Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


XXVI BOB. DAVLAT BYUDJETI. BYUDJET SOLIQ SIYOSATI



Download 12,22 Mb.
bet288/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

XXVI BOB. DAVLAT BYUDJETI. BYUDJET SOLIQ SIYOSATI





    1. Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati

Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini toʻplash va uni jamiyat taraqqiyotining turli sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sogʻliqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yoʻnaltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasidir.

Mohiyatiga koʻra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi boʻlib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha xususiyatlarga ega va unga tegishli boʻlgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning oʻzida, davlat byudjeti faqat oʻziga xos boʻlgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular oʻz navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa boʻlinmalaridan ajratib turadi va unda markaziy oʻrinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi boʻlsa-da, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslari asosiy taqsimlovchi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon boʻladi. Yagonalik va yuqori darajada markazlashuv davlat byudjetining muhim xususiyatlaridandir. Davlat byudjetiga xos xususiyatlar mablagʻlar bilan byudjet siyosatini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.

Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qoʻshilishini tushunmoq kerak:



  1. davlat miqyosida yalpi ichki mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar;

  2. davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning moliyaviy vositasi sifatida davlat byudjeti boshqa xususiyatlarga ham ega.

Yalpi ichki mahsulotning davlat byudjeti orqali taqsimlanishi ma’lum darajada, almashuvdan ajralgan holda sodir boʻladi. Qiymatning davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan toʻliq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat davlat byudjetidan tashqarida, byudjet resurslari sarflanayotganda taqsimlash va almashuv operatsiyalarining qayta qoʻshilib ketishi sodir boʻladi. Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda u orqali amalga oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining mazmunini koʻrib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi.

Yalpi ichki mahsulotni davlat byudjeti orqali taqsimlash bir vaqtning oʻzida, oʻzaro bogʻlangan va ma’lum darajada mustaqil boʻlgan uch bosqichga egadir: 1) umumdavlat pul fondini shakllantirish (byudjet daromadlari); 2) hududiy va ma’lum maqsadlarga moʻljallangan koʻp sonli byudjet fondlarini yaratish; 3) byudjet fondidan foydalanish (byudjet xarajatlari).

Davlat byudjeti orqali yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning bu bosqichlari bir vaqtning oʻzida va uzluksiz sodir boʻlsada, bu ularning nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi. Bu bosqichlarni boʻlish va ularni alohida-alohida koʻrib chiqish orqali byudjetli taqsimlashning xarakteri, shakli va metodlari toʻgʻrisida osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin. Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli pul mablagʻlarining bir qismi davlatning qoʻlida toʻplanishi sodir boʻladi. Ana shu asosda mablagʻlarni oluvchi sifatida davlat bilan mablagʻlarni toʻlovchilar oʻrtasida byudjet munosabatlari vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik (imperativlik) xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlarining xarakterli xususiyati shundaki, byudjetga tushuvchi mablagʻlar ajratib olingan boʻlib, ular qat’iy chegaralanmagan. Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga


  • umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga moʻljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda barham beriladi.


Download 12,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish