O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi


Turkiyada burjua-inqilobchilik harakati. «Birdamlik va taraqqiyot» qo‘mitasi



Download 2,62 Mb.
bet42/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Turkiyada burjua-inqilobchilik harakati. «Birdamlik va taraqqiyot» qo‘mitasi. Sanoat va savdoning bunday rivoji turk burjuaziyasini og‘ir ahvolga solib, uning rivojiga to‘siq bo‘layotgan edi. «Yosh turklar»ning mag‘lubiyatiga, sulton Abdul Hamid II ning shafqatsiz rejimiga qaramasdan bir qism ziyolilar konstitutsiyaning tiklanishidan umid uzmagandilar. XIX asrning oxirida sulton hokimiyatini cheklash uchun harakat yana jonlandi. Harakatga keyinchalik mashhur bo‘lgan maxfiy «Birdamlik va taraqqiyot» tashkiloti boshchilik qildi. Ushbu nomdagi dastlabki qo‘mita 1889 yili Istambul harbiy-tibbiyot bilim yurti talabalari tomonidan tashkil qilingan edi.

Birinchi qo‘mita tez orada barbod qilindi, ammo 1894 yili


yangi qo‘mita tuzilib, unga turk intelligensiyasining ko‘zga ko‘ringan arboblari qo‘shildilar va sultonlikni burjua-demokratik davlatiga aylantirish uchun jonbozlik qildilar. Ular ham o‘zlarining o‘tmishdoshlari singari yosh turklar deb ataldi. Yosh turklar harakatining asosini amaldorlar, ofiserlar va harbiy bilim yurtlarining o‘quvchilari tashkil qilardi.

«Birdamlik va taraqqiyot» qo‘mitasi imperiya aholisi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini rivojlantirib yubordi. Istambulda inqilobiy varaqalar chop etadigan maxfiy bosmaxona tashkil qilindi. Parijda, Jenevada va Misrning bir necha shaharlarida hukumatga qarshi gazetalar nashr qilinadi. 1897 yili yosh turklar sulton saroyi oldida o‘zlarining birinchi siyosiy namoyishini uyushtirdilar. Namoyishdan keyin qatag‘onlar boshlandi: 13 kishi qatl qilindi, 70 dan ziyod kishi surgun qilindi. 1899 yili yangi sud jarayoni bo‘ldi. Asr oxiriga kelib tashkilot to‘liq tor-mor qilingan edi. Bu vaqtda 50 ming siyosiy mahbuslar turmalarda bo‘lsa, yana 80 ming kishi chet ellarda edi. Ammo harakatning o‘zi yo‘q qilinmadi, XIX asr oxiridagi Usmoniylar imperiyasining umumiy inqirozi siyosiy faoliyat uchun keng imkoniyatlar yaratdi.




Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish