining  boshqa  tarmoqlarini  rivojlantiruvchi  katalizator  sifatida 
foydalanish; 
2) 
ijtimoiy  foydalar  –  xorijiy  turizmni  madaniyatlararo  almashish  va 
rivojlantirishni  rag„batlantirish,  mahalliy  aholining  ma‟rifiy  bilimlarini  oshirish, 
ichki turizmni rivojlantirishni ta‟minlash; 
3) 
atrof-muhitni saqlab qolish sohasidagi vazifalarni hal qilish. 
Turizm siyosatini rejalashtirishda quyidagi talablar bajariladi: 

 
xalqaro  va  ichki  turizmning  eng  maqsadga  muvofiq  shakllari  va  turlarini 
tanlab  olish.  Alohida  mamlakatda  yoki  yirik  mintaqada  turizmning  bir  qancha 
shakllari  va  turlarini,  ba‟zi  zonalar  (rayonlar)da  uning  faqat  bitta  shaklini  nazarda 
tutish  mumkin.  Lekin,  shunday  sharoitlarda  ham  sifatli  turizmni,  ayniqsa  qabul 
qiluvchi markazlar va rayonlarda, rejalashtirish lozim; 


 
67 

 
turizmning  turlarini  bozorning  rivojlanishi  darajasidan  qat‟i  nazar, 
turistlarning  keng  doriasini  jalb  qila  oladigan  va  atrof-muhit  hamda  jamiyat  bilan 
(hatto  unchalik  katta  bo„lmagan  iqtiosdiy  foyda  holatida  ham)  moslasha  oladigan 
shakllariga mo„ljallashtirish; 

 
rivojlanishning  yo„l  qo„yiladigan  darajasiga  erishish,  ya‟ni  turizmning 
rivojlanishini  cheklash,  uni  o„rta  darajada  ushlab  turish  yoki  u  iqtisodiyotning 
muhim sektorida aylanadigan darajada rag„batlatirish; 

 
rivojlantirish  sur‟atlarini  tanlab  olish  –  sekin,  o„rta  yoki  jadallashtirilgan. 
Agar  hatto  turizmni  tez  rivojlantirish  uchun  barcha  sharoitlar  bo„lganda  ham 
rejalashtirishda  bunday  sur‟atlarga  to„sqinlik  qiluvchi  holatlarni  nazarda  tutish 
kerak.  
Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar rejada nazarda tutilgan bo„lishi lozim: 

 
ijtimoiy (mahalliy aholi tomonidan faoliyatning yangi turlarini o„zlashtirish, 
tegishli kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash); 

 
qurilishga oid (turizm infrastrukturasi va ob‟ektlarini rivojlantirish); 

 
iqtisodiy  (turizmni  rivojlantirishni  xalq  xo„jaligining  boshqa  sohalari  bilan 
bog„lash). 
Turizmni  rivojlantirish  siyosatining  barcha  masalalari  o„zaro  shartlangan  va 
strukturaviy rejada nazarda tutilgan bo„lishi shart. 

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish