Muvozanatda boʻlmagan bozorlar
qismda ortiqchalilik tasvirlangan. Bozor bahosi ($2.50) muvozanat narxdan yuqori boʻlganligi sababli mahsulot taklifi miqdori ( 10 ta muzqaymoq) mahsulotga boʻlgan talab miqdoridan (4 ta muzqaymoq) oshadi. Mol yetkazib beruvchilar muzqaymoq narxini qisqartirish orqali sotish hajmini oshirishga harakat qiladi va bu narxni muvozanat nuqta tomon harakatlantiradi. (b) qismda yetishmovchilik tasvirlangan. Bozor narxi muvozanat narxdan quyida boʻlganligi sababli mahsulotga boʻlgan talab miqdori (10 ta muzqaymoq) mahsulot taklifi (4 ta muzqaymoq) miqdoridan oshadi. Koʻp xaridor oz miqdordagi mahsulotga talab bildirishidan sotuvchilar narxni oshirish orqali manfaat koʻradi. Shunday qilib, ikkala holatda ham narx oʻzgarishi bozorni talab va taklif muvozanati tomon harakatlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |