Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi
№
|
Mustaqil ta’lim mavzulari
| |
Bajar. muddat.
|
Hajmi
(soatda)
|
|
Dasturlashda ma’lumotlar tuzilmasining o’rni va ahamiyati. S++ dasturlash tilida ma’lumotlar turlari, ularni e’lon qilish va tasvirlash tushunchalari.
|
1-xafta
|
2
|
|
Statik va yarimstatik turdagi ma’lumotlar tuzilmasi.
|
2-xafta
|
4
|
|
Dinamik turdagi ma’lumotlar tuzilmasi.
|
3,4-xafta
|
4
|
|
Xalqasimon bog’langan ro’yxatlar.
|
5,6-xafta
|
4
|
|
Chiziqsiz ma’lumotlar tuzilmasi
|
7,8-xafta
|
4
|
|
Rekursiv ma’lumotlar tuzilmasi.
|
9,10-xafta
|
4
|
|
Binar daraxt tuzilmasi va ular ustidagi amallar.
|
11-xafta
|
6
|
|
Muvozanatlangan binar daraxtlar
|
12-xafta
|
4
|
|
Yo’naltirilgan va yo’naltirilmagan graflar.
|
13-xafta
|
8
|
|
Binary heap ko’rinishidagi ma’lumotlar tuzilmasi
|
14-xafta
|
4
|
|
Qidiruv algoritmlarini qiyosiy tahlili.
|
15-xafta
|
4
|
|
Saralash algoritmlarini qiyosiy tahlili.
|
16,17-xafta
|
6
|
|
Ma’lumotlarni xeshlashtirish.
|
18-xafta
|
4
|
Jami
|
|
58
|
VI. GLOSSARIY
Ma’lumot – bu biror bir obyekt, jarayon, xodisa yoki voqyelikni ifodalab (tasniflab) beruvchi belgi yoki belgilar majmuasidir.
Ma’lumotlar tuzilmasi – bu tuzilmani tashkil qiluvchi elementlar(ma’lumotlar) va ular orasidagi bog’liqlikni ko’rsatib beruvchi munosabatlar majmuasidir. Ma’lumotlar tuzilmasini ba’zan S= ko’rinishda ifodalab olinadi, bu yerda S- ma’lumotlar tuzilmasi, D – tuzilmani tashkil etuvchi elementlar to’plami, R – tuzilmani tashkil etuvchi elementlar orasidagi munosabatlar to’plami.
Abstrakt (matematik) tasvirlash – bu tadqiq etilayotgan obyekt, jarayonni ma’lum bir qonuniyatlar (matematik) orqali ifodalashdir.
Ma’lumotlar tuzilmasini mantiqiy tasvirlash – bu tuzilmani biror bir dasturlash tilida ifodalashdir.
Ma’lumotlar tuzilmasini fizik tavsirlash – bunda qaralayotgan ma’lumotlar tuzilmasi kompyuter xotirasida, aniqrog’i, operativ xotirada qanday joylashishi tushuniladi.
To’plam ko’rinishidagi ma’lumotlar tuzilmasi – bu shunday tuzilmaki, uning elementlari orasida hyech qanday munosabat o’rnatilmagan. Bundan tashqari to’plam elementlari bir turga tegishli va ular takrorlanmaydi.
Ketma-ketlik – shunday abstrakt tuzilmaki, bunda R to’plam faqatgina bita chiziqli munosabatdan iborat (ya’ni, birinchi va ohirgi elementdan tashqari har bir element uchun o’zidan oldin va keyin keladigan element mavjud.
Matrisa – shunday tuzilmaki, bunda R munosabatlar to’plami ikkita chiziqli munosabatdan tashkil topgan bo’ladi.
Daraxt – bunda R to’plam iyerarxik tartibdagi bitta munosabatdan tashkil topgan tuzilmadir.
Graf – bunda R munosabatlar to’plami faqatgina bitta binar tartibli munosabatdan tashkil topgan bo’ladi.
Gipergraf – bu shunday ma’lumotlar tuzilmasiki, bunda R to’plam ikki yoki undan
ortiq turli tartibdagi munosabatlardan tashkil topgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |