O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti byudjet hisobi va g’aznachilik fakulteti elektron tijorat yo’nalishi bet-60 guruh talabasi



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/26
Sana31.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#216590
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
урс иши

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


17 

 

3.Elektron tijoratni tashkil qilishda huquqiy asoslar 

Mamlakatimizda  ishlab  chiqarishni  izchil  diversifikatsiya  qilish,  ichki  va  tashqi 

bozorda  raqobatdosh  mahsulotlarni  ko‘paytirish,  kichik  biznes  hamda  xususiy 

tadbirkorlik  subyektlariga  biznes  yuritish  uchun  qulayliklar  yaratish,  yuqori 

texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, iqtisodiyotning 

barcha jabhasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishga 

alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bozor iqtisodiyoti sharoitida elektron tijoratning 

jadal  rivojlanishi  yuqori  iqtisodiy  samaradorlikni  ta’minlashga,  innovatsion 

tadbirkorlik faoliyatining yanada taraqqiy etishiga xizmat qiladi. 

Bugungi  kunda  biznesda  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalaridan  keng 

foydalanilayotgani natijasida sohaning elektron ko‘rinishi shakllanmoqda, masofalar 

qisqarib, vaqt tejalayapti. Kundalik turmushimizdagi turli yumushlarni Internet orqali 

bajarish,  xat-xabarlar,  to‘lovlarni  elektron  tarzda  amalga  oshirish  amaliyoti  tobora 

kengayib  bormoqda.  Pirovardida  zamonaviy  axborot  texnologiyalari  asosida  yangi 

turdagi  bank  xizmatlarini  ko‘rsatish,  elektron  tijorat,  elektron  to‘lovlar  tizimi  va 

xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblar samaradorligini oshirish 

uchun  keng  shart-sharoitlar  yaratilmoqda.  Birgina  joriy  yil  boshidan  buyon  kichik 

biznes  subyektlaridan  davlat  xaridlari  hajmi  77,9  milliard  so‘mni  yoki  elektron 

savdolar orqali amalga oshiriladigan davlat xaridlari umumiy  hajmining 99,6 foizini 

tashkil qildi. Ayni paytda davlat xaridlari bo‘yicha elektron savdolarning joriy etilishi 

hisobidan  22  milliard  so‘mlik  yoki  shu  maqsadga  mo‘ljallangan  21,9  foiz  byudjet 

mablag‘lari iqtisod qilindi. 

Yurtimizda elektron tijorat sohasidagi munosabatlarning normativ-huquqiy asoslari 

yaratilgan.  “Axborotlashtirish  to‘g‘risida”,  “Elektron  to‘lovlar  to‘g‘risida”, 

“Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Elektron 

hujjat aylanishi to‘g‘risida”, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi va boshqa Qonunlar ana 

shular jumlasidandir. Ushbu huquqiy hujjatlar asosida 

elektron bank hujjat aylanishi

 

elektron plastik kartochkalar kabi tizimlar amaliyotga izchil joriy etilayapti. 



Barchaga ma’lumki, keyingi yillarda, yurtimizda iqtisodiyotning jadal rivojlanishi 

kuzatilmoqda.  Natijada  elektron  tijoratning  ahamiyati  tobora  oshib,  aholining  ushbu 

soha  xizmatlariga  bo‘lgan  talab  va  ehtiyojlari  yuksalib  borayapti.  Shak-shubhasiz, 

elektron  tijorat  bozorini  taraqqiy  toptirish  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari 

imkoniyatlaridan samarali foydalanib, tegishli mexanizmlarni kengroq joriy qilish, eng 

avvalo,  elektron  tijorat  sohasining  huquqiy  asoslarini  yanada  takomillashtirish 

zaruratini  kun  tartibiga  olib  chiqdi.  Oliy  Majlis  Senatining  ikkinchi  yalpi  majlisida 

ko‘rib chiqilishi kutilayotgan yangi tahrirdagi “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun 

ham  ana  shu  talab  va  ehtiyojlarni  inobatga  olgan  holda  ishlab  chiqilgani  bilan 

ahamiyatlidir. Mazkur huquqiy hujjat Prezidentimizning mamlakatimizni 2013-yilda 

ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2014-yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy 



18 

 

dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  Vazirlar  Mahkamasi 



majlisidagi ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalar doirasida tayyorlangan. 

Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida keng jamoatchilik, soha mutaxassislari, 

siyosiy  partiyalarning  faol  ishtirokida,  xalqaro  va  xorij  tajribasi  chuqur  o‘rganilib, 

ilg‘or yutuq hamda tajribalar hisobga olingan holda qabul qilingan. Senat tomonidan 

ushbu hujjatning keng muhokamasi tashkil etildi. 

Mutaxassislarning  ta’kidlashicha,  Qonun  elektron  tijoratni  rivojlantirish  uchun 

yangi  huquqiy, 

iqtisodiy

,  tashkiliy  va  texnik  sharoitlar  yaratadi.  U  tadbirkorlikni 

rivojlantirish hamda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qo‘shimcha sharoitlar 

yaratish imkonini beradi. Elektron tijoratni yanada rivojlantirishga, elektron savdoda 

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishga, bitimlarni tuzish 

tartib-taomillarini  soddalashtirishga,  elektron  tijorat  ishtirokchilari  huquqlarini 

ro‘yobga chiqarishning huquqiy mexanizmlarini o‘rnatish va muhofaza etishga xizmat 

qiladi. 

Mazkur Qonun respublikada elektron tijoratni yanada keng joriy etishga huquqiy 

zamin yaratib, savdo operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlar (tranzaksiya 

xarajatlari)ni  kamaytiradi.  Elektron  tijorat  subyektlarining  biri-biridan  geografik 

uzoqligi  bilan  bog‘liq  muammolarni  hal  qiladi.  Sotuvchilar  va  xaridorlar  o‘rtasida 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri tezkor ravishda shartnomaviy munosabatlarni o‘rnatish uchun sharoit 

tug‘diradi. Jumladan, bozorda yangi ishtirokchilarning paydo bo‘lishida muhim omilga 

aylanadi.  Qolaversa,  u  tadbirkorlik  va  ishbilarmonlik  muhiti  yanada  yaxshilanishi, 

xalqaro  standartlarga  javob  beradigan  texnologik  bozor  infratuzilmasini  yaratishga 

qo‘shimcha imkon beradi. 

Umuman,  Qonunda  ko‘zda  tutilayotgan  qoidalar  umumdavlat  va  hududlar 

manfaatlariga  uyg‘un  bo‘lib,  ular  mamlakatda  kichik  biznes  hamda  xususiy 

tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy barqarorligi, investitsiya faolligini yuksaltirib, 

ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlar  hamda  ko‘rsatilayotgan  xizmatlarning  jahon 

bozoridagi raqobatdoshligi va sifati oshishida ayni muddao bo‘ladi. 

O‘zbekiston  Internet  tarmog‘idan  foydalanish  orqali  biznes  faoliyati 

rivojlanishining  dastlabki  bosqichida  turibdi.  Shu  bilan  birga,  ushbu  jarayon 

boshlangan. Internetdan foydalanuvchilar soni sezilarli darajada o‘sishi kuzatilmoqda. 

Hozirgi paytda Respublikamizda elektron biznesning predmetini asosan kitoblar, audio 

hamda  videokassetalar  va  xizmatlarning  ba’zi  turlari  tashkil  qiladi.Qayd  etilgan 

tovarlar tanlovi ularni xaridorga yetkazish nisbatan osonligi bilan izohlanadi. Bu esa 

respublikada  yaxshi  rivojlanmagan  transport  infratuzilmasi  uchun  ayniqsa 

muhimdir.Ekspert  ma’lumotlariga  ko‘ra,  O‘zbekistonda  faoliyat  ko‘rsatayotgan 

elektron  magazinlar  soni  100  taga  yaqin.  Ularning  70  foizi  Toshkentda  joylashgan. 

Ushbu  magazinlarda  chop  etilgan  nashrlarning  electron  versiyalarini  sotib  olish, 

kitoblar, musiqa hamda videokompakt disklar, kompyuter o‘yinlari, tibbiy maqsaddagi 

tovarlar va xizmatlar



19 

 

video-mahsulot  montaji  uchun  uskunalar  hamda  dasturiy  ta’minotni,  san’at 



asarlarini  sotib  olish  mumkin.  Maxsuslashtirilgan  elektron  magazinlaridan  tashqari, 

tovarlarni  keng  assortimentini  taklif  etadigan  savdo  uylari  ham  mavjud  (avtomobil 

ehtiyot  qismlari,  kompyuterlar 

va  maishiy  texnika

,  xo‘jalik  tovarlari,  qurilish 

materiallari, ofis mebeli, antikvariat va h. k.). Internet yordamida, shuningdek, moliya, 

ishga  yollash,  turizm  so-hasida  fond,  riyelterlik,  kompyuter  va  boshqa  bozorlarida 

ishlaydigan firmalarning turli xil xizmatlaridan foydalanish mumkin. Misol tariqasida 

biz www.torg.uz oziq-ovqat 

mahsulotlari 

uchun 

mo‘ljallangan 



elektron 

magazin, www.artel.uz esa  texnika  mahsulotlarini  sotib  olish  uchun  mo‘ljallangan 

elektron magazinlarni aytib o‘tishimiz mumkin. 

Elеktron 

tijorat 

tushunchasi. Elеktron 

tijorat 

faoliyati 

O’zbеkiston 

Rеspublikasining  “Elеktron  tijorat  to’g’risida”gi  2004  yil  29  aprеldagi  613-II  son 

Qonuni bilan bеlgilanadi va amalga oshiriladi. Elеktron tijorat Intеrnеt tarmog’idagi 

tijorat  sohasiga  oid  faollikni,  unda  oldi-sotdini  amalga  oshirilishini  ifodalash  uchun 

qo’llaniladi. U kompyutеr tarmog’idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, sеrvis 

xizmatini ko’rsatishni amalga oshirish, markеting tadbirlarini o’tkazish imkoniyatini 

ta'minlaydi. 

«Elektron tijorat to‘g‘risida"gi  Qonun 2004  yilda  qabul qilingan.  11  yil o‘tgach, 

2015  yilda  uning  yangi  tahriri  tasdiqlangan,  u ayni  paytgacha  amal  qilib  kelmoqda. 

2018−2021  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasida  elektron  tijoratni  rivojlantirish 

dasturida ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, xususan, 

qonunga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. 

Amaldagi  hujjatga  tayangan  holda,  loyihada  boshqa  normativ-huquqiy 

hujjatlarning  ayrim  qoidalari  jamlangan.  Masalan,  elektron  tijoratni  amalga  oshirish 

qoidalari,  Shartnomalarni  tuzishda  elektron  raqamli  imzolarni  qo‘llash  va elektron 

hujjatlarni  hamda  elektron  tijoratda  qo‘llaniladigan  elektron  xabarlardagi  mavjud 

axborotni  saqlash  tartibi  to‘g‘risidagi  nizom,  Dasturiy  mahsulotlar  va axborot 

mahsulotlaridan  foydalanish  huquqini  amalga  oshirish  hamda  rasmiylashtirishning 

bojxona  rasmiylashtiruvi  (deklaratsiyalash)  va buxgalterlik  hisobini  yuritish  tartibi 

to‘g‘risidagi nizom va boshqalarni tilga olish mumkin. 

Natijada  qonun  bilan  tartibga  solinadigan  mexanizmlar  qamrovi  kengaygan, 

loyihada ular juda batafsil aks ettirilgan. Hujjatning amaldagi va taqdim etilgan tahriri 

solishtirma tahlili quyidagilarni ko‘rsatdi: 

birinchidan,  qonunga  juda  keng  tushunchalar  apparati  kiritilmoqda.  Bazaviy 

atamalar bilan bir qatorda, unga raqamli mahsulotlar, ularni import va eksport qilish, 

raqamli distributsiya, transchegaraviy elektron tijorat va hokazo. ta’riflari kiritilgan; 

ikkinchidan,  elektron  tijoratni  amalga  oshirishning  qo‘shimcha  prinsiplari  qayd 

etilgan. Xususan, hujjatlarni, shu jumladan elektron hujjatlarni birxillashtirish, axborot 

xavfsizligini, tovarlar (ishlar va xizmatlar) sifati lozim darajada bo‘lishini ta’minlash, 

shuningdek tartib-taomillarning ochiq-oshkoraligi, shaffofligi va tushunarliligi haqida 




20 

 

so‘z yuritilgan. Mazkur soha asoslangan har bir prinsipning mazmun-mohiyati alohida 



ochib berilgan; 

uchinchidan, sohani davlat tomonidan tartibga solish tartibi belgilangan: Vazirlar 

Mahkamasi,  Axborot  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligi  (vakolatli  organ, 

tahr.), davlat organlari va mahalliy hokimiyatlarning vakolati cheklangan; 

to‘rtinchidan,  elektron  tijorat  ishtirokchilarining  (sotuvchi  va xaridorlar,  biznes-

operatorlar,  sh. j.  bitimlarni  tuzishda  ishtirok  etuvchi  yoki  bunda  yordam  beruvchi 

savdo  platformalarining  operatorlari,  tahr.)  tarkibi,  shuningdek  ularning  o‘zaro 

munosabatlari xususiyati belgilangan; 

beshinchidan,  bitimlarni  tuzish  tartibi,  shu jumladan  ularni  hujjatlashtirish  shakli 

va tartibi,  elektron  hujjatlar  va xabarlarning  yuridik  kuchi,  ularni  saqlash  shartlari 

va muddatlari,  shuningdek  bitim  taraflari  to‘g‘risidagi  axborot  tarkibi  va  hokazo 

batafsil qayd etilgan. Hisob-kitob qilish, tovarlarni yetkazib berish, ularni qaytarish va 

to‘lov summalarini qoplash tartibiga oid masalalar tartibga solingan

oltinchidan,  raqamli  mahsulotlar  bilan  bog‘liq  bitimlarni  tuzish  qoidalari  tilga 

olingan. Transchegaraviy elektron tijoratga alohida bob bag‘ishlangan.  

Bu  qonun  hujjatlar  va  ularga  kiritilayotgan  o’zgarishlarning  barchasi  yurtimizda 

electron tijoratni rivojlantirish va amaldagi electron tijorat faoliyatlarini qonuniyligi va 

huquqlarini taminlashdir. 




Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish