3
KIRISH
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Bozor
munosabatlari sharoitida xizmat ko’rsatish iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan
biri bo’lib, iqtisodiyotni yanada rivojlantirishda vositachi sifatida namoyon
bo’lmoqda. Shu bilan bir qatorda, xizmat turlari ko’payib uning mamlakat yalpi
ichki mahsulot (YIM)ida hissasi ortib bormoqda, xizmat sohasida yangi ish
o’rinlari ochilib, xizmat ko’rsatish sifati oshib, aholi turmush farovonligi
yaxshilanmoqda. Birgina misol, 2014-yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti
8,1 foizga oshdi hamda bozor xizmatlari ko’rsatish hajmi 15,7 foizga o’sdi,
ularning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi esa 53 foizdan 54 foizga oshdi.
1
Shuni ta’kidlash joizki, xizmat ko’rsatish tarmoqlari va xizmat turlari
o’zimizga xos tarzda rivojlanib kelgan va rivojlanmoqda. Bu ko’p hollarda
xizmatlarning milliyligi bilan bog’liqdir, chunki shunday xizmatlar borki, ular
faqat o’zimizgagina xosdir, misol uchun, hashar orqali ko’rsatiladigan xizmatlar,
homiylik xizmatining ayrim turlari, milliy to’y-hashamlarda qilinadigan
xizmatlar va hokazo. Ammo shuni e’tirof etish kerakki, mamlakatimizda ushbu
o’zimizga xos xizmat sohasi kam tadqiq qilingan va mos ravishda iqtisodiy
adabiyotlarda mazkur masalaga bag’ishlangan materiallar kam yoritilgan.
Hozirgi kunda jamiyat vakillarining zamonaviy, murakkab maishiy texnika,
kompyuterlar va shaxsiy avtotransport bilan ta’minlanganligining keskin oshishi
natijasida ularga ko’rsatilayotgan xizmatlarning kengayishiga sharoit yaratadi.
Zamonaviy xizmat ko’rsatish turlarining kengayishi va rivojlanishi yangi
daromadli faoliyat turlarining yuzaga kelishiga, aholi bandligini ortishishiga
zamin yaratadi. Yangi daromad turlarining yaratilishi va aholi daromadlarining
oshishi esa, o’z navbatda, soliq solish bazasini kengayishiga, byudjet
daromadlarining ko’payishiga olib keladi.
1
Karimov I.A. 2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l
ochib berish – ustuvor vazifamizdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni
2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng
muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisdagi ma’ruzasi, Xalq so’zi, 2015-
yil, 17-yanvar, 1-2-bet.
4
Ushbu sohani rivojlantirishda Prezidentimizning “2012–2016 yillarda
O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish dasturi
to’g’risida”gi Qarori ijobiy natijalarni bermoqda. Ishlab chiqilgan dasturga
muvofiq 2016-yilgacha mamlakatimizning yalpi ichki mahsulotida xizmat
ko’rsatish sohasining ulushi 55 foizgacha oshirilishini nazarda tutilgan.
1
Xizmatlar ko’rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish maqsadida unga
qulay sharoit yaratish, uning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, xizmat ko’rsatish
sohasi tarmoqlarida band bo’lgan aholi sonini yanada ko’paytirish va shu asosda
aholi daromadlarini oshirish hamda ichki iste’mol bozorini sifatli turli-tuman
zamonaviy xizmat turlari bilan to’ldirish pirovard maqsad sifatida namoyon
bo’lib kelmoqda.. Prezidentimiz I.A.Karimov aytib o’tganlaridek, “Bugungi
kunda iqtisodiyotda band bo’lgan aholining 50 foizdan ortig’i ushbu tarmoqda
mehnat qilmoqda”
2
.
Respublikamizda xizmat ko’rsatish faoliyati bilan banklar, su’gurta
kompaniyalari, lizing va baholash xizmati sub’yektlari, turistik va mehmonxona
majmualari va axborot kommunikatsiya idoralari, aholini ovqatlantirish
korxonalari va boshqa sub’yektlar shug’ullanadi. Taraqqiyotimizning bugungi
bosqichi, ya’ni milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirishda ishlab chiqarish
tarmoqlari bilan bir qatorda xizmat ko’rsatish sohasining ham o’rni kun sayin
kengayib bormoqda.
Mamlakatimiz moliyaviy barqarorligini mustahkamlashda xizmat
ko’rsatish korxonalari moliyasining mukammal tarzda yo’lga qo’yilganligi,
moliyaviy jihatdan yuqori potensialga ega ekanligi hamda xizmat turlarining
sifatliligi muhim rol o’ynaydi. Xizmat ko’rsatish korxonalari moliya tizimini
bozor iqtisodiyotining xalqaro andozalariga mos ravishda rivojlantirish hozirgi
davrda o’ta dolzarb va ustuvor vazifalardan biri bo’lmoqda va shu bilan
1
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012–2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish
sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi Qarori, Toshkent sh., 2012-yil 10-may, PQ-1754-son
2
Karimov I.A. 2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l
ochib berish – ustuvor vazifamizdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni
2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng
muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisdagi ma’ruzasi, Xalq so’zi, 2015-
yil, 17-yanvar, 2-bet.
5
birgalikda xizmat ko’rsatish sohasining moliyaviy tizimi yurtimizning
moliyaviy-iqtisodiy samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan sohalardan biri
hisoblanadi. Iqtisodiyotda xizmat ko’rsatish sohasi moliyasini samarali tashkil
qilishning ijobiy jihatlari o’ziga xosdir, ya’ni xizmat ko’rsatish sohasining tashqi
omillar o’zgarishiga bog’liq emasligi, ortiqcha iqtisodiy mablag’ talab
qilmasligi, yangi ish o’rinlarini yaratishda xarajatlarning kamligi va shu kabi bir
qancha omillarning mavjudligidir.
Shuni alohida ta’kidlash joizk, xizmat ko’rsatish sohasi sub’ektlarining
shakllanishi va taraqqiy etishida hamda xizmat ko’rsatish korxonalari
moliyasining yuqori samaradorlik bilan ishlashini ta’minlashda ayrim
muammolarga ham duch kelinmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf qilish,
uning nafaqat amaliy, balki bir qator nazariy masalalarini ham hal etish lozimligi
mazkur soha faoliyati samaradorligini hamda moliyaviy potensialini oshirish
evaziga mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini barqaror rivojlanishiga
olib borilishini taqozo qilmoqda. Bularning barchasi mazkur tadqiqot
mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |