Bunda: T – turar joy xonasi umumiy maydonining 1 m
2
ini saqlash
ta’mirlash haqi (tarif);
S – xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxi;
F – uy-joy fondidan foydalanish korxonasi (xususiy uy-joy mulkdorlari
shirkati) foyda ko’rib ishlashi uchun zarur bo’lgan foyda (davr xarajatlari va
moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar);
Q – uy-joy fondidan foydalanish tashkilotlarining xarajatlarini qoplash
uchun belgilangan tartibda yonaltiriladigan boshqa daromad manbalari. Mazkur
daromad tarkibiga uy-joy fondiga xizmat ko’rsatish uchun fuqarolar tomonidan
to’lanadigan mablag’lar hisobga olinmaydi va uning tarkibiga quyidagilar
kiradi:
– O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq fiiqarolaming
ayrim toifalariga uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash haqida imtiyozlar
berilgani munosabati bilan daromadning kamomadini budjetdan qoplash uchun
ajratilgan mablag’lar;
– kommunal xizmatlarni sotib daromad oladigan korxonalaiga binolar
ichidagi suvquvur, oqovaquvur, issiqlik va elektr tarmoqlari hamda qurilmalarga
texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha kelib tushadigan qoplama mablag’lari;
66
– turar joy binolaridagi ijaraga olingan noturar joy xonalari ijarachilaridan
kelishilgan tariflarda, ammo shirkat a’zolari uchun belgilangan foydalanish
xarajatlari tarifidan kam bo’lmagan tariflarda undiriladigan yig’imlar;
– uy-joy mulkdorlari shirkati hududida joylashgan sport-sog’lomlashtirish
markazlaridan pullik xizmat ko’rsatish asosida foydalanuvchilardan kelib
tushadigan mablag’lar;
– budjetdan tashqari mablag’lar va boshqa manbalardan kelgan mablag’lar,
jumladan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq homiylar tomonidan
ajratiladigan mablag’lar;
– kommunal xizmatlar ko’rsatuvchi korxonalardan xususiy uy-joy
mulqdorlari shirkatlariga kelib tushadigan ajratmalar. Bu mablag’lar
rejalashtirilgan aholi to’lovlari tushumi 75 foizdan ortiq hajmda bajarilganda 7%
miqdorida va 100% bajarilgan taqdirda 15% miqdorida ajratiladi hamda xususiy
uy-joy mulkdorlari shirkatiga biriktirilgan uylarni ta’mirlash va hududlarni
obodonlashtirishga yo’naltiriladi;
– xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga qarashli hududdagi fuqarolar
tomonidan o’rnatilgan shaxsiy avtomobil garajlari va boshqa imoratlar
egalaridan olinadigan foydalanish xarajatlari;
– uylarni mukammal ta’mirlash uchun mahalliy budjetdan ajratilgan
mablag’lar;
N – shirkatga tegishli uy-joy fondining foydalaniladigan umumiy maydoni
(noturar joy fondi sifatida ijaraga beriladigan maydon bu hisobga kirmaydi).
Uy-joy umumiy maydonining 1 m
2
ini tarifini aniqlashda quyidagi
koeffitsientlardan foydalaniladi (13-jadval).
Mazkur koeffitsientlar uy-joyning turi, iste’mol sifatlari va boshqa mahalliy
sharoitga bog’liq ravishda o’zgartirilishi mumkin.
Iste’mol sifatlari har xil bo’lgan turar joy uylarida turarjoy xarajatlari
tariflarini aniqlash uchun, avvalo turar joy uylari uchun asos qilib olinadigan
tarifni aniqlash va umumiy maydonning 1 kv.m sathining tarifi miqdoriga
tuzatish kiritish uchun mazkur koeffitsientlarni qo’llash lozim.
67
Do'stlaringiz bilan baham: |