Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Download 12,22 Mb.
bet190/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Umumiy resurslar Cheklanganlik xususiyatiga ega, biroq iste’moldan mahrum qilinishi mumkin boʻlmagan mahsulotlar. Masalan, okeandagi baliq iste’molda cheklanganlik xususiyatiga ega, agar biror shaxs okeandan baliq tutib olsa, u holda boshqa bir shaxs uchun tutib olish mumkin boʻlgan baliqlar soni kamayadi. Shu bilan birga bu baliqlar, iste’moldan mahrum qilinishi mumkin boʻlgan mahsulot emas. Sababi okeanni cheksizlik xususiyatini inobatga olsak, baliq tutuvchilarni baliq tutishdan toʻxtatish oʻta mushkul vazifadir.

  • Agar mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega boʻlish bilan bir qatorda cheklanganlik xususiyatiga ega boʻlmasa, u holda mazkur mahsulot tabiiy monopoliya ishlab chiqarish uchun yaxshigina misol boʻla oladi. Masalan, kichik shaharchada yongʻinga qarshi himoya tizimini misol keltiraylik. Biror kishini bu mahsulotni (xizmatni) iste’mol qilishdan mahrum etish juda oson: yongʻinga qarshi kurashish boʻlimi shunchaki oʻsha kishining uyini yonib bitishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Shu bilan birga, bu mahsulot (xizmat) cheklanganlik xususiyatiga ega emas. Ya’ni butun boshli shaharning yongʻinga qarshi kurashish boʻlimi xarajatlari toʻlanganda, kichik bir uyni yongʻindan himoya qilish xarajatlari hech narsa emas (15 bobda tabiiy monopoliyalar mavzusi chuqurroq oʻrganiladi va unga kengroq

  • ta’rif beriladi).

    Yuqorida koʻrib chiqilgan 1-rasm mahsulotlarni aniq 4 guruhga boʻlishni koʻzda tutganiga qaramasdan, odatda ular oʻrtasidagi chegara koʻp hollarda aniq boʻlmaydi. Mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga egami yoki iste’molda cheklanganmi koʻp holatlarda aniq bir darajaga bogʻliq boʻlib qoladi. Okeandagi baliq iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega boʻlmaydi, sababi okeanda kuzatish imkoniyati juda qiyin, lekin shu bilan birga qoʻriqlanadigan qirgʻoqqa ega suv havzasi baliqni aksariyat holatlarda iste’moldan mahrum qilinuvchi xususiyatiga ega qilishi mumkin. Xuddi shunday tartibda, baliq odatda iste’molga cheklangan mahsulot boʻlgani bilan baliq ovlovchilar soniga koʻra uni iste’molga cheklanmagan mahsulot sifatida koʻrib oʻtish mumkin (shimoliy- amerikalik balik tutvchilarni u erlarga evropalik koʻchmanchilarni koʻchib kelgungacha boʻlgan holatini eslang). Bu fikr bizning tahlil uchun, shu bilan birga, yuqoridagi boshqa toʻrt guruh mahsulotlari uchun ham foydali boʻladi.

    Mazkur bobda biz iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega boʻlmagan mahsulotlarni koʻrib chiqamiz: ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotlar va umumiy resurslar. Sababi kishilar bu mahsulotlarni iste’molidan mahrum etilishlari yoki voz kechishlari mumkin emas, ular hamma uchun mavjud. Ommaviy mahsulotlar va umumiy resurslarni oʻrganish tashqi faktorlarni oʻrganish bilan chambarchas bogʻliq. Ushbu har ikkala mahsulot uchun ham tashqi faktorlar yuzaga keladi, chunki ba’zi bir tabiiy ne’matlar (boyliklar) narxga ega boʻlmaydi. Agar biror bir kishi ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotdan iste’mol qilishi (foydalanishi) kerak boʻlsa, aytaylik tornado ovozidan, boshqa bir kishi esa undan koʻra yaxshiroq koʻrinishda (vaziyatda) ham foydalanishi mumkin. Ularning

    har ikkisi mahsulot uchun haq toʻlamasdan foyda olishadi – bu ijobiy tashqi ta’sir. Xuddi shunday, biror kishi ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotni iste’mol qilayotganda, aytaylik okeandagi baliqni, boshqa kishilarda undan foydalanish imkoniyati pasayib ketadi, chunki tutilishi mumkin boʻlgan baliqlar soni kamayadi. Ular yuzaga kelgan yoʻqotishdan ma’lum ma’noda zarar koʻrishadi, biroq hech kim buni qoplab berish majburiyatini olmaydi – bu esa salbiy tashqi ta’sir. Ushbu kabi tashqi ta’sirlar tufayli, iste’mol qilish va ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi koʻpchilik qarorlar resurslarni samarasiz taqsimlanishiga olib keladi. Ushbu holatlarda davlatning aralashuvigina iqtisodiy farovonlikka va resurslar barqarorligiga olib kelishi mumkin.




      1. Download 12,22 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   395




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish