Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot



Download 12,22 Mb.
bet4/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot

Mikroiqtisodiyot fani firma va uy xoʻjaliklarining qarorlarini va ularning maxsus bozorlardagi oʻzaro aloqalarini, firma va uy xoʻjaliklarining iqtisodiy qaror qabul qilishi va ularning bozordagi oʻzaro aloqalarini, raqobat va ishchilar daromadi qanchalik ularning xatti-harakatlariga ta’sir qilishini ham oʻrganadi.

Mikroiqtisodiyot fani makroiqtisodiyot bilan juda ham bogʻliqdir, chunki, butun dunyoda sodir boʻlayotgan iqtisodiy oʻzgarishlar oʻsha alohida individual subyektlarning iqtisodiy munosabatlarining mahsulidir. Makroiqtisodiy oʻsishni mikrodarajadagi munosabatlarning uygʻunlashuvisiz tasavvur qilish qiyin. Misol qilib olsak, makroiqtisodiyotchilar davlat miqyosida tovar va xizmatlardan olinadigan daromad soligʻining ta’sirini oʻrganishlari uchun, ular har bir xoʻjalik yurituvchilarning tovar va xizmatlarni ayirboshlashga boʻlgan salohiyatini bilishlari zarurdir. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot bir-

biriga aloqador boʻlib oʻxshab ketsa-da, ammo ikkisi alohida fandir. Chunki, ikkisi turli savollarga javob boʻladi, har bir fanning oʻzini alohida usullari mavjud boʻlib, ikkovi ham alohida fan sifatida bir- biridan ajralgan holda oʻrganiladi.



Mikroiqtisodiyot ayrim subyektlar faoliyati bilan bogʻliq. Bular jumlasiga: iste’molchilar, ishchilar, kapital, yer egalari, firmalar, ya’ni aslida iqtisodiyot amal qilishida muhim oʻrin tutuvchi individ yoki xoʻjalik subyektlari kiradi. Mikroiqtisodiyot iqtisodiyotning quyi bosqichida qanday qilib va nima sababdan xatti-harakatning amalga oshirilishini tushuntirib beradi. Masalan, iste’molchi nima uchun tovar sotib olishga jazm qildi; narx va daromad oʻzgarishi tovar tanlashga qanday ta’sir etdi; firma ishchilari sonini qanday rejalashtiradi, ular qayerda, qancha ishlashi lozimligini aniqlaydi, shu kabi voqeliklarni mikroiqtisodiyot fani tushuntirib beradi. Mikroiqtisodiyotning yana boshqa bir muhim jihati tarmoqlarda, masalan sanoat tarmoqlarida bozorlardan tashkil topgan eng yirik tuzilmalar hosil boʻlishida iqtisodiyot subyektlarining oʻzaro munosabatlarini oʻrganishdir. Mikroiqtisodiyot shu narsani, masalan, Amerika avtomobil sanoatining tarixiy rivojlanish mantigʻini, avtomobil bozorida ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar qanday oʻzaro munosabatga kirishishlarini anglab olishga yordam beradi. Bu fan avtomobillarga narx qanday belgilanishini, avtomobil kompaniyalarini yangi zavodlar qurilishiga mablagʻlarni qanday investitsiya qilishlarini, yiliga qancha avtomobil ishlab chiqarilishini tushuntirib beradi. Mikroiqtisodiyot ayrim firmalar va iste’molchilar faoliyatini oʻrgangan holda sanoat tarmoqlari va bozorlar qanday faoliyat koʻrsatishini, bularning faoliyatiga boshqa mamlakatlardagi iqtisodiy sharoit va hukumat siyosati qay yoʻsinda ta’sir etishini ochib beradi.

Mikroiqtisodiy nazariyaning ikki koʻrinishi oʻzaro farqlanadi:



  1. pozitiv mikroiqtisodiyot;

  2. normativ mikroiqtisodiyot.

Pozitiv mikroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqadorliklarini oʻrganadi. Pozitiv tahlil iqtisodiyotdagi hodisalarni tushuntirishni bildirsa, normativ tahlil bular qanday boʻlishi kerak,

degan savolga javob beradi. AQSH hukumati avtomobillar importiga kvota belgilaydi, deylik. Bunda mamlakatda chiqariladigan avtomobillarning narxi, ularning miqdori va sotilishida nima oʻzgaradi? Bu avtomobillardan foydalanuvchilarga va avtomobil sanoatida ishlovchilarga qanday ta’sir etadi, degan savollar paydo boʻladi. Bu savollar pozitiv tahlil doirasiga kiradi. Mikroiqtisodiyotda pozitiv tahlil markaziy oʻrin egallaydi. Benzinga yangi hukumat darajasida soliq belgilash koʻrib chiqilyapti, deb faraz qilaylik. Yangi soliq kiritilishi bilan benzin narxi oʻzgaradi, bu benzinni kam sarflaydigan avtomashinalarga boʻlgan talabni, shuningdek, bu mashinalardan kundalik hayotda foydalanilishi va boshqa narsalarni oʻzgartirib yuboradi. Oʻz faoliyatini oqilona rejalashtirish uchun neft va avtomobilsozlik kompaniyalari davlat soliq siyosatining turli oqibatlari qanday boʻlishini aniqlashlari kerak boʻladi. Bu ishni avtomobil uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchilar, sayohat bilan shugʻullanuvchi firmalar ham bajarishi kerak. Avtomobil kompaniyalari soliq qabul qilingandan keyingi maksimal foydani, katta va kichik litrajli avtomobillar ishlab chiqarish hajmini aniqlashni, tejamli avtomobillarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan kapital qoʻyilmalar miqdorini belgilashni xohlaydilar.

Normativ mikroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yoʻnalishlarini taklif etadi.

Normativ tahlil faqat iqtisodiy siyosatning sifatli tanloviga daxldor emas. U siyosatning aniq talqinlarini ishlab chiqishni ham qamrab oladi. Benzin soligʻi maqbul degan qarorga kelingach, uning miqdori haqidagi masala yuzaga keladi. Biz xarajatlar va daromadlar muvozanatini hisobga olib benzinga solinadigan soliq optimal miqdori qanday boʻladi, degan savolni beramiz. Normativ tahlil koʻpincha baho berish xususidagi mulohazalar bilan toʻldiriladi. Masalan, benzinga soliqni import qilinadigan neft uchun qoʻyilgan boj bilan taqqoslab shunday xulosaga kelish mumkin, garchi neft soligʻini boshqarish yengil boʻlsa- da, bu kam daromadli iste’molchilarga ancha koʻproq ta’sir oʻtkazishi mumkin. Bunday vaqtda jamiyat ijtimoiy adolatni iqtisodiy samaradorlik

bilan qiyoslab koʻrishi zarur boʻladi. Baho berish xususidagi mulohazalar qoʻllanilgan paytda mikroiqtisodiy siyosatning eng yaxshi varianti nimadan iborat, degan savolga javob berishga qodir boʻlmaydi. Ammo mikroiqtisodiyot omillarning oʻzaro ta’sirini koʻrsatadi va bu bilan bahsli munozaraning oydinlashishiga yordam beradi.


    1. Download 12,22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish