O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi



Download 2,62 Mb.
bet61/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

TURKIYa VA IKKINChI JAHON URUShI

Mamlakatni yangi boshqaruvining tashqi siyosati

1938-yil 10-noyabr kuni Kamol Otaturkning o‘limi mamlakatning ichki va tashqi siyosatida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Prezident maqomini olish uchun bir qancha ko‘zga ko‘rinadigan vakillar paydo bo‘la boshladi. Ular orasida tashqi va ichki siyosatda sezilarli maqomga ega bo‘lgan shaxslar ham bor edi. Mamlakat prezidentligi uchun Turkiyada Otaturkdan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi shaxs Ismet Inenyu tayinlandi. Turkiya tarixchilari Otaturk va Inenyu o‘rtasida bir necha kelishmovchiliklar bo‘lganligini ta’kidlab o‘tishdi. Ulardan biri bu: Otaturk atrofida jamoalar bo‘lib, ular orasida idealistlar, mansabparastlar, ig‘vogarlar bor edi. Inenyu esa o‘z qarashlari bilan ulardan ajralib turgani uchun ulardan uzoqroq yurar edi.

1930-yilning o‘rtalariga kelib Turkiyaning tashqi siyosati yo‘nalishi Fransiya tomonga o‘zgarishi, ayniqsa, Angliya bilan munosabatlarning yaxshilanishi ko‘zga tashlandi. Ijtimoiy tendensiyalar mustahkamlandi. Yangi hokimiyat Angliya va Fransiya bilan yaqinlikni yanada oshirdi. Buning natijasida ikkinchi jahon urushidan oldin barcha uchun shuningdek, SSSR uchun ham shu narsa ayon bo‘ldiki – Turkiyaning tashqi siyosati butunlay Angliya va Fransiya bilan hamkorlikka asoslangan bo‘ldi.

Sovet Rossiyasining yangi Turkiya bilan harbiy hamkorligi o‘tmishda qoldi. Angliya va Fransiya bilan tuzilgan hamkorliklar asosida Rossiya hukumatiga nisbatan muhtojlik qolmadi. Angliya va Fransiya sovet hokimiyati bilan dushmanlik kayfiyatida bo‘lgan bir paytda Turkiyaning hukumat boshlig‘i ham Sovet Rossiyasi ishonchini suyst’emol qiladigan darajadagi siyosatini olib borardi.

Bu yo‘nalishning faol ishtirokchisi yangi tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlangan shaxs Sorodjog‘li edi. U bu lavozimga 1938-yilda Arasni o‘rniga tayinlangan.

Urush boshlanar paytda Angliya va Fransiya Yevropaning fashistik rejimiga asoslangan betaraflik siyosatini ilgari surdi. Germaniya bunda alohida o‘rinni egalladi. Angliya va Fransiya Germaniyaning agressiyasini SSSR tomonga yo‘naltirishga urinardi. Turkiya esa ushbu holatni juda qiziqish bilan kuzatib turardi.

1930-yildagi voqealar shuni ko‘rsatdiki, SSSR Fransiya va Angliyani o‘sha paytda Mussolini va Gitler hukmronlik qilayotgan fashistik tuzumdan chetda saqlab qolishga urindi, lekin ularning ta’siridan saqlab qolaolmadi. Hech qanday qarshilikka uchramay, Germaniya o‘z hududiga Avstriyani qo‘shib oldi. Uning keyingi qurboni Chexoslavakiya bo‘ldi. Mussolini tashabbusi bilan 1938-yil 30-sentyabrda Myunxenda Buyuk Britaniya (Chemberlen), Fransiya (Dalade), Germaniya (Gitler) va Italiya (Mussolini) ishtirokida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda g‘arb mamlakatlari o‘z ittifoqdoshi – Chexoslavakiyaga xoinlik qilishadi. Ular Chexoslavakiya bilan hamkorlik aloqalarini uzadilar. 1939-yil mart oyida nemis armiyasi Chexiyaga bostirib keladi, Slovakiyani qo‘g‘irchoq mamlakatga aylantiradi. Markaziy sharqiy Yevropaning boshqa mamlakatlari – Finlandiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya ham Germaniyaning ittifoqdoshlariga aylanadi. Ularning fikricha, Germaniya bu urushda g‘alaba qozonardi.

Turkiyaning bu boshqaruvlik holatiga munosabati 1939-yilda 4-may kungi xatlarda o‘z isbotini topdi. Hukumat Gitler boshqaruvi boshlanishidanoq Germaniya dinamikasini kuzatdi, uning Rim va Tokio bilan yaqinlashuvini ham inobatga olgan holda ular bilan ittifoqlik munosabatlarini uzishga qaror qildi ayniqsa, iqtisodiy munosabatlarni tezda uzib yubordi. Turklarning e’tiborini tortgan narsa bu Chaskiyga nisbatan likvidatsiyani amalga oshirishi bo‘lgan.

Bu yillarda SSSRning xalqaro nufuzi–uning ichki holatiga jiddiy zarar yetkazdi. Ichki holatdagi ommaviy jazo choralari, xalq dushmaniga nisbatan ko‘rilgan holatlar, harbiy qismlarni yo‘q qilinishi, shu kelishmovchiliklarga asos bo‘lib xizmat qildi. Bu holatalar Turkiya Sovet davlati bilan o‘zaro aloqadorlikni o‘rnatishga xalaqit berardi. Ko‘pchilik Turk siyosatchilariga bu olib borilayotgan SSSR tuzumi xavfli ko‘rina boshladi. Bundan tashqari barcha salbiy faktorlar Turkiyaning industralizatsiyasiga xavf sola boshlagan edi.

Germaniyaning xavfi Angliya, Fransiya va SSSR ni hamkorlikka yo‘l izlashga majbur qildi. 1939-yil bahorda ular orasida muzokaralar boshlandi. Lekin ular orasidan birortasi ham dushman bostirib kirganda yordam ko‘rsatish majburiyatini tan olmadi. Buni oqibatida muzokaralar boshi berk ko‘chga kirib qoldi. Ulardan foyda yo‘qligini bilgan Stalin bir-biriga hujum qilmaslik haqidagi Gitlerning bitimini imzoladi. Hujjat tashqi ishlar bo‘yicha SSSR ni xalq komissari Molotov va Germaniyani tashqi ishlar vaziri I.Ribbentrop tomonidan 1939-yil 23-avgustda tasdiqlandi.

Turk shoiri Kamron Guryun o‘sha muzokaralardagi drammatik holatlarni shunday tasvirlaydi: « Moskvadagi rahbarlarning nemislar bilan muzokaralarida ham ingliz –fransuz harbiy muzokaralarida ham hech kim hujjatni imzolashga haqqi yo‘q edi.» U 25-avgust kunidagi Voroshelovning quyidagi gaplarini ham qaytardi: « Hozirgi o‘zgargan siyosiy holatda muzokaralardagi o‘zgarishlar o‘z ma’nosini yo‘qotdi».

1939-yilda 1-sentyabr kuni Germaniya Polshaga hujum qildi, shu tariqa ikkinchi jahon urushi boshlandi. 1939-yil 19-oktyabr kuni Anqarada ingliz, fransuz va turklar o‘rtasida o‘zaro qo‘shnichilik va yordamga asoslangan sulhlar tuzildi. Bu hujjatdan ma’lumki Fransiya va Angliya Turkiyaga tahlikali kuchlar xavf solgan paytda unga yordam qo‘lini cho‘zardilar. Yana Yevropa hokimiyati Fransiya va Angliyani ham xavf ostiga olib turadigan taqdirda Turkiya ularga yordam qo‘lini cho‘zadi. Bu kelishuv Gresiya va Ruminiya ishtirokchilari tomonidan mustahkamlandi. Lekin yaqinlashib kelayotgan Yevropadagi urush bu tinchlik sulxlarini o‘z holatida qolishiga izn bermadi.

Turkiya SSSR bilan o‘zaro yordam haqida bitimlar tuzishga qadam tashlay boshladi. Uning maqsadi g‘arb mamlakatlari bilan harbiy ittifoqni saqlab qolish edi. Lekin g‘arb mamlakatlari uning bu taklifini jiddiy qabul qilishmadi. Ularning bu ishi Turkiyani hayron qoldirgandi. 1938-yilda Myunxen kelishuvi imzolandi. Stalin va Molotov shu shartnomaga quyidagi shartlar bo‘yicha rozi bo‘lishi mumkin edi. Birinchidan u Germaniya bilan to‘qnashuvga sabab bo‘lmasligi kerak edi. Ikkinchidan bo‘g‘ozlar ustidan nazorat konvensiyasiga o‘zgartirish kiritish kerak edi. Bu o‘zgarish bo‘g‘ozlar orqali qora dengiz tarkibiga kirmaydigan mamlaktlar o‘tmasligi haqida edi. Lekin Sovet-Germaniya muzokaralari Sovet-Turk kelishuvlarini keyingi o‘ringa olib chiqib qo‘ydi. Bu tuzilgan parallel shartnomalar (Sovet-Germaniya, Sovet-Turk) kelishuvlari Sovet hukumati bilan Germaniya o‘rtasidagi kelishuvlarni buzilishiga olib kelishi mumkin edi. Shuni hisobga olgan holda Turkiyaning tashqi ishlar vazirining Moskvaga bo‘lgan tashrifi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Turk tarixchilarining ta’kidlashicha SSSRning Germaniya bilan kelishuvidan keyin ularning hamkorligi yanada yuksaldi. Ayniqsa, iqtisod jihatdan masalan, sovet neftini Germaniyaga olib kirish xajmi oshdi.

Millatlar Ligasida SSSRga nisbatan chiqarilgan hukmda, Findlandiyaga qarshi urush arafasida hamkorlar SSSRning Germaniya bilan tuzgan shartnomasini buzishga urinadilar. Buning uchun ular bokin va botum neft ishlab chiqarish va qayta ishlash yo‘nalishlarini portlatishdi. Kochakni ta’kidalshicha bu ishlardan boshqa maqsad ko‘zlangan edi: ular hiyla ishlatish orqali mamlakatda islom shiori ostida tartibsizlik keltirib chiqarish edi. Fransuz elchisi Anqarada 1940-yilning yanvar va fevralida “Buyuk Turon” rejasiga mualliflik qildi. Ular SSSRda yashovchi millionlab turklarni birlashtirar edi. Turkiya hukumati ham bu qarorni qo‘llab-quvvatlashlariga ishonchi komil edi. Bu paytda aviabosqinchilik haqida ham gap ketardi. Ya’ni rejada Suriya va Iroqdan Kavkaz tomonga bosqinchilik ishlari haqida va bu yurishlar Turkiya chegarasidan ham o‘tishi kerak edi. Inglizlar bu rejani qo‘llab-quvvatladilar. Turklar Angliya va Fransiya bilan tuzilgan bitimlar o‘z kuchida qolishiga umid bog‘lashar edi. 1940-yilda 26-iyunda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda turklar Germaniyaga qarshi chiqishga qaror qilishadi, lekin bir necha holatlarni ko‘rib chiqgach buni noo‘rinligini anglab yetishadi.

Bu paytda Germaniya Turkiya bilan ham SSSR bilan ikki tomonlama o‘yin qilayotgan edi.

Lekin Turkiya bilan urush e’lon qilish haqidagi savol Germaniya uchun ham ochiqligicha qolaverdi. Ikki yirik mamlakat ya’ni SSSR va Turkiya birlashmoqchi bo‘lgan holatni ko‘rgan Germaniya buni oldini olish maqsadida darhol Turkiya bilan bir-biriga hujum qilmaslik muzokaralarini olib boradi. Bu muzokaralar juda uzoq vaqt davom etdi va nihoyat 1941-yil 18-iyunda german-turk kelishuvi imzolandi.

Tomonlar bir-birini qarorlarini hurmat qilishga qaratilgan majburiyatlarni egallashdi, hudud dahlsizligi, u ya’ni bu hududga nisbatan noo‘rin choralar qo‘llash taqiqlandi, hamma savollar yuzasidan do‘stlik munosabatlarini ushlab qolish majburiyatlari tayinlandi. Lekin bir tomondan Germaniya shartlarni bajarar ekan Turkiyaning SSSR bilan tuzgan bitimiga qarshi qarorlar ham kela boshladi.

Shunday qilib, Germaniya o‘ziga janubiy tomondan himoya to‘siq yasab oldi va u shundan keyin SSSRga qarshi urush e’lon qildi.

Turklar shundan keyingina urushdan chetda qolganini his qildi va ko‘ngil hotirjamligiga erishdi. Turkiya bu paytda o‘z betaraflini saqlab qolishga urindi.

Endi Fransiya va Angliya oldidagi burchlar haqida Turkiya unutgandi. U butunlay Germaniya foydasi uchun harakat qilar edi. Shunga ko‘ra, mamlakatda Germaniya bilan hamkorlik qiladigan tomonlar ko‘paya boshladi.


Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish