Oʻzbekistonda mehnat bozorini tashkil etish va tartibga solish
Mehnat bozorining faoliyati quyidagi omillarga koʻp jihatdan bogʻliq:
aholi soni, yoshi va jinsining salmogʻidagi oʻzgarishlarga;
ish bilan bandlikdagi tarmoq va hudud oʻzgarishlariga;
qoʻshimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish mezoniga;
ishlab chiqarish hajmiga, uning oʻsish sur’atiga, ishlab chiqarish strukturasiga;
ishlab chiqarish kuchlarini hududiy joylashuviga;
mehnat resurslarini boshqarish usuliga.
Mehnat bozoridagi vaziyat yuqoridagi omillarning ta’sirida oʻzgarib turadi va shunga mos ravishda ishchi kuchiga boʻlgan talab va taklif hajmi aniqlanadi.
Misol uchun, mehnat bozorida ishchi kuchiga boʻlgan talab taklifdan koʻproq boʻlsa, bozorda ishchi kuchining qoʻshimcha manbalaridan qoʻshimcha taklif etiladi. Qoʻshimcha manbalari boʻlib mehnat nafaqasi oluvchilar, talabalar, oʻquvchilar hisoblanadi.
Ishga joylash idoralarining faoliyatlari kuchaytiriladi va takomillashtiriladi, boshqa hududlardan qoʻshimcha, ishchi kuchining oqib kelishi ragʻbatlantiriladi, har bir ishsizning shaxsiy hisobi olinadi va h.k.
Agarda mehnat bozorida ishchi kuchiga boʻlgan talab taklifdan kam boʻlsa, qoʻshimcha ish joylarini tashkil etish, ish smenasini koʻpaytirish, ish bilan bandlikning noan’anaviy yoʻllaridan foydalanish, boshqa hududlarga ortiqcha ishsizlarni jalb qilish mexanizmlaridan foydalaniladi.
Agarda ishchi kuchiga boʻlgan talab taklif bilan teng boʻlsa va muvozanat oʻrnatilsa, ishlab chiqarish vositalarini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish, ish vaqtini yuqotishni kamaytirish, ishchilarning malakasini oshirish, mehnatni ragʻbatlantirish va ish xaqini samarali tashkil etish zarurati kelib chiqadi. Bu esa ish bilan bandlikning
samaradorligini oshirish bilan birga makroiqtisodiyotning oʻsish sur’atlarini jadallashtiradi.
Bozordagi talab va taklifni tartibga solish uchun iqtisodiy mexanizm modelidan foydalaniladi. U quyidagi elementlardan tashkil topadi:
koʻp bosqichli ish tanlash, oʻqitish va qayta tayyorlash tizimi;
keng koʻlamli ish bilan bandlik markazlari. Bu markazlarda doimo boʻsh ish joylarini qidirayotgan ishsizlar hisobi olib boriladi, kadrlar zarur boʻlgan korxonalarga ishchi kuchi yetkazib berishga hamkorlik qiladi;
alohida ijtimoiy-demografik qatlamlardagi aholining ish bilan bandligi maxsus dasturlari;
Respublika va mahalliy mehnat bozoridagi holatni doimo prognoz qilish va oʻrganish uchun ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyasi.
Oʻzbekistonda mehnat bozoriga aholining quyidagi guruhlari
kiradi:
oʻqishni bitirib birinchi marotaba ish qidirib yurgan yoshlar;
tarmoq korxonalaridagi strukturaviy oʻzgarishlar natijasida ishsiz boʻlib qolgan xodimlar. Shuningdek, davlat sektorini xususiylashtirish va boshqa mulkchilikka oʻtishdan kelib chiqqan ishsizlar;
raqobatda singan va past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan korxona va tashkilotlar;
vaqtincha ishsiz yurgan va mehnat birjalari koʻmagida yangi ish joyi qidirib yurgan shaxslardan iborat.
Mehnat birjalarida ishsizlarni aniqlash, ishga joylash, qayta tayyorlash va shu kabi bir qancha masalalar hal qilinadi. Mehnat birjalari hozirgi paytda respublikamizning viloyatlari va uning tumanlarida faoliyat koʻrsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |