O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining birinchi tomi, birinchi jildi 5 ta bobdan, 40 ta bo‘limlardan va 1200 ga yaqin sahifalardan iborat o‘zbek tilida va aynan shunga mos ravishda rus tilida ishlab chiqilgan monografiyalar matnlaridan tashkil topgan. Davlat farmakopeyasining birinchi jildi umumiy tahlil usullari, shu jumladan, fizikaviy, kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik, farmakognostik, farmatsevtik-texnologik, immunobiologik va boshqa tadqiqot usullarini, tadqiqotlarda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar, reaktivlar, maxsus eritmalar kabilarni o‘z ichiga olgan. Bu jildga dori shakllari, immunobiologik, radiofarmatsevtik dori vositalari haqidagi umumiy farmakopeya maqolalari va ularga tegishli maʼlumotlar ham kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |