O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi



Download 2,62 Mb.
bet43/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Yosh turklar inqilobi. Turkiyada feodal-mustabid tuzumni ag‘darib tashlagan va 1876 yilgi konstitutsiyani tiklagan inqilobiy voqealar «Yosh turklar inqilobi» nomini olgan. Bu inqilobiy voqealarning markazi Makedoniya bo‘ldi. Saloniki shahrida faoliyat yuritayotgan «Birdamlik va taraqqiyot» tashkilotining vakillari harbiy qismlarda tashviqotni kuchaytirdi.

1908 yil martda Edirne shahrida joylashgan ikkita otliq polk maoshning vaqtida berilmaganligi sababli isyon ko‘tardi. Shu yil bahorda yosh turklar xorijiy davlatlar konsullariga memorandum yo‘llab, Makedoniyaning ichki ishlariga chet davlatlarning aralashuviga qarshi norozilik bildirdi. Sulton hukumati ayni paytda armiyadagi norozilikni to‘xtatishga harakat qildi. Salonikidagi qo‘shinlar ofiserlarining bir qismini qamoqqa olish boshlandi. Iyunning oxirida Resnadagi garnizon ofiseri Niyoz bey qo‘zg‘olonchilar otryadini tuzdi. Otryad garnizon kassasidan pul va ombordan qurollar olib toqqa chiqib ketdi. Otryadga boshqa garnizonlardan ham ofiserlar o‘z askarlari bilan kelib qo‘shila boshladilar. Sulton qo‘zg‘olonni kuch bilan bostirishga buyruq berdi, ammo qismlar buyruqni bajarishdan bosh tortdilar. Hatto turk bo‘lmagan mahalliy aholi ham qo‘zg‘olonchilarni qo‘lladi. Qurollangan 30 ming kishilik albanlar ham ularga kelib qo‘shildi. Sulton Abdul Hamid II Salonikiga Anatoliyadan qo‘shin jo‘natishga qaror qilganda qo‘shinlar qo‘zg‘olonchilarga qarshi chiqishdan bosh tortdilar. Makedoniyada esa ko‘plab shaharlarda hokimiyatni qo‘lga olgan yosh turklar qo‘mitalari konstitutsiya tiklanganligini e’lon qildilar. Sulton qo‘zg‘olonchilarning talablarini qondirishga majbur bo‘ldi. 24 iyul kuni 1876 yilgi konstitutsiya tiklanganligi to‘g‘risida sulton farmoni e’lon qilindi. Deputatlar palatasini chaqirishga va’da berildi. Shaharlarda konstitutsiyani qo‘llab mitinglar bo‘lib o‘tdi. Bu mitinglarda turli millat va dinlar vakillari birodarlashib ketdilar. Siyosiy mahbuslar turmalardan ozod etildi. Yosh turklarning talablariga ko‘ra bir necha vazirlar va amaldorlar o‘z lavozimlaridan chetlatildi. Bir qancha saroy a’yonlari qamoqqa ham olindi.

1908 yil oktyabrda «Birdamlik va taraqqiyot» tashkilotining kongressi bo‘lib, unda siyosiy partiya tuzish haqida qaror qabul qilindi. Yangi partiya dasturida sulton hokimiyatini cheklash, parlamentning vakolatlarini kengaytirish, vazirlarning parlament oldida javobgarligi prinsipini o‘rnatish, 21 yoshdan oshgan barchaga saylov huquqini berish zarurligi haqida aytiladi. So‘z, matbuot va yig‘ilishlar erkinligi e’lon qilindi. Ammo yosh turklar boshqa millatlarning Turkiyadan ajralib chiqish huquqini tan olmadilar.

Turkiyaning kuchsizlanib qolganligi va xalqaro obro‘sining tushib ketganligidan foydalanib, Avstro-Vengriya Bosniya va Gersegovinani bosib ol­di, Bolgariya esa o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Yosh turklar Avstro-Vengriya siyosatini qoraladi. Ular bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida 230 o‘rindan 150 tasini egalladilar va hukumatni shakllantirdilar. Ammo saylovlardan so‘ng xalq manfaati yo‘lida hech qanday islohotni amalga oshirmagan yosh turklar tezda obro‘sizlanib, o‘z ommaviyliklarini yo‘qotdilar. Usmoniylar imperiyasi tarkibidagi ko‘plab turk bo‘lmagan millatlar ham ularning avtonomiga bo‘lgan huquqlarini tan olmagani uchun yosh turklardan norozi edi. Bularning hammasi yig‘ilib o‘ng kuchlarga yangi davlat to‘ntarishini amalga oshirish imkonini yaratdi. 1909 yil 12 apreldan 13 ga o‘tar kechasi Istambul garnizoni soldatlari isyon ko‘tardilar, isyonni yosh turklar tomonidan xizmatdan bo‘shatilgan ofiserlar ham qo‘llab-quvvatladi. Yosh turklar yo‘lboshchilari Salonikiga qochishga ulgurdilar. Sulton isyonchilarning yosh turklarni mamlakatdan haydash to‘g‘risidagi talabini ma’qulladi. Salonikida yashiringan yosh turklar ham javob tayyorlay boshladilar. Ularning qo‘l ostida 100 ming askardan iborat ikkita armiya korpusi bor edi. 16 aprel kuni shu qo‘shinlar Istambulga yurish boshladi. Poytaxt quruqlik va dengizdan o‘rab olindi. Qisqa harbiy to‘qnashuvlardan so‘ng poytaxt yosh turklar qo‘liga o‘tdi. Ko‘plab isyonchilar dorga osildi, 10 minglab isyon qatnashchilari Istambuldan quvib yuborildi. 27 aprel kuni sulton taxtdan tushirildi. Taxtga yangi kelgan sulton Mexmet V mamlakatni boshqarishga layoqatsiz shaxs edi. 1909 yil yozda konstitutsiyaga bir qator o‘zgarishlar kiritildi. Sulton vazirlarni tayinlash va bo‘shatish, parlamentni chaqirish va tarqatib yuborish huquqlaridan mahrum qilindi. Ayni paytda matbuotni hukumat nazoratiga oluvchi qonun qabul qilindi. Nemis generali fon der Gols taklifiga binoan harbiy islohot o‘tkazilib, turk qo‘shinlarida nemis harbiy tizimi joriy qilindi.

Yosh turklar natural soliq – asharni va soliqlarning otkup tizimini o‘zgarishsiz qoldirdi. Kasaba uyushmalari va ish tashlashlar taqiqlandi. Bu holatga qarshi kurdlar, armanlar va albanlarning qo‘zg‘olonlari bo‘lib, barchasi hukumat tomonidan shafqatsiz bostirildi.

Uchta urushda: Italiya bilan Liviya uchun va ikkita Bolqon urushlaridagi mag‘lubiyatlar Turkiya jamiyatini larzaga keltirdi. Italiya bilan muvaffaqiyatsiz urushdan keyin 1912 yil iyulda yangi davlat to‘ntarishi yuz berib, yosh turklar hokimiyatdan chetlatildi. Yangi hukumat 18 oktyabr kuni Italiya bilan sulh tuzishga majbur bo‘ldi. Sulhga ko‘ra Tripolitaniya, Kirenaika Italiyaning mustamlakasi deb tan olindi.

1912 yil 18 oktyabrda Bolgariya, Gretsiya, Serbiya va Chernogoriyadan iborat Bolqon davlatlari koalisiyasi tuzilib, ular bilan Turkiya o‘rtasida yangi urush boshlandi. Turkiyaning Makedoniyaga avtonomiya berishdan bosh tortganligi urushning boshlanishiga sabab bo‘ldi. Turkiya qo‘shinlari bir qator mag‘lubiyatlarga uchragandan so‘ng 1912 yil 3 noyabrda Porta sulh tuzishda vositachilik qilishni so‘rab buyuk davlatlarga murojaat qildi. Ammo sulh shartlarining o‘ta og‘irligi Istambulda keskin noroziliklar tug‘dirdi. Bu holatdan yosh turklar navbatdagi davlat to‘ntarishini amalga oshirish uchun foy­dalandilar. 1913 yil 23 yanvar kuni Enver bey va Tal’at bey boshchiligidagi 200 ga yaqin yosh turk ofiserlari hukumat rezidensiyasini o‘rab oldilar va vazirlar yig‘ilishi ketayotgan zalga bostirib kirib, harbiy vazirni o‘ldirdilar, bosh vazir, ichki ishlar va moliya vazirlarini hibsga oldilar. Shundan so‘ng yosh turklarning yangi hukumati shakllantirildi. Ammo bu davlat to‘ntarishi harbiy harakatlarga o‘z ta’sirin ko‘rsatmadi. 1913 yil mayda Londonda imzolangan sulhga ko‘ra Usmoniylar imperiyasi o‘zining Yevropadagi yerlaridan deyarli to‘liq ajraldi. Faqat ikkinchi Bolqon urushi davrida turklar Serbiya, Ruminiya va Gresiya bilan birga Bolgariyaga qarshi harakat qilib Adrianopolni qaytarib olishga erishdilar.

1913 yilning oxiridan boshlab mamlakatda hokimiyat yosh turklar partiyasining uchta vakili: Enver bey, Tal’at bey va Jemal beylar qo‘liga o‘tdi. Ular davrida Turkiya tashqi siyosatda Germaniyaga suyanib harakat qildi, u esa o‘z maslahatchilari yordamida Turkiya armiyasi ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu paytda Turkiyaning iqtisodiy ahvoli murakkabligicha qolaverdi. Byudjet tanqisligi va davlat qarzlari oshib bordi. Turkiya shunday holda Birinchi jahon urushiga kirib keldi.

Mamlakatni modernizatsiya qilishga intilgan yosh turklar inqilobi absolyut monarxiyani konstitusion monarxiya bilan almashtirdi. Parlament tashkil qilinib, unda ko‘pchilik o‘rinlarni modernizatsiya tarafdorlari egalladilar. Ular Turkiyaning burjuacha taraqqiyot yo‘liga o‘tishini boshlab berdilar, xolos.



Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish