Mikrokimyoviy tahlil. Ma’dan yoki ma’dan hosil qiluvchi minerallarning kimyoviy tarkibini sifat jihatidan o‘rganish uchun faqat shunday kimyoviy reaksiyalar qo‘llaniladiki, ular elementlarning ajralishida murakkab operatsiyalarni talab qilmaydi. Sinalgan suyuqliklarni olishning bir necha usullari bor: 1) silliqlangan mineral yuzasini mos erituvchilar yordamida eritish; 2) silliqlangan mineral yuzasini mos erituvchilarda elektr toki yordamida eritish; 3) mineral kukunlarini eritish yo‘li (minerallarning silliqlangan yuzasidan tirnab olingan yoki mikroparmalash bilan olingan kukunlarni soda va selitra, kaliy va natriy, fosfor tuzi va keyinchalik mos erituvchilarda asta eritish).
Suyuqlikdan cho‘kmani ajratib olish uchun maxsus asboblar qo‘llanadi yoki qog‘oz yordamida filtrlanadi. Cho‘kmalarni yuvish distillangan suvda kapillyar yordamida bajariladi. Reaksiyalarni tavsiflash uchun quyidagi atamalar qo‘llanadi: ochiladigan minimum va minimal kontsentratsiya. Ochiladigan minimumda 50 u dan katta emas, minimal kontsentratsiya esa 1:1000 (1 qism modda 1000 ml H20).
Do'stlaringiz bilan baham: |