Asimmetrik axborotlashgan bozor.
“Men sen bilmaydigan bir narsani bilaman”. Bu bolalar orasida juda mashhur hazil, shu bilan birga uning tagida odamlar ba’zida oʻzaro qanday muomalada boʻlishlarini koʻrsatuvchi haqiqat bor. Hayotda koʻpincha bir odam atrofda nima boʻlayotganini boshqasidan koʻra koʻproq biladi. Hozirgi hodisaga taalluqli boʻlgan turlicha bilimlar farqi axborot asimmetriasi deyiladi.
Misollar. Ishchi oʻz ish beruvchisiga qaraganda oʻz ishiga qancha kuch ketishini koʻproq biladi. Ishlatilgan mashina egasi xaridorga qaraganda mashinaning holati haqida koʻproq ma’lumotga ega. Birinchisi yashirin faoliyatga misol boʻlsa, ikkinchisi yashirin tavsifga misol boʻla oladi. Ikkala holatda ham ma’lumotga ega boʻlmagan taraf (ish beruvchi, xaridor) haqiqiy ma’lumotni bilmoqchi, lekin unga ega boʻlgan taraf (ishchi va sotuvchi) ataylab haqiqatni bir qismini berkitishi mumkin.
Assimetrik axborot juda keng tarqalgani sababli iqtisodchilar yaqin oʻn yilliklarda uning ta’sirini oʻrganish uchun juda koʻp kuch sarflashdi. Asimmetrik axborot - bu shunday holatki, bozordagi bozor subyektlari oʻrtasida boʻladigan savdo-sotiqda ularning bir qismi kerakli, muhim axborotga ega, qolgan qismi esa ega emas.
Bozordagi tovarlarni taqsimlanishi optimal boʻlishi tovarlar narxi va tovar toʻgʻrisida qanchalik toʻgʻri axborot berishi bilan bogʻliq. Raqobatlashgan bozorni qaraganimizda biz axborotni simmetrik ravishda taqsimlangan, ya’ni sotuvchilar va sotib oluvchilar axborot bilan toʻliq ta’minlangan, deb faraz qilgan edik. Bunday holatda narxlar sotiladigan ne’matlarning alternativ xarajatlari toʻgʻrisida toʻliq axborot beradi. Aniq va toʻliq axborotning boʻlishi bozordagi ne’matlarning optimal taqsimlanishiga yordam beradi. Lekin, bozorda ahvol butunlay boshqacha. Sotuvchilar oʻz tovarlari sifatini yaxshi bilsada, ushbu axborotni xaridordan yashiradi. Xuddi shunday xaridorlar ham oʻzlarining bozordagi xatti-harakatlarini yashirib, har xil yoʻl bilan savdo-sotiqda bir tomonlama yutuqqa erishishga harakat qiladi. Bozor narxi oʻzida juda koʻp axborotni mujassamlashtiradi. Ushbu axborotni bozor qatnashchilari qancha toʻliq bilsa, savdo-sotiq ikki tomon uchun shuncha samarali boʻladi, ya’ni ikki tomon ham maksimal foyda koʻradi. Yuqoridagidan kelib chiqib aytish mumkinki, bozorda axborotlar asimmetrik (toʻliq) boʻlmaganligi uchun bozor mexanizmi ham yetarli darajada mukammal emas.
Haqiqatdan 2001-yil iqtisod sohasida Nobel mukofoti sovrindorlari boʻlgan uchta iqtisodchi (Jorj Akerlof, Maykl Spens va Joʻzef Stiglitz) larga aynan shu yoʻnalishdagi ilk qadamlari uchun ushbu mukofot berilgan. Keling bu izlanishlar ochib bergan ba’zi tushunchalarni koʻrib chiqamiz.
Yashirin faoliyat: prinsipal-agent, agent va ma’naviy tavakkalchilik
Do'stlaringiz bilan baham: |