O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi qo’l yozma huquqida



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/75
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#141499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalar faoliyatini bank xizmatlari orqali ragbatlantirish

    
 
 
 
 



KIRISH 
 
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.  Bozor 
munosabatlari sharoitida xizmat ko’rsatish iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan 
biri bo’lib, iqtisodiyotni yanada rivojlantirishda vositachi sifatida namoyon 
bo’lmoqda. Shu bilan bir qatorda, xizmat turlari ko’payib uning mamlakat yalpi 
ichki mahsulot (YIM)ida hissasi ortib bormoqda, xizmat sohasida yangi ish 
o’rinlari ochilib, xizmat ko’rsatish sifati oshib, aholi turmush farovonligi 
yaxshilanmoqda. Birgina misol, 2014-yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 
8,1 foizga oshdi hamda bozor xizmatlari ko’rsatish hajmi 15,7 foizga o’sdi, 
ularning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi esa 53 foizdan 54 foizga oshdi.
1
 
 
Shuni ta’kidlash joizki, xizmat ko’rsatish tarmoqlari va xizmat  turlari 
o’zimizga xos tarzda rivojlanib kelgan va rivojlanmoqda. Bu ko’p  hollarda 
xizmatlarning milliyligi bilan bog’liqdir, chunki shunday  xizmatlar borki, ular 
faqat o’zimizgagina xosdir, misol uchun, hashar orqali ko’rsatiladigan xizmatlar, 
homiylik xizmatining ayrim turlari, milliy to’y-hashamlarda qilinadigan 
xizmatlar va hokazo. Ammo shuni e’tirof etish kerakki, mamlakatimizda ushbu 
o’zimizga xos xizmat sohasi  kam tadqiq  qilingan va mos ravishda iqtisodiy 
adabiyotlarda mazkur masalaga bag’ishlangan materiallar kam yoritilgan. 
Hozirgi kunda jamiyat vakillarining zamonaviy, murakkab maishiy texnika, 
kompyuterlar va shaxsiy avtotransport bilan ta’minlanganligining keskin oshishi 
natijasida ularga ko’rsatilayotgan xizmatlarning kengayishiga sharoit yaratadi. 
Zamonaviy xizmat ko’rsatish turlarining kengayishi va rivojlanishi yangi 
daromadli faoliyat turlarining yuzaga kelishiga, aholi bandligini ortishishiga 
zamin yaratadi. Yangi daromad turlarining yaratilishi va aholi daromadlarining 
oshishi esa, o’z navbatda, soliq solish bazasini kengayishiga, byudjet 
daromadlarining ko’payishiga olib keladi.  
                                           
1
  Karimov I.A. 2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va 
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l 
ochib berish –  ustuvor vazifamizdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 
2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng 
muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisdagi ma’ruzasi, Xalq so’zi, 2015-
yil, 17-yanvar, 1-2-bet. 



Ushbu sohani rivojlantirishda Prezidentimizning “2012–2016 yillarda 
O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish dasturi 
to’g’risida”gi Qarori ijobiy natijalarni bermoqda. Ishlab chiqilgan dasturga 
muvofiq 2016-yilgacha mamlakatimizning yalpi ichki mahsulotida xizmat 
ko’rsatish sohasining ulushi 55 foizgacha oshirilishini nazarda tutilgan.
1
 
Xizmatlar ko’rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish maqsadida unga 
qulay sharoit yaratish, uning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, xizmat ko’rsatish 
sohasi tarmoqlarida band bo’lgan aholi sonini yanada ko’paytirish va shu asosda 
aholi daromadlarini oshirish hamda ichki iste’mol bozorini sifatli turli-tuman 
zamonaviy xizmat turlari bilan to’ldirish pirovard maqsad sifatida namoyon 
bo’lib kelmoqda.. Prezidentimiz I.A.Karimov aytib o’tganlaridek, “Bugungi 
kunda  iqtisodiyotda  band bo’lgan aholining 50 foizdan ortig’i ushbu tarmoqda 
mehnat qilmoqda”
2
.  
Respublikamizda xizmat ko’rsatish faoliyati bilan banklar, su’gurta 
kompaniyalari, lizing va baholash xizmati sub’yektlari, turistik va mehmonxona 
majmualari va axborot kommunikatsiya idoralari, aholini ovqatlantirish 
korxonalari va boshqa sub’yektlar shug’ullanadi.  Taraqqiyotimizning bugungi 
bosqichi, ya’ni  milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirishda ishlab chiqarish 
tarmoqlari bilan bir qatorda xizmat ko’rsatish sohasining ham o’rni  kun sayin 
kengayib bormoqda.  
Mamlakatimiz moliyaviy barqarorligini mustahkamlashda xizmat 
ko’rsatish korxonalari moliyasining mukammal tarzda yo’lga qo’yilganligi, 
moliyaviy jihatdan yuqori potensialga ega ekanligi hamda xizmat turlarining 
sifatliligi muhim rol o’ynaydi. Xizmat ko’rsatish korxonalari moliya tizimini 
bozor iqtisodiyotining xalqaro andozalariga  mos ravishda rivojlantirish hozirgi 
davrda o’ta dolzarb va ustuvor vazifalardan biri  bo’lmoqda va shu bilan 
                                           
1
  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012–2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish 
sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi Qarori, Toshkent sh., 2012-yil 10-may, PQ-1754-son 
2
  Karimov I.A. 2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va 
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l 
ochib berish –  ustuvor vazifamizdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 
2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng 
muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisdagi ma’ruzasi, Xalq so’zi, 2015-
yil, 17-yanvar, 2-bet. 



birgalikda  xizmat ko’rsatish sohasining moliyaviy tizimi  yurtimizning 
moliyaviy-iqtisodiy samaradorligiga  ijobiy ta’sir ko’rsatadigan sohalardan biri 
hisoblanadi.  Iqtisodiyotda xizmat ko’rsatish sohasi  moliyasini samarali tashkil 
qilishning ijobiy jihatlari o’ziga xosdir, ya’ni xizmat ko’rsatish sohasining tashqi 
omillar o’zgarishiga bog’liq emasligi, ortiqcha iqtisodiy mablag’  talab 
qilmasligi, yangi ish o’rinlarini yaratishda xarajatlarning kamligi va shu kabi bir 
qancha omillarning mavjudligidir.  
Shuni alohida  ta’kidlash  joizk,  xizmat  ko’rsatish  sohasi sub’ektlarining 
shakllanishi  va  taraqqiy  etishida  hamda  xizmat ko’rsatish korxonalari 
moliyasining  yuqori samaradorlik bilan  ishlashini  ta’minlashda  ayrim 
muammolarga  ham  duch  kelinmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf qilish, 
uning nafaqat amaliy, balki bir qator nazariy masalalarini ham hal etish lozimligi  
mazkur  soha  faoliyati  samaradorligini  hamda moliyaviy potensialini oshirish 
evaziga  mamlakatimiz  ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini  barqaror  rivojlanishiga 
olib borilishini taqozo qilmoqda. Bularning barchasi mazkur tadqiqot 
mavzusining dolzarbligini belgilaydi. 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish