O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


Toshkent shahar Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazining iqtisodiy xavfsizlik jihatlari va uni takomillashtirish masalalari



Download 216 Kb.
bet6/6
Sana30.12.2021
Hajmi216 Kb.
#192346
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hisobot Mahmudjonov S.

3. Toshkent shahar Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazining iqtisodiy xavfsizlik jihatlari va uni takomillashtirish masalalari

Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimining aholi va tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlarini to‘liq qanoatlantiradigan sifat jihatidan yangi darajaga o‘tishini ta’minlash, va buning iqtisodiy xavfsizlik ta’minotini ishlab chiqish va tizimli muammolarni bartaraf etish yuzasidan juda ko’p izlanishlar olib borilgan. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish, shuningdek, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimining sifat jihatidan yangi darajaga o‘tishini ta’minlash maqsadida quyidagilar davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini tubdan isloh qilishning eng muhim yo‘nalishlari deb hisoblangan:

-davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida ularning sifati, tezkorligi, shaffofligi va foydalanish imkoniyatini tubdan oshirish orqali “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulug‘vor g‘oyani so‘zsiz amalga oshirish;

-tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarini ham yuridik, ham jismoniy shaxslarga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha xizmatlarni taqdim qiluvchi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zgartirish;

-davlat xizmatlarining har bir turi bo‘yicha “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyiliga ko‘ra davlat xizmatlari ko‘rsatish mexanizmini, eng avvalo, ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish, vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar zarur hujjatlar va axborotlarni boshqa tuzilmalardan mustaqil ravishda olishi hisobiga soddalashtirishni nazarda tutuvchi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash;

-davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasiga innovatsion yechimlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ma’lumotlar bazalarini idoralararo elektron hamkorlik yagona tizimiga integratsiya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish amaliyotini kengaytirish;

-davlat xizmatlarini, shu jumladan olis joylarga chiqish orqali (“mobil davlat xizmatlari”) ko‘rsatishning maqbul, qulay va shaffof uslublaridan, mazkur sohada byurokratiya va korrupsiya yuzaga kelishini bartaraf etishga qaratilgan navbatni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi va ishlarning uzaytirilgan grafigidan foydalanish;

-davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati va tezkorligini monitoring qilish va baholashning ilg‘or mexanizmlarini joriy etish, aholi bilan qayta aloqaning samarali tizimini, shu jumladan tezkor aloqalarni, rasmiy saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalarda on-layn so‘rovlarni tashkil qilish;

-davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida malakali kadrlarni tizimli tayyorlash va qayta tayyorlashni, ularning malakasini, shu jumladan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ixtisoslashgan muassasalarida stajirovka o‘tash orqali tizimli ravishda oshirishni tashkil etish.

Iqtisodiy xavfsizlik jihatlariga to’xtalarkanmiz, dunyo tajribasidan shuni koʻrishimiz mumkinki, uchta oʻzaro bogʻliq soha – kadrlar, korrupsiyaga qarshi kurash va shaffoflik borasida oʻzgarish qilmay turib, hech qanday davlat organini rivojlantirib boʻlmaydi. Korrupsiyaga qarshi kurashning birdan bir yoʻli – qonuniy, ochiq va shaffof ishlashdan iborat. Davlat xizmatlari agentligiga Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi boʻyicha ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikati berilgani – bu davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha kompleks amalga oshirilayotgan tizimli, izchil va amaliy saʼy-harakatlarning xalqaro eʼtirofidir. «SERT International” s.r.s xalqaro tashkiloti mutaxassislarining agentlik tizimidagi 2 bosqichdan iborat audit tekshiruvlari yakunida Agentlik ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi” xalqaro standarti boʻyicha sertifikatga munosib deb topilgan. Davlat xizmatlari agentligi tizimining ish faoliyatiga korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha dunyodagi yetakchi mamlakatlarning ilgʻor tajribasi va amaliyoti izchil joriy qilib kelinmoqda. Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yoʻnalishlari belgilab olinib, agentlik xodimlarining rasmiy xulq-atvor va odob-axloq normalari toʻgʻrisidagi qoʻshimcha nizom tasdiqlangan. Agentlikda manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish tartibi yoʻlga qoʻyilgani, kadrlarni tanlash, ishga qabul qilish, lavozimga tayinlash, attestatsiyadan oʻtkazishning mutlaqo shaffof tizimi oʻrnatilgani bu borada muhim omil boʻlmoqda. Agentlik tizimidagi korrupsiya xavflari va faktlarini, xodimlarning oʻz vakolatini suisteʼmol qilishi yoki zarur paytda harakatsizligi holatlarini aniqlash maqsadida muntazam ravishda “Sirli mijoz” tadbiri tashkil qilinmoqda. Mazkur xalqaro sertifikat Agentlikning davlat xizmatlari markazlari va bu sohadagi davlat organlari faoliyatini nazorat qilish, xalqaro moliya institutlari, boshqa xorijiy tashkilotlardan xayriya-homiylik mablagʻlarini olish-sarflash, jismoniy va yuridik shaxslarning badallari, grantlarni qabul qilish, sarflash, markazlar binolarini investor mablagʻlari hisobidan qurilishini tashkil etish yoʻnalishlarini qamrab oladi. Bu esa davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatishni amalga oshirishda korrupsiya holatlarining oldini olish, aniqlash, zarur choralarni koʻrish hamda korrupsiya xavfini kamaytirishga yoʻnaltirilgan maqbul va aniq mezonli chora-tadbirlarni nazarda tutadi.



Xulosa

Bu hisobotni tayyorlash uchun olib borilgan izlanishlardan shuni xulosa qilishim mumkinki, mamlakatimizda davlat xizmatlarini koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish boʻyicha keng miqyosda boshlangan ishlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi. Hozirgi vaqtda nafaqat tadbirkorlarga, balki aholiga ham eng zarur va talab yuqori boʻlgan davlat xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili boʻyicha koʻrsatish maqsadida respublikaning har bir tuman va shaharlarini qamrab olgan Xalq qabulxonalari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlarining yagona tarmogʻi yaratildi. “Odamlar emas, hujjatlar harakati” ni yo’lga qo’yish tamoyili ostida Davlat xizmatlari markazlariga:

-jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

-ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish;

-davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantirish, ushbu sohada davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

-davlat xizmatlari koʻrsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari, resurslar va maʼlumotlar bazalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, joriy etish va integratsiya qilishga yagona yondashuvlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

-davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalarini joriy etish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash;

-davlat xizmatlari koʻrsatishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishni tashkil qilish, ushbu sohada qonunchilik va huquqni koʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish kabi vazifalar belgilab chiqilgan.





1 https://davxizmat.uz- O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlari Agentligining rasmiy sayti.

2 https:// lex.uz-O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi.


Download 216 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish