Norasmiy rollardan
yana biri – ―
g„oyalar generatori
‖(I), g‗oyatda
g‗ayritabiiy fikrlaydigan komanda a‘zosi. Undan tashkilotning uzoq muddatga
mo‗ljallangan taraqqiyot strategiyasini yaratishda asoslanish mumkin bo‗lgan:
kelajagi porloq faraz va oldindan ko‗ra bilishlar, kashfiyot va takliflarni o‗rtaga
tashlash talab qilinadi. Dadil zakovati hamda bilimga chanqoqligi bilan u boshqa
ishchilardan farqlanadi. Uning miyasi barcha ilg‗or axborotlarni o‗zlashtiradi va
umumlashtiradi, shu asosda o‗z shaxsiy tizimini yaratadi. U doimo zakovatlilik
izlanishida bo‗ladi, bugungi kun tashvishlari uni aslo qiziqtirmaydi.
G‗oyalar generatori guruh etakchisining aksi
ekanini aniq bilish kerak.
Axir bunday odamlarga xos bo‗lgan o‗zgacha fikrlashni kamdan-kam
rahbarlar ma‘qullaydilar. Axir haddan ortiq avtoritarizm ortida esa sotsionika
qonunlarini oddiy nazar-pisand qilmaslik yotadi: rahbarlik usullari naqadar qo‗pol
va zo‗raki bo‗lsa, zakiylar boshida tug‗iladigan reja va qarashlar tizimi ham
shunchalik dadil va zavqli bo‗ladi. Bundan tashqari, g‗oyalar generatori nihoyatda
229
erksevar bo‗ladi, uni qat‘iy grafikka bo‗ysundirish va zerikarli ish bilan ko‗mib
tashlash mumkin emas.
G‗oyalar generatori rolida, odatda, I funksiyasi – imkoniyatlar intuitsiyasi
yorqin ifodalangan sotsiotiplar uchraydi. Bu vazifaviy yacheyka to‗ldirilgach,
jamoa birinchi eshelonidagi ekstravertlar, faollar rollari taqsimoti tugaydi.
Yuqorida qayd etilganlardan keyin ikkinchi eshelonning norasmiy rollari
o‗rin egallaydi. Avvalo, – ―tizimlashtiruvchi‖ (L). Mazkur rolda hammadan ko‗ra
vazmin, sub‘ektiv mayllardan holi bo‗lgan komanda a‘zosi namoyon bo‗ladi. Unga
qizg‗in faollik ko‗rsatish emas, aksincha, o‗zini sovuqqonlik bilan chetga olish,
o‗zaro qarama-qarshi nuqtai nazarlarni chog‗ishtirish iqtidori va xolis fikr-
mulohazalar bildirish talabi qo‗yiladi. Mijozi bo‗yicha flegmatik tizimlashtiruvchi
sabotli va serhafsala bo‗ladi; hujjatlar bilan ishlashni biladi, hamma narsani
tartibga keltirib, yaxshi tizimlashtiradi.
Bu rol ―hakam‖ deb ham ataladi. U murosasiz bo‗lishi, faqat jamoa hayotida
amal qiladigan qoidalar tizimiga asoslanishi kerak. Uni og‗dirib olish mumkin
emas, buning hojati ham yo‗q, chunki jamoa norasmiy hayotining qonunlari
hammaga ma‘lum, ular buzilganda beriladigan jazo - nafrat, salbiy munosabatdir,
uni esa o‗zgartirib bo‗lmaydi. U tirik ogohlantiruvchi namuna, komanda
yaxlitligining barcha ehtimoliy buzg‗unchilariga qarshi ko‗rgazma bo‗lib
qo‗llanadi.
Mazkur rolda ham mantiqiy, ham etik sotsiotiplar chiqishlari mumkin.
Hammasi jamoaning ijtimoiy yo‗nalishiga bog‗liq. Asosiy vazifasiga hissiy
kayfiyat, ijtimoiylik ham qo‗shilgan ishchi jamoalari uchun tizimlashtiruvchi,
ko‗p hollarda, mantiqchi bo‗ladi .
Keyingi
norasmiy rol “aks ettiruvchi” (T).
Uning vazifasi – ro‗y berayotgan
voqealardagi barcha o‗zgarishlar dinamikasini aks ettirishda xuddi ko‗zgu kabi
xizmat qilish.
T
roli da‘vogariga qo‗yiladigan talablar: zehni o‗tkirlik, muhim
tafsilotlarni sezish mahorati va u yoki bu usul bilan ularga ta‘sir ko‗rsatish,
yaqinlashayotgan o‗zgarishlarni jamoaning har bir a‘zosiga etkazishdan iborat.
Guruhning norasmiy etakchisi uchun axborot g‗oyat foydali. SHu boisdan, aks
230
ettiruvchi xuddi qarama-qarshi aloqaning bo‗g‗inidek bo‗ladi. Bu esa fursatni boy
bermay, choralar ko‗rishga imkon yaratadi.
Madaniylashmagan jamoalarda aks ettiruvchi rolidan ruhiy eo‗riqishlarga
o‗ta chidamli bo‗lish talab qilinadi. Zo‗ravonlik kayfiyati hukm surgan muhitda
aks ettiruvchi ko‗pincha shunchaki ―jafo chekuvchi‖, norozilar o‗z g‗azabini
to‗kib-sochadigan odamga aylanib qoladi. Ayniqsa, bilimbonligi va xotirasining
kuchliligi bilan ajralib turuvchilarga qiyin bo‗ladi. Ularni juda ―burni ko‗tarilgan ―
―bilag‗on‖, o‗z bashorati bilan kulfat keltiruvchi nafasi sovuq deb, kamsitadilar.
Voqea-hodisalarning aks ettiruvchisi norasmiy rolini tabiatan
T
funksiyasi –
vaqt ichki hissi rivojlangan sotsiotiplar boshqalarga nisbatan yaxshi bajaradilar.
Ko‗pincha ―
aks ettiruvchi ko„zgu
‖ rolida Ustozning ichki his etish qobiliyati kuchli
bo‗lgan shogirdi ham bo‗ladi.
Navbatdagi
norasmiy rol – uyg„unlashtiruvchi(R).
Har qanday ishchan
jamoaning ishtirokchilari o‗rtasida o‗zaro anglashilmovchilik va mojarolar bo‗lib
turadi. Har qanday taraqqiyot o‗zaro zid taraflarning kurashi natijasida sodir
bo‗ladi. Bularni komanda
T-
qatnashchilari yaxshi aks ettiradi. To‗satdan
boshlangan tortishuvlarni zudlik bilan murosaga keltirish qiyin bo‗lganda, odatda,
komandaning
L
qatnashchisi, ya‘ni guruh hakami uni oson bartaraf qiladi. Buni u
adolat yuzasidan qilsa-da, ammo quruq rasmiyatchilik ko‗rsatadi, boshqalarning
dardiga qayishmaydi. Ko‗ngilda hissiy qanoatlanmaslik baribir qolaveradi. Ana
shunday paytlarda uyg‗unlashtirish yondashuvi, ya‘ni: insonga oddiy hamdardlik
bildirish, u bilan chin dildan suhbatlashish salohiyati, ruhiy taranglik vaziyatini
yo‗qotish talab qilinadi.
Guruhning
R
qatnashchisi tinchlik va xotirjamlik uchun javob beradi. U
hushyor, tajovuzga berilmagan, o‗zgalarni tushunishga moyil va kechirimli.
Faolligi etarli darajada bo‗lmasa ham, o‗z shaxsiy his-tuyg‗u va kechinmalarini
yashira oladi. Unga odamlar intilishadi, chigal hayotiy vaziyatlarda maslahat
so‗rashadi. Uyg‗unlashtiruvchi sharofati tufayli, jamoa yaqinlik tuyg‗usi asosida
ichidan xuddi ―yopishib qolgandek‖ ko‗rinadi.
231
Ko‗pgina hollarda uyg‗unlashtiruvchi rolida
R
funksiyasi – munosabatlar
etikasi rivojlangan odob-axloq sotsiotiplari ko‗zga tashlanadi. Biroq, hissiyotlarga
boy, qiziqqon tiplar ko‗p bo‗lgan jamoalarda ushbu rolni mantiqchi ham o‗z
zimmasiga olishi mumkin, vaholanki, haddan ziyod hissiy tig‗izlikni
mulohazakorlik va matonat bilan engib o‗tish - birlashtiruvchi xulqning
ko‗rinishlaridan biri.
Norasmiy rollarning yana biri – ―
etkazib turuvchi”(S)
. Bu jipslashgan har
qanday komandaning asosiy ijrochi kuchi. Universal jamoalarda ular bir nechta
bo‗lishi mumkin. Bu rolga da‘vogar odam o‗z hududiga hokimlik hissi bilan
farqlanadi. U pragmatik
kayfiyatda bo‗lib, o‗z mehnati natijalarini sifatli
shakllantira oladi va munosib taqdirlanishiga umid bog‗laydi. Etkazib turuvchi
hukmronlik uchun kurashda qatnashmaydi, ikkinchi eshelon uni to‗liq
qanoatlantiradi. Ammo, sifatli ishni kafolatlagani holda, u o‗zining shaxsiy
manfaatlarini, barqaror moddiy sharoitini batamom qonuniy himoya qiladi.
Komanda faoliyatidagi barcha mahsulotlarning ham moddiy, ham ma‘lumotlarga
taalluqli yakuniy rasmiylashtirishlari uning qo‗lidan o‗tadi.
S
funksiyasi – maishiy qulaylik
Do'stlaringiz bilan baham: |