Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar



Download 12,22 Mb.
bet339/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar.

Barcha xalqaro bitimlar valyutalarni ayirboshlash orqali olib borilishi tufayli har qanday ayirboshlashda boʻlgani kabi valyuta bahosini yoki valyuta kursini aniqlash zaruriyati paydo boʻladi. Shunday qilib, valyuta kursi – bu, bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birligida ifodalangan bahosidir. Valyuta kursini oʻrnatish kotirovkalash deb ataladi. U toʻgʻri va teskari kotirovkalashga ajratiladi. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada koʻrsatilsa, bunga toʻgʻri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AQSh dollari 975 soʻmga, 1 Rossiya rubli 32 soʻmga teng va hokazo. Teskari kotirovkalashda milliy valyutaning bir birligiga toʻgʻri keladigan xorijiy valyutaning miqdori oʻrnatiladi. Masalan, 1 oʻzbek soʻmi 0,001025 AQSh dollariga toʻgʻri keladi. Dunyoning koʻp mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham toʻgʻri kotirovkalash qabul qilingan. Valyuta bozoridagi talab va taklifni solishtirish natijasida valyutaning bahosi yoki kursi aniqlanadi. Oʻzbek soʻmining kursi Oʻzbekiston valyuta birjasida oʻrnatiladi, uning ishtirokchilari valyuta operatsiyalarini olib borish huquqiga ega boʻlgan banklar hisoblanadi. Shu bilan birga, turli pul birliklari uchun valyuta kurslarini oʻrnatish jarayonida bozor kuchlarining ta’sir etish darajasi bir xil emas. Bu ta’sir kuchiga bogʻliq holda valyuta kurslarini qabul qilishning bir-biridan farq qiluvchi ikki varianti mavjud.



  1. Talab va taklifga asosan aniqlanadigan egiluvchan yoki erkin suzib yuruvchi valyuta kursi tizimi.

  2. Davlat aralashuvi asosida aniqlanadigan qat’iy belgilangan valyuta kursi tizimi.

Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari talab va taklif asosida aniqlanadi. Masalan, bir oʻzbek soʻmining AQSh dollariga almashishini qarab chiqamiz. Milliy valyuta kursining pasayishi natijasida dollarga talab kamayadi va taklif esa oshadi (17.1- rasm).

Dollarga boʻlgan talabning kamayishi D toʻgʻri chizigʻida berilgan. Bu shuni koʻrsatadiki, agarda dollar oʻzbekistonliklar uchun arzon

boʻlsa, amerika tovarlari ham ular uchun arzon boʻladi va bu, oʻz navbatida, ularning amerika tovarlariga boʻlgan talabini oshiradi.

P

3



2

1
0 Dollarning qiymati S

31.1-rasm. Xorijiy valyuta bozori
Dollarning taklifi (S) kamaysa, soʻmda belgilangan dollarning qiymati oshadi (ya’ni, dollarda belgilangan soʻmning qiymati pasayadi). Bunday vaziyatlarda amerikaliklar koʻproq oʻzbek tovarlarini sotib olish imkoniyatiga ega boʻladi. Chunki, soʻmning dollarga nisbatan qiymati pasaysa, u oʻz navbatida oʻzbek tovarlarining narxi ham pasayganini bildiradi va oqibatda koʻproq oʻzbek tovarlarini sotib olish imkoni paydo boʻladi.

Oʻzbek tovarlarini sotib olish jarayonida ular AQSh dollarini valyuta bozoriga olib chiqadi, chunki, oʻzbek tovarlarini sotib olish uchun dollarni soʻmga almashtirishadi. Dollarga boʻlgan talab va taklifning kesishgan nuqtasi dollarning soʻmdagi qiymatini bildiradi.

Agarda, dollarning soʻmdagi qiymati oshsa, soʻm qiymatining pasayganligini yoki qadrsizlanganligini koʻrsatadi. Aksincha, agarda dollarning soʻmdagi qiymati pasaysa, soʻm qiymatining oshganligini yoki soʻmning qimmatlashganligini koʻrsatadi. Bir birlik xorijiy valyutani sotib olish uchun kam miqdorda milliy valyuta sarf qilish milliy valyutaning qimmatlashuvini bildiradi. Agarda, dollarga nisbatan soʻm qadrsizlansa, dollar soʻmga nisbatan qimmatlashadi.

Qayd etilgan valyuta kursi – bu, xorijiy valyutada ifodalangan, davlat tomonidan rasmiy oʻrnatilgan milliy pul birligining bahosi boʻlib, unga valyuta bozorida talab va taklifning oʻzgarishi bevosita ta’sir qilmaydi.

Qayd qilingan valyuta kursi tizimi tarafdorlari ta’kidlaydilarki, undan foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan bogʻliq boʻlgan tahlika va noaniqlikni kamaytiradi. Qayd qilingan valyuta kurslarini qoʻllash oʻzaro foydali savdo va moliyaviy operatsiyalar hajmini kengaytirishga olib keladi. Ammo, qayd qilingan valyuta kurslari tizimining hayotga layoqatliligi oʻzaro aloqalar jarayonidagi ikki sharoitga bogʻliq:


  • zaxiralarning mavjudligi;

  • oʻz hajmi boʻyicha sezilarsiz kamyoblik yoki toʻlov balansi aktivlarining tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar mamlakat zaxiralarini yoʻqqa chiqarishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, valyuta kurslarining talab va taklif ta’siri ostida shakllanish darajasi, oʻz-oʻzicha kurslar oʻrtasidagi nisbatlarga ta’sir etuvchi real jarayonlarni aniqlab bera olmaydi. Chet el valyutalariga talab va taklifga, demak, valyuta kurslariga mamlakatdagi ham ichki va ham tashqi iqtisodiy munosabatlar majmui bevosita yoki bilvosita ta’sir koʻrsatadi.

Valyuta kurslarining oʻzgarishiga bir qator omillar ta’sir koʻrsatadi.

Ularni qisqacha qarab chiqamiz:


  1. Iste’molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan oʻzgarishi.

  2. Turli mamlakatlarda daromadlardagi nisbiy oʻzgarishlar.

  3. Bahodagi nisbiy oʻzgarishlar.

  4. Nisbiy real foiz stavkalari. Faraz qilamiz, AQSh inflyatsiyani quvib oʻtish maqsadida “qimmat pul” siyosatini amalga oshira boshlaydi. Natijada, real foiz stavkalari (inflyatsiya sur’atini hisobga olib oʻzgartirilgan (korrektirovka qilingan) foiz stavkalari) AQShda boshqa mamlakatlar, masalan, Buyuk Britaniyaga qaraganda koʻtariladi. Britaniyalik jismoniy shaxs va firmalar ishonch hosil qiladiki, AQSh moliyaviy vositalarni qoʻyish uchun juda jozibador va qulay joyga aylanadi. Amerika moliyaviy aktivlariga talabning bu koʻpayishi Angliya funti taklifining kengayganligi va shu sababli dollar qiymati oʻsganligini bildiradi.

  5. Spekulyatsiya.

Dollar kursi pasayishi, funt kursi esa, aksincha koʻtarilishi toʻgʻrisidagi prognozlar natijasida dollarni ushlab turuvchilar ularni funtga aylantirishga harakat qiladi va shu bilan funtga boʻlgan talabni oshiradi. Bu almashish, dollar kursining pasayishini va funt kursining oshishini keltirib chiqaradi.

Valyuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan chiqishning yagona yoʻlidir.

Valyuta bozori, depozitlar (qoʻyilmalar) va qimmatbaho qogʻozlar bozori bilan bevosita aloqaga ega. Bunda asosan foiz me’yorlari asosiy ahamiyatga ega. Agarda, foiz me’yorlari baholar oʻsishini qoplasa, mijozlar esa moliya institutlariga ishonch hosil qilishsa, jamgʻarma bozori valyuta bozoriga asosiy raqobatchi boʻlishi mumkin. Koʻpgina mamlakatlarning statistik kuzatishlaridan shu ma’lum boʻlganki, depozitlar va qimmatbaho qogʻozlar bozoridagi operatsiyalar oʻsishi bilan, valyuta bozorlariga iste’molchilar tomonidan boʻladigan ta’sir oʻz-oʻzidan kamayadi.

Sarmoyachilar qanday qilib boʻlsa ham oʻzlarining vaqtincha boʻsh turgan resurslaridan unumli foydalanish va shuningdek, nafaqat oʻz resurslaridan, balki xorij aktivlaridan ham foydalanish yoʻllarini izlashadi. Chunki, jahon moliya bozorining asosiy qismini kapital aktivlar tashkil etadi.

Agarda, depozit stavkalari oshsa, pul oqimi valyuta kursining oshishiga olib keladi. Xorijiy sarmoyadorlar uchun, ya’ni, ushbu mamlakat depozitiga oʻz sarmoyalarini qoʻyishni xohlovchilar uchun ularning valyutalari foiz stavkalaridan keladigan foydadan koʻra qimmatliroq boʻladi.


    1. Download 12,22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish