9
VI.
TALABANING ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI BO„YICHA HISOBOTI,
UNI HIMOYA QILISH TARTIBI VA BAHOLASH MEZONLARI
Ishlab chiqarish amaliyoti yakunlangach, grafik asosida talabalar ishlab
chiqarish amaliyoti bo‟yicha kafedraga hisobot topshiradilar.
Kafedrada tuzilgan komissiya talabalarning hisobotlari himoyasini qabul qiladi.
Komissiya tarkibiga “Bank hisobi va audit” kafedrasi mudiri, kafedraning yetakchi
pedagog-xodimlari kiradi. Komissiya tarkibi va ish grafigi (3 kishidan kam
bo’lmagan holda) kafedra majlisi qarori bilan tasdiqlanadi.
Hisobotlarni qabul qilish Bank ishi fakulteti o‟quv auditoriyalarida, dekanat
bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti hisobotini himoya qilgan talabalar baho tizimida
baholanadi. Hisobotni himoya qilishda talabalar quyidagilarni taqdim qiladi: amaliyot
dasturi; amaliyot kundaligi; amaliyot ish rejasi; amaliyot joyidan tavsifnoma;
amaliyot o‟tash to‟g‟risidagi buyruq (farmoyish) nusxasi; amaliyot dasturiga muvofiq
tuzilgan yozma hisobot.
Ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti: kirish; matnning asosiy qismi; xulosa;
ilovalardan iborat bo‟lishi kerak.
Hisobotda amaliyot o‟tashning barcha asosiy bosqichlari, ish turlari bayon
etilishi lozim. Hisobotda talaba kelajakda amaliyot o‟tash va tashkil etish ishlarini
yaxshilashga oid o‟z mulohazalarini ham bayon etishi mumkin.
Hisobot standart hajmdagi qog‟ozda (A4, 210-297mm), chap tomondan 3 sm,
qolgan tomonlari 2 sm dan hoshiyalar qoldirib, qolyozma yoki elektron ko‟rinishida
yoziladi. Uning betlari ketma-ket sonlar bilan raqamlashtiriladi. Hisobotda jadval va
rasmlarni kompyuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman» 14 o‟lchamli
shriftida Misrosoft Word matnidan foydalanish tavsiya qilinadi.
Hisobotning hajmi titul varaq, mundarija va ilovalardan tashqari kamida 40 bet
va ko‟pi bilan 50 betdan oshmasligi lozim.
Hisobot kafedraga amaliyot tugagan sanadan o’n kun davomida yoki keyingi kurs
boshlanishidan 10 kun oldin topshiriladi. Kafedra tomonidan tayinlangan amaliyot
rahbari (ayrim hollarda kafedra mudiri tomonidan biriktirilgan pedagog-xodim)
hisobotni tekshiradi, o‟z mulohazalarini bayon etadi va taqriz yozadi.
Taqrizda hisobotning tayyorlanishi va rasmiylashtirilishidagi yutuqlar va
kamchiliklar ko‟rsatiladi. Taqriz oxirida hisobotni himoyaga tavsiya etish yoki tavsiya
etmaslik to‟g‟risida ma‟lumot beriladi. Agar taqrizda «Himoyaga tavsiya etilmaydi» deb
ko‟rsatilgan bo‟lsa, hisobot talaba tomonidan taqrizda ko‟rsatilgan kamchiliklar asosida
qayta ishlanadi, to‟ldiriladi va qayta taqrizga beriladi. Ijobiy xulosaga ega hisobotni
kafedrada tuzilgan komissiya huzurida himoya qilish mumkin bo‟ladi.
“Bank ishi” ta‟lim yo‟nalishi talabalarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil
etish jarayoni, hisoboti himoyasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligining “Oliy
ta‟lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi
to‟g‟risidagi Nizom”i hamda “Oliy ta‟lim muassasalari talabalarining malakaviy
amaliyoti haqidagi Nizom” talablari asosida tashkil etiladi.
Talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti hisobotining tayyorgarlik darajasi
hamda himoya qilishini baholash tartibi va mezonlari 5 ballik tizim asosida
quyidagicha baholanadi: