Stek yordamida grafni ko’ruvdan o’tkazish algoritmi.
Oraliq qiymatlarni ushlab turish uchun stekdan foydalanilsa, graflarni tubiga qarab ko’ruvdan o’tkazish mumkin. Yuqorida keltirilgan graf va stek berilgan bo’lsin.
Bironta tugundan boshlaymiz. Tugunni stekka tashlaymiz.
Stek bo’shamaguncha
undagi tugunni olib ko’ruvdan o’tkazilganligini belgilaymiz
u bilan qo’shni tugunlarni o’qib olib tekshiramiz, agar ular ko’ruvdan utmagan bo’lsa va stekda bo’lmasa, ularni stekka tashlaymiz, aks xolda xech nima qilinmaydi.
Agar rasmdagi grafni navbat bilan ko’ruvdan o’tkazsak, tugunlar 1 2 4 5 3 6 7 8 ketma ketlikda, stek bilan esa 1 5 8 7 6 4 3 2 ketma ketlikda ko’rikdan o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |