Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Download 12,22 Mb.
bet142/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Suvuchuntalabjadvali

Miqdor

(bochkalar)

Narx

(soʻm)

Jami daromad

(va umumiy foyda)

0

120

0

10

110

1100

20

100

2000

30

90

2700

40

80

3200

50

70

3500

60

60

3600

70

50

3500

80

40

3200

90

30

2700

100

20

2000

110

10

1100

120

0

0


Raqobat, monopoliyalar va kartellar
Agarda suv bozorida mukammal raqobat boʻlsa, har bir firma ishlab chiqarish qarori narxni chekli xarajatlarga teng darajada belgilashga olib keladi. Biz bu nasos bilan tortib olingan qoʻshimcha suvning chekli xarajati nol boʻlishini qabul qilganmiz, suvni muvozanatli narx ham mukammal raqobat sharoitida nol boʻladi. Bunda muvozanatli miqdori 120 bochka boʻlar edi. Suvning narxi uni ishlab chiqarish xarajatlarini aks ettirgan boʻlar edi va suvning samarali miqdori ishlab chiqarilardi va iste’mol qilingan boʻlardi.

Hozirda monopoliya qanchalik oʻzini tutishi kerakligini koʻrib chiqamiz. 13.1-jadval 1 bochka suvning narxi 60 soʻm va umumiy miqdor 60 bochka boʻlganida foyda maksimallshtirilganligini koʻrsatadi.


Foydani maksimallashtirayotgan Monopolist, shunga koʻra, mahsulot miqdorini va narxini tanlashi kerak. Bu Monopoliya uchun narx chekli xarajatlardan ustun boʻlishi kerak. Natija samarasiz boʻladi, chunki ishlab chiqarilgan va iste'mol qilinadigan suv miqdori ijtimoiy samarali daraja 120 bochkadan pastga tushib ketadi.

Bizning Duopolistlardan qanday natija kutishimiz kerak? Buning bir sababi – Anvar va Bahrom uchrashadilar va ishlab chiqariladigan suv miqdori hamda uning uchun belgilanadigan narx boʻyicha kelishadilar. Ishlab chiqarish miqdori va uning narxi boʻyicha firmalar oʻrtasidagi bunday kelishuv maxfiy kelishuv deb ataladi, va kelishuvga muvofiq harakat qiluvchi firmalar guruhi kartel deyiladi. Bir kun kartel tashkil etildi, bozorga Monopoliya samarali xizmat qildi, ya’ni agar Anvar va Bahrom oʻzaro kelishuvga kirishsalar, ular ushbu bozordan ishlab chiqaruvchilar oladigan umumiy foydani maksimallashtiruvchi Monopol ishlab chiqarish hajmi haqida kelishib oladilar. Bizning ikki ishlab chiqaruvchilarimiz umumiy 60 bochka suv ishlab chiqarardi, va bir bochkani 60 soʻm narxda sotgan boʻlardi. Yana bir bor, narx chekli xarajatlarni oshiradi, va ijtimoiy natija samarasiz boʻladi.

Kartel qatnashchilari faqat ishlab chiqarishining umumiy darajasi haqidagina bir fikrga kelibgina qolmay, balki uning har bir aʼzosi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori haqida ham bir fikrga kelishlari kerak. Bizning holda, Anvar va Bahrom monopoliya mahsuloti

60 bochkani oʻzlari oʻrtasida qanchalik taqsimlashlarda oʻzaro kelishishlari kerak. Kattaroq bozor ulushi katta foydani anglatadi, chunki kartelda har bir aʼzosida bozorning katta ulushini olish istagi paydo boʻladi. Agar Anvar va Bahrom bozorini teng boʻlinishiga rozi boʻlsa, ularning har biri 30 bochka ishlab chiqarib, har bir narx bir bochka uchun soʻm 60 boʻlardi va har biri 1800 soʻmdan foyda koʻrishadi.

Oligopolist kartellarni shakllantirish va monopoliya daromadini istaydi, ammo koʻpincha buning imkoni yoʻq. Bundan tashqari ba’zi hollarda kartel a’zolari oʻrtasidagi foydani boʻlish boʻyicha kelishmovchiliklar ular oʻrtasidagi kelishuvni qiyin qilib qoʻyadi. Oligopolistik kelishuvlarni taqiqlovchi monopoliyaga qarshi qonunlar davlat siyosatini ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Hatto raqib bilan narxni shakllantirish va ishlab chiqarishdagi cheklovlar haqida gaplashganda ham, jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin8. Agar Anvar va Bahrom qanchalik alohida-alohida suv ishlab chiqarishga qaror qilsa, qanday hodisa sodir boʻlishini koʻrib chiqaylik.

Boshida Anvar va Bahrom Monopoliya samarasiga yetib borishlariga bir bor ishonishgan edi, chunki bu natija ularning qoʻshimcha foydasini oshirgan edi. Birlashgan shartnomaning yoʻqligida qanchalik Monopoliya natijasi ehtimoldan yiroq. Nima uchun Anvar 30 bochka ishlab chiqarishga ishonganini tasvirlang (Monopoliya miqdorining yarmi). Anvar quyidagicha mulohaza qiladi:

“Men 30 bochka ishlab chiqarishim mumkin, ushbu holatda, 60 bochka suvning umumiy hajmi bir bochkaning narxi 60 soʻmdan sotilishi mumkin edi. Mening foydam esa 1800 soʻm (30 bochka * bir bochkaning narxi 60 soʻm) boʻlgan boʻlardi. Shu bilan birga men yana 40 bochka ishlab chiqarishim mumkin edi. Bunda, 70 bochka suvning umumiy hajmi bir bochkaning narxi 50 soʻmdan sotilar edi, bundagi mening foydam 2000 soʻmgacha osgan boʻlardi. (70 bochka* 50 soʻm). Hattoki bozorning umumiy foydasi tushib ketgan taqdirda ham, mening foydam balandroq boʻlar edi, chunki men bozor ulushining katta qismiga ega edim”.

Albatta, Bahrom ham xuddi shunday mulohaza qilishi mumkin. Agar shunday boʻlsa, Anvar va Bahrom har bir shaharga 40 bochka suv






8 N. Gregory Mankiw Principles of Microeconomics, 7e

olib keladi. Bunda jami savdo 80 bochka boʻladi va narx 40 soʻmga tushadi. Shunday qilib, agar Duopolistlar oʻzlarining shaxsiy manfaatlarini boshqalardan ustun qoʻygan holda davom ettirishsa, ya’ni qachonki koʻp ishlab chiqarishga qaror qilishsa, ular ishlab chiqarishining umumiy miqdori monopoliya miqdoriga qaraganda kattaroq boʻladi va mahsulot narxi pasayadi. Monopoliyaning foydasiga nisbatan solishtirganda duopolist firmalarning umumiy foydasi ham kamayadi.

Garchi oʻz qiziqishlari mantiqiy jihatdan monopoliya darajasidan duopoliyaning ishlab chiqarishini kuchaytirsada, u raqobatli ajratmaga erishishda duopoliyani chetga surib qoʻymaydi. Har bir duopolist 40 bochka ishlab chiqargan paytda nima sodir boʻlishini oʻylab koʻraylik. Narxi soʻm 40 va har bir duopolist 1600 soʻm boʻlgan foydani qiladi. Bu vaziytda, Anvarning oʻz manfaatini ustun qoʻyish xususidagi mantigʻi, har xil xulosaga olib keladi:

“Toʻgʻri hozir mening foydam 1600 soʻm”. Men ishlab chiqarishimni 50 bochkaga oshiraman, deylik. Bu holda, umumiy 90 bochka suv sotilgan boʻladi va bir bochka narxi 30 soʻm boʻlardi. Keyin mening foydam faqat 1500 soʻm boʻladi. Bu ishlab chiqarishni oshirishga va narxini pastga tushirishga qaraganda kam, balki 40 bochkada oʻzimning ishlab chiqarishimni saqlash yaxshiroqdir.

Anvar va Bahrom har 40 bochka ishlab chiqarishida boʻlgan natija muvozanati bir turdagi kabi koʻrinadi. Aslida, bu natija Nesh muvozanati deyiladi (uning hayoti kitoblarda va chiroyli kinolarda tasvirlangan iqtisodiy nazariyotchi Kamol Nesh nomi bilan ataladi). Nesh muvozanati iqtisodiy aktyorlarning qiziqishlari, ularning har bir tanlagan strategiyalari boshqalar tanlagandan yaxshi bitta holat boʻlishidir. Bu holatda Anvarning 40 bochkadan ishlab chiqishi berilgan, Anvar uchun eng yaxshi holat 40 bochkadan ishlab chiqarishdir.

Shunga oʻxshash Anvarning 40 bochkadan ishlab chiqishi berilgan, Bahrom uchun eng yaxshi holat 40 bochkadan ishlab chiqishdir. Bundan tashqari ular bu Nesh muvozanatiga erishishadi, na Bahromda na Anvarda turli xil qarorlarni ishlab chiqarishda ragʻbatlantirish bor.

Bu misol hamkorlik va shaxsiy manfaat oʻrtasida keskinlikni tushuntirib beradi. Oligopolistlar hamkorlik va monopoliya samaradorligiga erishishda yaxshi foyda koʻrishni nazarda tutishadi. Chunki, ular oʻzlarining shaxsiy manfaatlarini koʻzda tutib, monopoliya samarasiga erishishni toʻxtatishmaydi va oʻzlarining qoʻshma foydasini maksimallashtiradi. Har bir oligopolist ishlab chiqarishni oʻsishini va bozorni katta qismini qoʻlga kiritishni rejalashtiradi. Natijada ularning har biri bu ishni bajarishga harakat qiladi, umumiy ishlab chiqarish kuchayadi va narx tushadi.

Shu bilan birga shaxsiy manfaat raqobat natijasidagi hamma yoʻllarni bozor tomon olib boravermaydi. Monopolistlarga oʻxshab oligopolistlar ham koʻproq foyda beradigan ishlab chiqarishni kuchaytirish maqsadida oʻzlarining mahsulotlarini pasaytiradilar. Shuning uchun ular ishlab chiqarishni kuchayitirishida firmalarning raqobatlarini qaysiki chekli narxni tenglashtirishda qisqa vaqtga toʻxtatadilar.

Xulosa oʻrnida, qachonki firmalar individual oligopoliyada ishlab chiqarishni maksimal foydasini tanlashsa, ular ishlab chiqarish miqdorini monopoliya tomonidan ishlab chiqarilgan darajasiga qaraganda koʻproq va raqobatchilari tomonidan ishlab chiqarilgan darajaga qaraganda kamroq ishlab chiqishadi. Oligopoliya narxi monopoliya narxiga qaraganda kamroq, ammo raqobatchilarni narxiga qaraganda (qaysiki chekli narxga teng boʻlgan) koʻproq boʻladi.


    1. Download 12,22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish