O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi



Download 2,62 Mb.
bet53/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Turkiya davlat g‘oyasi

Davlat g‘oyasining namoyon bo‘lishi Kamolchilar davlat tepasiga kelishi bilan boshlandi. Xalifachilikni tugatish, islom dinidagilarni umidlarini so‘ndirish, ularni g‘oyasini davlat g‘oyasi deb hisoblandi. Machitdan tashqari joylarda islom diniga oid ishlarni olib borish tugatildi. Halq islomchilari, shayxlari bo‘layotgan voqealarga aralshmasdan yashirin harakatlana boshladi. Agar o‘zlarini ochiqdan ochiq namoyish etsa davlat boshqaruvi tomonidan qaqshatgich bostirildi. 1930-yil dekabrda Izmir yaqinidagi Menemene shahrida islomchilarning so‘ngi quroli qo‘zg‘aloni bo‘lib o‘tdi. Bu qo‘zg‘alonni darvish Mehmed boshqarib bordi va maslakdoshlarini “Muqaddas ishonchni qaytarish, islom va shariatni qutqarishga undadi. Uning o‘zi ishtirok etgan qonli to‘qnashuvda boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi Kubilay, taniqki harbiy Menemenga zahiradagi ofiser sifatida kelgan edi. Kelgindilar islom bayrog‘ini ko‘tardilar, bayroq qo‘shni machitdan olingan edi, shahar maydonida to‘plandilar. Darvish so‘zga chiqib dinsiz hokimiyatni ag‘darishga chaqirdi. Olamon kelib isyonchilarga qo‘shildi. Ularning soni bir necha yuz kishi edi. Ikkita zobit bekorga olmonga tarqalinglar deb aytishdilar, bu yerga Kubilay boshchiligida ikkita vzvod jo‘natildi. Kubilay bo‘sh patrondan osmonga o‘q uzdi. Darvesh menga o‘q ham tasir qilmaydi deb Kubilayga o‘q uzdi, va uni o‘ldirdi. Shundan keyin Kubilayning jasadi machit hovlisiga olib kirildi. Darvesh uni boshini kesdi va uzun tayoqga qadadi. Ikkita qorovul olomonga qarata o‘q uzganligi uchun o‘ldirildi. Tez orada yetib kelgan polk isyonchilarni tarqatib yubordi. Darvesh va 5ta safdoshini otishdilar. Qo‘zg‘alon tezda bostirilgan bo‘lsada, Mustafo Kamol norozi bo‘ldi. Menemen aholisi qotillarni yaxshi kutib olgani uchun voqeadan qattiq g‘azablangan edi. Davlat hukumati Anatoliya atrofida keng maydonda qatl ishlarini olib bordi, va u yerga harbiy trebunalni jo‘natdi. Edernedan qaytib kelib, Kemal Dolmabaxche saroyiga yig‘ilish chaqirdi, shundan so‘ng Anqaraga yo‘l oldi va davlat boshqaruvini yig‘di. Uning juda jahli chiqgan edi, bo‘lgan voqealarda LRP (liberal demokratik partiyasi) ning qo‘li bo‘lishi mumkin edi. U Menemen shahrini “lanatlangan shahar” deb e’lon qildi va yer bilan yakson qilishga izm berdi, uning aholisi ko‘chirildi, hech qanday shavqat qilinmadi hattoki ayollarga ham. Mehmed a’zo bo‘lganligi uchun Naqshbandiy ordenini Kamol yuq qilishni buyirdi. Sudning qarori bilan 28 ta qo‘zg‘alon ittifoqchilari qatl etildi. Uzoq yillar mobaynida armiya, politsiya, Turkiya xavfsizlik xodimlari diqqat bilan, yashirin va ochiq, islomchilarni kuzatdi, ularning dasturida o‘quv mashg‘ulotlarida davlat tizimiga qarshi shariatni Turkiyada tiklash bor yo‘qligini aniqlash maqsadida. Davlatning moliyaviy imkonoyatlari o‘sha o‘n yillikda, ularning cheklamalari bilan, islomchilarni imkoniyatlarini oshirardi. Davalt tomonidan kuzatilayotgan machitga tegishli yerlar. Eslatib o‘tamiz, islom hamjamiyati boyish manbalaridan uzoqlashtirilgan, mustaqillik neft qazuvchi musulmon davlatlari mustaqillikga erishdilar.

171-185

Turk millatchiligi, tyurkizm o‘zi haqida hali yosh turklar vaqtida bildirgan bo‘lsada, kamol ilmoniyligi boshlangan vaqtda u Turkiyaning ikkinchi dinniga aylandi. Bu dinni qabul qilinishi yevropalashishga tusqinliq qilmadi, balkim rivojlangan Yevropaning katta qismida 1920- 1940 yillarda shunaqa millatchilik uchrab turgan, hozirda har tomonlama taraqqiy etgan yevropaliklar bu hodisalarni istamay yodga olishadi. Yodga olsalarda, qachonlardir o‘tgan davrlarda bo‘lib o‘tgan deyishadi. Turkiya millatchiligi xukumdor ideologiya sifatida aynan kamol millatchiligi shaklida o‘z o‘rnini topdi, va turklarni millat va davlat sifatida tirik qolishiga yordam berdi. «Sever» shartnomasining bekor kilinishi uchun bo‘lgan kurash, kamolchilarga Turkiyani Usmoniylar, ya’ni xalifalikdan voz kechib, milliy davlatni barpo etish uchun imkoniyat berdi. Turklar o‘zlarini millat ekanligini angladilar. Aniq sharoitlar tyurkizm fenominini, uning avvalgi imperiya yunon va arman axolisiga nisbatdan o‘ta shavkatsiz munosabati va vaxshiyona xatti -harakatini aniqlashda yordam berdi. Kamol millatchiligi hakida sotsiolog Joxid Tanyol shunday deb yozadi: «Usmoniylar aholisini ziyoli tarkibi kabi Otaturkni anatoliy turkchiligini tarixda to‘g‘ri talqin etish, uni Anatoliyaga tegishligini tushuntirib berishni o‘ylay boshladi. U Yevropa maydonini yuqotgandan so‘ng Anatoliyani xam bulinib ketishidan kurkar edi. U g‘arbliklarni turklarga dushman bulib qolishidan chuchir edi. 1990 yildagi Turk milliyligidagi murojatnomasi turklar tarixidagi urfdga aylandi.Bu bilan matnda tilga olinmagan maydonlar ham rad etildi. Turk tarixchilari diqqat e’tiborlarini Otaturkni millatchiligining xususiyatlari Z, Gekalpning dunyoqarashidan farqlanishiga qaratishdi.Tanelning aytishicha kamol millatchiligining reformasida iloxiylik, respublikachilik Gekalpda yukligini, Otaturkning g‘oyasi bu turk davlati, turk millatchiligining kuchli g‘oyasi demakdir.

1923 yil mart oyida Gekalp Anqaraga Kamolning taklifiga binoan bosh vazirligiga takldif kilingan edi. VNST ittifoqchilari Gekalpni uzlari tomonga og‘dirib olmoqchi bulishdi, bu fikrning noto‘g‘ri, zarar ekanligi haqida rad javobini olishdi.1923 yil Gekalp tomonidan beriligan javobnomada aytilishicha, u 1908 yil inqilobidan so‘ng ittifoqchilar aloqani uzib, birlashish va rivojlanish partiyasi ya’ni Doniyobakir guruhida ekanligini aytdi. “Turk asoslari” kitobida «turklarning g‘oyasi bu Turondir». Bu tushuncha esa ularni tilida, urf odatida o‘zbek, qirg‘iz, tatarlarning adabiyotiga ma’daniyatini birlashtiradi.

Professor Ismat Giritli: «Mustafa Kamol yosh turkiylarni panislom va panturkchilikdan asrab qoldi. Shuning uchun ham Otaturk millatchiligi deb yodga olinadi.». 1920 – yillar oxiri 1930 – yillarda turkiy millatchiligining gullab yashnagan davriga tug‘ri keldi. Kamolchilar yosh respublikaning jon saqlab qolishi bu oxirgi maqsad desalar, turoniylar esa bu Buyuk Turkiyaning barpo etilishida boshlang‘ich (yadro) uchog‘i deb aytadi.

Yangi raxbarlar Mustafo Kamol boshchiligida har qanday turonchilikdan voz kechildi. Endi turk millati kim bo‘lishini aniqlay boshlashdi deb hisoblaydi Poulton. Shuning uchun Kamol Turkiya millatini Anatoliyaning musulmon aholisi deb, uning tilini turk laxisasining, qurdlar guruhiga yaqinlashtirdi.

O‘zini dunyoviy davlat deb e’lon qilib, shu vaqtlar yevropa ma’naviy rivojlanish darajasiga tenglashtirib, Turkiya o‘zining milliy g‘oyasi, til madaniyati, Xalq uylari, partiyasini yaratdi.

Reformaning jadallashishi turk tilining yevropa madaniyati bu kamolchilar tomonidan targ‘ib etildi. Arab, fors leksikasini turk grammatikasiga asta – sekin almashtirish bilan chegaralanib qolmadi. 1928 yilda shaxsan Kamol Otaturkning ishtirogida arab alifbosi lotin alifbosiga aylantirildi. 1928 yil noyabr oyida VNST kerakli bo‘lgan qonuni qabul qildi, dekabr oyidan esa lotin yozuvida yozilgan turk so‘zlari chiqdi, gazeta yangi alifboda chop etila boshladi.

Mansabdagilar juda qattiqqulik bilan xalqni davlat ideologiyasi - kamolchilikga bo‘lgan munosabatini kuzatib borar edi. Ko‘pirtirmay aytish mumkinki Turk ideologiyasi «Yevropanining kasalmand odamini» oyoqqa turg‘iza boshlagan edi. Lekin Otaturk siyosati ham millat kamchiligi muammosi bilan duch keldi. Unchallik aholisi bilan ham hududi bilan ham katta bo‘lmagan (o‘sha vaqt atigi 14 mln aholisi bo‘lgan) hamma urush -janjallardan keyin ham, o‘zining yunon va arman axolisi quvg‘inda bo‘lgan bo‘lsa ham, bu davlat ko‘p millatlik davlat bo‘lib qolaverardi. Uning davlat tili turk, davlat dini esa islom edi (1928yilgacha). Millat kamchiliklarining va musulmon bo‘lmagan odamlarning huquqlari 1920 yilning «Milliy qasam»da va yanada batafsil Lozan tinchlik bitimida ko‘rilib chiqilgan (1923 yil).

Shu hujjatning 38–moddasida aholining millati bo‘yicha yoki dini bo‘yicha kamsitishni yoki ta’qib qilishini taqiqlash bo‘yicha gap yuritilgan. «Turk davlati o‘zining aholisini to‘liq himoyasini o‘z bo‘yniga olishini ta’kidlab o‘tgan». Keyingi moddada keltirib o‘tilgan din va millat huquqlari aniqlashtirib o‘tilgan: «Dinda bo‘lgan farq hech qaysi turk fuqarosiga zarar yetkazmasligi, ayniqsa fuqaro va siyosiy huquqlarda, biron-bir mansabni egallashda, yoki ishga qabul qilinayotganda e’tiborga olinmasligi. Turk fuqarolariga davlat tilidan tashqari boshqa tillarda savdo –sotiq olib borish,gazetada maqolallar yozib chiqish, sud ishlarida yoki dinda foydalanish man etilmaydi.

Musulmon bo‘lmagan, aniqrok qilib aytganda nasroniy va yahudiylar qanaqa huquqlarga ega bo‘lishdi? Ular o‘z hisoblaridan xar – hil hayriya jamg‘armalari, diniy marosimlar yoki davlat muassasalarini tuzish, olib borish yoki nazorat qilish huquqiga ega bo‘ldilar. U yerda o‘z ona tillarida va dinlaridin erkin foydalanishlari mumkin edi. Lekin bu huquqlar turk tilini majburiy o‘tilishiga halaqit bera olmas edi.

Turkiya shartnomasida aytilishicha: «Kam bo‘lgan millat vakilarining qabriston, cherkov, sinagogalari ham davlat himoyasida. Yuqorida ta’kidlanganlarning bu ozchilik millatning himoyasi. «Davlat miqiyosidagi ahamiyatga ega». O‘zgartirish uchun millatlar ligasining bo‘lishi shart.

Yuqorida aytilgan Lozan tinchlik bitimida keltirilgan moddalar Turkiyada mavjud bo‘lgan millat kamchiligi muammosi hodisallarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Kamolchilar taziqi ostida Anatoliydan qochgan yunon armiyasi ichida milliondan ortiq qochoq yunonlar mavjud edi.

10 mingdan ziyod armani millati ham Turkiyadan qochishga majbur bo‘ldi. Biroq shunga qaramasdan Turklar orasida kamchilik hisoblangan yahudiy, armani va yunonlar ko‘pchilikni tashkil etardi. O‘sha qolgan odamlarni taziq va kamsitishlardan yuqorida aytilgan moddalar himoya qilar edi.

Aytish mumkinki Turkiyaga Gresiya, Bolgariya, Yugoslaviyadan ko‘chib kelganlar ham bo‘lib, ular ham davlat himoyasida bo‘lishgan. Turkiya statistika ma’lumotnomasiga ko‘ra 1921 – 1928 yillarda yashash uchun 463,5 ming kishi avval yunon oilalari yashagan – Edir, Balikesir, Stambul, Bursa, Izmir, Tekirdag shaharlarida uy- joy bilan ta’minlanishdi. Shu ma’lumotnomaga ko‘ra Turkiyada 1927 yilda 13 269,6 ming musulmon, 109,9 ming pravoslavlar, 81, 9 ming – yahudiylar, 77,4 ming armanilar, 39, 5 ming katoliklar, 24,3 ming nasroniylar bor edi. Ulardan til belgisidan usha yilda Turkiyada 11 777,8 ming axoli Turk tilida, 1184,5 ming – qurd tilida, 134,3 ming – arab tilida, 119,8 ming – yunon, 95,9 ming – cherkas, 68,9 ming – yahudiy tilida, 64,7 ming arman, 11,5 ming – tatar tilida gaplashardi. Istanbul hududida statistika bo‘yicha 547 ming musulmon, 100 ming pravoslav, 53 ming arman, 47 ming yahudiy istiqomad qilar edi. Shunday qilib Turkiyaning eng katta shaharlaridan biri, avvalgi poytaxtining aholisining uchdan bir qismi na turk va na musulmon edi.

Yuqorida keltirilgan bitim hozir shu paytdagi millat kamchilliklarini manfaatlari to‘g‘ri ko‘rsatib berishga yordam bersada, lekin u yerda yozilgan qonunlarga har doim ham amal qilinmagan.

Lozan bitimida ko‘rsatilgan hamma «Himoya» maqollalariga qaramay yunon va armanilar soni ko‘chib o‘tish va assimilyatsiya tufayli kamayib boraverardi.

1925 yil fevralida shayx Saidning Mustaqil Qurg‘iston uchun boshlagan qurolli quzgoloniga kelsa, u mamlakatni fuqarolar urushiga olib kelishiga sal qolgan edi. Shu qo‘zg‘olon bostirilgandan so‘ng bo‘ysinmagan qurd qabilalarini Markaziy va G‘arbiy Anatoliyga ko‘chirilishi xaqida qonunlar chiqdi (1927-1929 yillar). Boshqa qonunga ko‘ra qurd qabilalarini ular yashayotgan joydan yer berish va shunga ko‘ra ularni bir joyda ushlab turib boshqarish. Bir necha turk gazetalarida bir vaqtlar qurdlarni «Tog‘lik turklar» deya atasha boshlashdi, va shunday qilib ularni Lokan bitimi himoyasida bo‘lgan millat kamchiligidan olib chiqishdi. Va hozirgi kunda Turkiya qurd musulmonlari ularni uzoq vaqt millat kamchiligi emas, balki musulmon ko‘pchiligi deb xisoblab kelishgani uchun, shu sababdan, ular o‘z huquqlariga ega bo‘lmaganlari uchun, o‘z millat huquqlarini oxirigacha tan olinishlarini talab qilishmoqda.

Turklarni millatchiligi arman va yunonchilarni ingliz- yunon intervatsiya vaqtida ularni «yomon» hulqi bilanam emas, balkim shu millat kamchiliklari imperiya vaqtidan Turkiyaning iqtisodiy xayotini ko‘p ma’noda boshqarishgani, asosan shaharlarda savdo – sotiqni, kasb – hunarni olib borishgani sabab bulgan. Taniqli arman turkoligi O.G. Injikyan, yunon kapitali imperiya hayotida asosiy o‘rinni egalaganini yozib o‘tadti. Bu kapital 1 o‘rinda turib, 50% ishlab chiqarishga, hunarmandchilikdan tashqari ichki savdoga ham qaratilgan. U 40% ichki mablag‘ oshirboshlashni ham boshqarardi. Ikkinchi o‘rinda armani tadbirkorlari, sotuvchilari va iktisodchilariga davlatning 4 qism ishlab chiqarishi va savdo-sotiq ishlari tegishli edi. Keyingi o‘rinda yahudiylar va livanliklar egallab turishardi. O‘zining iqtisodiy tomonlama Turkiya burjuaziyasi 15% savdo – sotiq va 12% ishlab chikarishini boshqarib 4 urinni egalladi. Yukori uringa chikish uchun Turkiya burjuasiyasiga bir necha un yilliklar kerak buldi.

Islomni targib etuvchi belgilardan voz kechib, kamolchilar turk xalkini yangi belgilar ostida yigib xalkni shu belgilar ostida saklab kolish uchun harakat kilishdi. Milliy bank sistemasi, milliy aviatsiya, sement, shakar, mato, milliy ishlab chikarish joylari chikargan lozunglar mashxur bulib ketdi. Birinchi tekstil zavodi kurib bitirilgandan sung usha vakt iktisod vaziri – Jalol Baer uzining vatandoshlariga fakat milliy matodan sotib olishilarini tafsiya berdi. Milliy valyuta – lirani himoya kilish uchun konun chikdi. Milliy himoya sanoati yaratila boshladi. Xar tomonlama, konunchilik bilan kulab – kuvvatlangan turk ishlab chikaruvchilari avval boshka davlat yeki boshka millat kapitali bilan boshkarilgan kurillish, sanoat ishlab chikarish, ichki va tashki savdo- sotik soxalariga faol darajada kira boshlashdi.

1930 - yilga kelib kamolchilar bir partiyalik avtoritar siesat yerdamida axoliga ta’sir kursata oladigan, yevropa rivojlanish usulini Turkiya uchun yeng kerakli deb tan oladigan samarali milliy goyani xaetga tadkib etdi. Turk xalkini kelib chikishi xakida xar-xil nazariyalar kurib chikila boshlandi, uni madaniyati xetlardan kelib chikanini va turkchilik mamlakatni inkirozdan kutaradigan yagona konsepsiya deb atala boshlandi.

1920 yillarda Turkiya « Turk uchoklari» keyinchalik « Xalk uylari» ni tadkikodchisi A. Kolesnikov yezadi, 1924 – yil aprel oyidan boshlab «Turka uchoklari» sonlari kupaya boshlagan edi. 1920 yillar oxirida ularning soni 160 – 200 gacha yetdi. Bu uchoglarni raisi etib Subxon Tairlover kuyilgan edi.

Kolesnikovni ta’kidlashicha «kup sonli konferensiya bu uchoklar uchun xar xil mavzuda keng targib etildi. Turkiya milliy iktisodiy, soglikni saklash, kishlok xujalik moummolari, lotin alifbosini urganish, bolalar tarbiyasi xakida muommolar muxokama kilinardi. Nashriet jurnali « Turk yurdu» jurnali edi. Jurnalning varaklarida «Turk millatining buyukligi» xakida goyalar ilgari surilardi. Kolesnikovning izlanishlarida usha yillarda Yevropa ta’siri ostida turk millatining paydo bulishi diskussiyalari olib borilmay kuydi. 1931 yilga kelib «turk uchoklari» urnida «xalk uylari»goyalari faol ishtirok eta boshlashdi.




Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish