O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus taʼlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv fakulteti


II-BOB. Yaponiya iqtisodiyotining jahon xo’jaligida tutgan o’rni va tashqi iqtisodiy aloqalari



Download 0,93 Mb.
bet6/10
Sana01.01.2022
Hajmi0,93 Mb.
#294189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xaydarova Dilnoza Muxtorjon qizi (2)

II-BOB. Yaponiya iqtisodiyotining jahon xo’jaligida tutgan o’rni va tashqi iqtisodiy aloqalari.

2.1. Yaponiyaning jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni.

Yaponiya hukumati 2010-yilda yalpi ichki mahsulot (YIM) hajmi bo’yicha jahonda uchinchi o’ringa tushganligini tan oldi. Endilikda o’z iqtisodiyotini tinmay rivojlantirib borayotgan Xitoy jahonning AQShdan keyingi ikkinchi raqamli iqtisodiyotiga aylandi. Hukumat hisobotiga ko’ra, 2010-yilda Yaponiyaning YIM hajmi 5,47 trln. $ ni tashkil qilgan. Bu ko’rsatkich Xitoyda 5,88 trln. $ dan iborat, deya xabar beradi The New York Times gazetasi. Yaponiya iqtisodiyoti o’tgan yili 2009-yilga qaraganda 3,9% ga o’sdi. 2009- yil mamlakat iqtisodiyoti uchun juda og’ir kechganligi hammamizga ma‘lum. Yaponiya 1968-yildan beri YIM hajmi bo’yicha jahonda AQShdan keyingi ikkinchi o’rinni egallab kelayotgan edi. Biroq, 1990-yillar boshida mamlakat iqtisodiyotining o’sish sur‘ati biroz sekinlashdi. Oradan 10 yil o’tib, 2000-yillarda vaziyat asta-sekin yaxshilana boshladi. Shunga qaramasdan Yaponiya bir qator jiddiy muammolarni boshidan kechirmoqda. Xususan, Yaponiyaning davlat qarzi mamlakat YIM hajmidan ikki baravar ortiqdir! Bu esa, iqtisodiy jihatdan juda xavfli ko’rsatkich hisoblanadi. Shunday qilib, Yaponiya YIM hajmi bo’yicha jahonda Xitoydan ortda qolmoqda, biroq Yaponiyada kishi boshiga YIM miqdori Xitoynikidan o’n barobar ortiqdir! Bugungi kunda Xitoyda kishi boshiga YIM miqdori 3 600$ ni tashkil qiladi, Yaponiyada esa 40 000$ dan ortiqdir. 15 Associated Press agentligi ekspertlarining baholashicha, Xitoy iqtisodiyoti shu ketishda o’sishda davom etadigan bo’lsa, u 2020-2030-yillar oralig’ida AQShni quvib o’tib, jahonning eng yirik iqtisodiyotiga aylanishi mumkin. Tashqi iqtisodiy aloqalar Yaponiya iqtisodida hayotiy ahamiyatga ega. Buning sababi mamlakat iqtisodiyotining ko‘p sohalari deyarli butunlay import xom-ashyolarga qarab qolganligidir. Yaponiya, asosan, sanoat xomashyolarini import qiladi va iste‘molga tayyor mahsulotlarni eksportga chiqaradi. Yaponiya jahonning juda ko‘p mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni olib boradi. Ular orasida eksportining 1/3 va importining 1/4 qismi AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi. Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasi bilan tashqi iqtisodiy aloqalari ham rivojlanib bormoqda. U O‘zbekiston iqtisodiyotiga tobora ko‘p investitsiya kiritmoqda. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksini investitsiyalashda Yaponiya faol qatnashdi. Yaponiyadan texnologiya vositalari, tayyor iste‘mol mahsulotlari, aloqa kommunikatsiya vositalari O‘zbekistonga keltirilayotgan boisa, O‘zbekistondan Yaponiyagatobora ko‘p paxta va ipaktolasi, tog‘-kon, metallurgiya sanoati mahsulotlari, turli iste‘mol mahsulotlari eksport qilinmoqda. Xitoy va Yaponiya o‘zaro hisob-kitoblarda AQSh dollaridan foydalanishni to‘xtatib, uning o‘rniga iyena va yuandan foydalanishga kelishib oldi. Bu haqda Pekinda bo‘lib o‘tgan ikki mamlakat bosh vazirlari Ven Szyabao (Xitoy) va Yosixiko Noda (Yaponiya) o‘rtasidagi muzokaralar yakunida xabar qilingan, deya yozadi ―Vedomosti‖ nashri.Shunday qilib AQSh dollaridan voz kechish natijasida ikki mamlakat kompaniyalari o‘zaro savdoda valyuta ayirboshlar xarajatlarini tejab qolishlari hamda ikki tomonlama savdoni rivojlantirishlari mumkin. Bundan tashqari, kelishuvga binoan, Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik banki yuanda baholangan obligatsiyalar ham chiqaradigan bo‘ldi. Xitoy Xalq 16 Respublikasi ilk marta yaponlarga bunday imkoniyatni yaratmoqda. Yaponiya, shubilan birga, Xitoyning hukumat obligatsiyalarini sotib olish huquqini ham qo‘lga kiritdi. Yaponiya kompaniyalari jahon bozorida.―Toyota‖ kompaniyasi ishlab chiqargan ―Prius‖ rusumli avtomobillar xaridorlar tomonidan qaytarilmoqda. Boisi, ularning boshqaruv tizimidagi nosozlik tormoz ishlamay qolishiga sabab bo’layotir. Ma‘lumotlarga ko’ra, Yaponiyaning o’zida yuzdan ziyod xaridordan shikoyat tushgan. ―Toyota‖ uch yuz mingga yaqin ―Prius‖ mashinasini qaytarib olishni e‘lon qilgan.Kompaniya shu choqqacha bu mashinadan 1,6 million dona ishlab chiqargan. Mеtallurgiya sanoat tarmog`ida «Nippon kokan seytetsu», «Sinnippon seytetsu» va «Kavasaki seytetsu» kompaniyalari mamlakatda ishlab chiqariladigan cho`yanning 70 %i va 60 % mеtalni ishlab chiqaradi hamda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish bo`yicha dunyoda AQSHdan so`ng 2-o`rinda turadi. Kеmasozlik sanoati mamlakatdagi eng еtakchi sanoat tarmoqlaridan biridir. Dunyoda ishlab chiqarilayotgan kеmalarning 48 %i aynan shu mamlakatda ishlab chiqariladi. Eng asosiy kеmasozlik sanoatining markazi Kavasaki shaharida joylashgan. Bundan tashqari Iokogama, Osaka, Kobе va Nakasaki shaharlaridagi kеmasozlik tarmoqlari rivojlangan. «Mittsubisi Dzyukogio» va «Isikavadzima Xarima» kompaniyalari kеma ishlab chiqarishi bo`yicha dunyoda 1 va 2-o`rinlarda turadi. Bundan tashqari ko`plab kompaniyalar sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo`yicha jahonda еtakchi o`rinlarda boradi, masalan: «Sony» kompaniyasi - tеxnika va radioapparatura tovarlarini ishlab chiqaradi. «Nissyo-Ivai» kompaniyasi - oltin qazib chiqarish tеxnologiyalari va uning asbob-uskunalarini ishlab chiqaradi. ―Sumitoma korporеyshn‖ kompaniyasi kompyutеr va tеlеkommunikatsiya mahsulotlarini ishlab chiqaradi. 17 «Panasonik», «AYVA», «JVC» kompaniya va firmalari tеxnika, radioapparatura, tеlеapparatura mahsulotlarini ishlab chiqaradi. «Yamaxa» firmasi esa radioapparatura va elеktron musiqa asboblarini ishlab chiqaradi.


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish