O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti sanjar Sobirjonov



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/166
Sana01.01.2022
Hajmi2,12 Mb.
#292325
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   166
Bog'liq
fayl 1991 20211005

Norasmiy  rollardan
  yana  biri  –  ―
g„oyalar  generatori
‖(I),  g‗oyatda 
g‗ayritabiiy  fikrlaydigan  komanda  a‘zosi.  Undan  tashkilotning  uzoq  muddatga 
mo‗ljallangan  taraqqiyot  strategiyasini  yaratishda  asoslanish  mumkin  bo‗lgan: 
kelajagi  porloq  faraz  va  oldindan  ko‗ra  bilishlar,  kashfiyot  va  takliflarni  o‗rtaga 
tashlash talab qilinadi. Dadil zakovati hamda bilimga chanqoqligi  bilan u boshqa 
ishchilardan  farqlanadi.  Uning  miyasi  barcha  ilg‗or  axborotlarni  o‗zlashtiradi  va 
umumlashtiradi,  shu  asosda  o‗z  shaxsiy  tizimini  yaratadi.  U  doimo  zakovatlilik 
izlanishida bo‗ladi, bugungi kun tashvishlari uni aslo qiziqtirmaydi.  
G‗oyalar generatori  guruh etakchisining aksi
 
ekanini aniq bilish kerak. 
Axir  bunday  odamlarga  xos  bo‗lgan  o‗zgacha  fikrlashni  kamdan-kam 
rahbarlar  ma‘qullaydilar.  Axir  haddan  ortiq  avtoritarizm  ortida  esa  sotsionika 
qonunlarini oddiy nazar-pisand qilmaslik yotadi: rahbarlik usullari naqadar qo‗pol 
va  zo‗raki  bo‗lsa,  zakiylar  boshida  tug‗iladigan  reja  va  qarashlar  tizimi  ham 
shunchalik dadil va zavqli bo‗ladi. Bundan tashqari, g‗oyalar generatori nihoyatda 


229 
 
erksevar  bo‗ladi,  uni  qat‘iy  grafikka  bo‗ysundirish  va  zerikarli  ish  bilan  ko‗mib 
tashlash mumkin emas. 
G‗oyalar  generatori  rolida,  odatda,  I  funksiyasi  –  imkoniyatlar  intuitsiyasi 
yorqin  ifodalangan  sotsiotiplar  uchraydi.  Bu  vazifaviy  yacheyka  to‗ldirilgach, 
jamoa birinchi eshelonidagi ekstravertlar, faollar rollari taqsimoti tugaydi. 
Yuqorida  qayd  etilganlardan  keyin  ikkinchi  eshelonning  norasmiy  rollari 
o‗rin egallaydi. Avvalo, – ―tizimlashtiruvchi‖ (L). Mazkur rolda hammadan ko‗ra 
vazmin, sub‘ektiv mayllardan holi bo‗lgan komanda a‘zosi namoyon bo‗ladi. Unga 
qizg‗in  faollik  ko‗rsatish  emas,  aksincha,  o‗zini  sovuqqonlik  bilan  chetga  olish, 
o‗zaro  qarama-qarshi  nuqtai  nazarlarni  chog‗ishtirish  iqtidori  va  xolis  fikr-
mulohazalar bildirish talabi qo‗yiladi. Mijozi bo‗yicha flegmatik tizimlashtiruvchi 
sabotli  va  serhafsala  bo‗ladi;  hujjatlar  bilan  ishlashni  biladi,  hamma  narsani 
tartibga keltirib, yaxshi tizimlashtiradi. 
Bu rol ―hakam‖ deb ham ataladi. U murosasiz bo‗lishi, faqat jamoa hayotida 
amal  qiladigan  qoidalar  tizimiga  asoslanishi  kerak.  Uni  og‗dirib  olish  mumkin 
emas,  buning  hojati  ham  yo‗q,  chunki  jamoa  norasmiy  hayotining  qonunlari 
hammaga ma‘lum, ular buzilganda beriladigan jazo - nafrat, salbiy munosabatdir, 
uni  esa  o‗zgartirib  bo‗lmaydi.  U    tirik  ogohlantiruvchi  namuna,  komanda 
yaxlitligining  barcha  ehtimoliy  buzg‗unchilariga  qarshi  ko‗rgazma  bo‗lib 
qo‗llanadi.  
Mazkur  rolda  ham  mantiqiy,  ham  etik  sotsiotiplar  chiqishlari  mumkin. 
Hammasi  jamoaning  ijtimoiy  yo‗nalishiga  bog‗liq.  Asosiy  vazifasiga  hissiy 
kayfiyat,  ijtimoiylik  ham    qo‗shilgan    ishchi  jamoalari  uchun  tizimlashtiruvchi, 
ko‗p hollarda, mantiqchi bo‗ladi . 
Keyingi
 norasmiy rol “aks ettiruvchi” (T).
 Uning vazifasi – ro‗y berayotgan 
voqealardagi  barcha  o‗zgarishlar  dinamikasini  aks  ettirishda  xuddi  ko‗zgu  kabi 
xizmat  qilish. 

roli  da‘vogariga  qo‗yiladigan  talablar:  zehni  o‗tkirlik,  muhim 
tafsilotlarni  sezish  mahorati  va  u  yoki  bu  usul  bilan  ularga  ta‘sir  ko‗rsatish, 
yaqinlashayotgan  o‗zgarishlarni  jamoaning  har  bir  a‘zosiga  etkazishdan  iborat. 
Guruhning  norasmiy  etakchisi  uchun  axborot  g‗oyat  foydali.  SHu  boisdan,  aks 


230 
 
ettiruvchi xuddi qarama-qarshi aloqaning bo‗g‗inidek bo‗ladi. Bu esa fursatni boy 
bermay, choralar ko‗rishga imkon yaratadi. 
Madaniylashmagan  jamoalarda  aks  ettiruvchi  rolidan  ruhiy  eo‗riqishlarga 
o‗ta  chidamli  bo‗lish  talab  qilinadi.  Zo‗ravonlik  kayfiyati  hukm  surgan  muhitda 
aks  ettiruvchi  ko‗pincha  shunchaki  ―jafo  chekuvchi‖,  norozilar  o‗z  g‗azabini 
to‗kib-sochadigan  odamga  aylanib  qoladi.  Ayniqsa,  bilimbonligi  va  xotirasining 
kuchliligi bilan ajralib turuvchilarga qiyin bo‗ladi. Ularni juda ―burni ko‗tarilgan ― 
―bilag‗on‖, o‗z bashorati bilan kulfat keltiruvchi nafasi sovuq deb, kamsitadilar. 
Voqea-hodisalarning aks ettiruvchisi norasmiy rolini tabiatan 

funksiyasi – 
vaqt  ichki  hissi  rivojlangan    sotsiotiplar  boshqalarga  nisbatan  yaxshi  bajaradilar. 
Ko‗pincha ―
aks ettiruvchi ko„zgu
‖ rolida Ustozning ichki his etish qobiliyati kuchli 
bo‗lgan shogirdi ham bo‗ladi. 
Navbatdagi 
norasmiy  rol  –  uyg„unlashtiruvchi(R). 
Har  qanday  ishchan 
jamoaning  ishtirokchilari  o‗rtasida  o‗zaro  anglashilmovchilik  va  mojarolar  bo‗lib 
turadi.  Har  qanday  taraqqiyot  o‗zaro  zid  taraflarning  kurashi  natijasida  sodir 
bo‗ladi.  Bularni  komanda 
T-
  qatnashchilari  yaxshi  aks  ettiradi.  To‗satdan 
boshlangan tortishuvlarni zudlik bilan murosaga keltirish qiyin bo‗lganda, odatda, 
komandaning 
L
 qatnashchisi, ya‘ni guruh hakami uni oson bartaraf qiladi. Buni u 
adolat  yuzasidan  qilsa-da,  ammo  quruq  rasmiyatchilik  ko‗rsatadi,  boshqalarning 
dardiga  qayishmaydi.  Ko‗ngilda  hissiy  qanoatlanmaslik  baribir  qolaveradi.  Ana 
shunday  paytlarda  uyg‗unlashtirish  yondashuvi,  ya‘ni:  insonga  oddiy  hamdardlik 
bildirish,  u  bilan  chin  dildan  suhbatlashish  salohiyati,  ruhiy  taranglik  vaziyatini 
yo‗qotish talab qilinadi. 
Guruhning 
R
  qatnashchisi  tinchlik  va  xotirjamlik  uchun  javob  beradi.  U 
hushyor,  tajovuzga  berilmagan,  o‗zgalarni  tushunishga  moyil  va  kechirimli. 
Faolligi  etarli  darajada  bo‗lmasa  ham,  o‗z  shaxsiy  his-tuyg‗u  va  kechinmalarini 
yashira  oladi.  Unga  odamlar  intilishadi,  chigal  hayotiy  vaziyatlarda  maslahat 
so‗rashadi.  Uyg‗unlashtiruvchi  sharofati  tufayli,  jamoa  yaqinlik  tuyg‗usi  asosida 
ichidan xuddi ―yopishib qolgandek‖ ko‗rinadi. 


231 
 
Ko‗pgina  hollarda  uyg‗unlashtiruvchi  rolida 
R
  funksiyasi  –  munosabatlar 
etikasi rivojlangan odob-axloq sotsiotiplari ko‗zga tashlanadi. Biroq, hissiyotlarga 
boy,  qiziqqon  tiplar  ko‗p  bo‗lgan  jamoalarda  ushbu  rolni  mantiqchi  ham  o‗z 
zimmasiga  olishi  mumkin,  vaholanki,    haddan  ziyod  hissiy  tig‗izlikni 
mulohazakorlik  va  matonat  bilan  engib  o‗tish  -  birlashtiruvchi  xulqning 
ko‗rinishlaridan biri. 
Norasmiy  rollarning  yana  biri  –  ―
etkazib  turuvchi”(S)
.  Bu  jipslashgan  har 
qanday  komandaning    asosiy  ijrochi  kuchi.  Universal  jamoalarda  ular  bir  nechta 
bo‗lishi  mumkin.  Bu  rolga  da‘vogar  odam  o‗z  hududiga  hokimlik  hissi  bilan 
farqlanadi.  U  pragmatik
 
kayfiyatda  bo‗lib,  o‗z  mehnati  natijalarini  sifatli 
shakllantira  oladi  va  munosib  taqdirlanishiga  umid  bog‗laydi.  Etkazib  turuvchi 
hukmronlik  uchun  kurashda  qatnashmaydi,  ikkinchi  eshelon  uni  to‗liq 
qanoatlantiradi.  Ammo,  sifatli  ishni  kafolatlagani  holda,  u  o‗zining  shaxsiy 
manfaatlarini,  barqaror  moddiy  sharoitini    batamom  qonuniy  himoya  qiladi. 
Komanda  faoliyatidagi  barcha  mahsulotlarning  ham  moddiy,  ham  ma‘lumotlarga 
taalluqli yakuniy rasmiylashtirishlari uning qo‗lidan o‗tadi. 
S
  funksiyasi  –  maishiy  qulaylik 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish