Kichik ochiq iqtisodiyot – katta boʻlmagan mamlakat iqtisodiyotidir. Kichik ochiq iqtisodiyot modeli kapital harakati schyoti va joriy operatsiyalar schyotini oʻz ichiga oladi. Bunday iqtisodiyot jahon bozorida katta ulushga ega emas va jahon foiz stavkasiga amalda ta’sir koʻrsata olmaydi. Kichik ochiq iqtisodiyot jamgʻarmalari va
investitsiyalari-jahon jamgʻarmalari va investitsiyalarining juda kichik miqdorini tashkil etganligi sababli jahon moliyaviy bozorlaridagi shart- sharoitlarga koʻra belgilangan jahon foiz stavkasi bu iqtisodiyotda belgilab berilgan (ekzogen) koʻrsatkich sifatida qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |