O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi


Turkiya iqtisodiy qaramligining kuchayishi



Download 2,62 Mb.
bet41/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Turkiya iqtisodiy qaramligining kuchayishi. Berlin kongressidan so‘ng Turkiya batamom Yevropa davlatlarining yarim mustamlakasiga aylandi. Hali kongress arafasida Angliya Krit orolini bosib oldi. Kongress Bosniya va Gersegovinaning Avstriya tomonidan okkupatsiya qilinishiga sanksiya berdi. 1881 yili Fransiya Tunisni egallab oldi (qo‘shni Jazoir bundan ellik yil oldin zabt etilgandi). 1892 yili Angliya Misr ustidan o‘z hokimiyatini o‘rnatdi.

Berlin kongressidan keyin Turkiyani iqtisodiy qaram qilish jarayoni ancha kuchaydi. Usmoniylar imperiyasining kapitalistik davlatlar tovarlari uchun bozor va xomashyo bazasi sifatidagi ahamiyati ham oshdi. 1880 yildan 1890 yilgacha Yevropa davlatlariga Turkiya eksporti 1,5 marta oshdi va endi u faqat xomashyodan tashkil topdi.

Imperiyani moliyaviy qaram qilish ham yakunlandi. Berlin traktati Turkiyaga 800 mln frank kontributsiya to‘lash majburiyatini yukladi. 1879 yili sulton hukumati navbatdagi bankrotlik holatini e’lon qildi. Kreditorlar bilan muzokaralar natijasida yangi kelishuvga erishildi. Kreditorlar Usmoniylar qarzining nominal miqdorini 5,3 mlrddan 2,4 mlrdgacha kamaytirishga rozi bo‘ldilar. Buning evaziga Turkiya hukumati mamlakat moliyasi ustidan amalda chet el nazorati o‘rnatilishiga rozi bo‘ldi. Sultonning 1881 yilgi dekreti kreditorlarga Usmoniylar Davlat qarzi boshqarmasini tuzishga ruxsat berib, ularni alohida huquq va imtiyozlar bilan ta’minladi. Tamaki va tuz monopoliyasidan, spirtdan tushadigan yig‘imlar, gerb yig‘imi, Marmar dengizi va Bosfor bo‘g‘ozida baliq ovlashdan tushadigan soliqlar, Istambulda, Adrianopolda, Bursada ipak savdosidan olinadigan soliq va boshqa ko‘pgina yig‘imlar Boshqarma ixtiyoriga berildi.

Bularning barchasi Turkiyaning moliyaviy ahvolini yanada og‘irlashtirdi va 1890 yili yangi qarzlar olishga majbur qildi. «Usmoniylar» bankidan tashqari chet elliklarning yangi banklari paydo bo‘la boshladi: Istambulda Fransiyadagi eng katta bank «Lion kredit»ning filiali ochildi, 1888 yili bir nechta G‘arbiy Yevropa banklari hamkorlikda Saloniki bankini ta’sis qildilar, 1899 yili Nemis-falastin banki tuzildi va h.k. Mamlakatda turk kapitaliga faqat bitta bank (qishloq xo‘jalik) qarashli bo‘lib, u ham nihoyatda kuchsiz edi.

Turkiyaning moliyaviy qudrati sustligidan foydalangan chet el kapitali temir yo‘llar qurilishiga, tabiiy boyliklarni ekspluatatsiya qilishga, tamaki savdosiga yirik konsessiyalar oldilar. Chet el kapitali (inglizlar, fransuzlar, nemislar, avstriyaliklar, belgiyaliklar, italyanlar, XIX asr oxiridan esa amerikaliklar ham) turk iqtisodiyoti va moliyasining barcha muhim tarmoqlarini: tashqi savdoni, temir yo‘llarni, konlarni, kommunal tashkilotlarni, banklarni va aloqa vositalarini egallab oldilar.


Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish